|
Suv resurslarini holati va uni qo‟riqlash
|
bet | 2/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,05 Kb. | | #116489 |
Bog'liq 5 6285062842395659677Suv resurslarini holati va uni qo‟riqlash. O‘zbekiston Respublikasi sugorib ekiladigan rayonlarning eng yirigidir. Respublikamizda pahtachilik, sholikorlik, sabzavotchilik, uzumchilik ho‘jaliklari rivojlangan.
Respublikada suvni ta'minlaydigan daryolar asosan: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surhandaryo, Chirchiq, Ohangaron va boshqa daryolar kiradi. Qayerda ichimlik suv ko‘p bo‘lsa, uni avaylashga kam e'tibor beriladi. Lekin taraqqiyot quchaygan sari ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib bormoqda, shuning uchun uni qayta ishlashga ehtiyoj kuchaymoqda. Masalan Reyn daryosining suvi shimol dengiziga quyilguncha 30 marta qayta ishlanadi. Har yili er yuziga 120000 qm 3 ichimlik suvi yogadi, shundan 32000 qm 3 daryolarda oqib oqean va dengizlarga quyiladi. Qolganlari bug‘lanadi, yoki o‘simlik va hayvon organizmida saqlanadi.
Suvga og‘ir metallar, ftoridlar, fenollar, hlor, kaprolaktam, aseton, neft mahsulotlari va boshqa mahsus zararli moddalarni tashlaydigan sanoat qora va rangili metallurgiya sanoati hisoblanadi, ulardan tashqari kimyo va neftkimyosi, hamda o‘git sanoati suvni ifloslaydi.
Bulardan tashqari turar joy-kommunal sektor, davolovchi tashkilotlarning Organik va bakteriologik chiqitlarni tashlashi, oqava suvlarga qishloq ho‘jalik ekinlaridan chiqqan, chorvachilik komplekslaridan ajralgan chiqindilar ma'lum miqdorda ifloslantirmoqda. Avval kollektor suvlari avval melioratsiya nuqtai nazar bilan qaralar edi, hozir ariq va daryolarga qo‘shilib, tuz miqdorini oshirib qolmasdan, balki oqava suvlarni holatini ifloslamoqdalar, zaharli kimyoviy moddalar va o‘gitlar bilan Respublika aholisini ichimlik suv va kanalizatsiyadan foydalanish talab darajasidan orqada qolmoqda.
Ichimlik suvdan ratsional foydalanish o‘rniga uning 25-35 % yo‘qolmoqda, buning (14-18 % ) eqinlarga suv quyganda yo‘qolmoqda, vodoprovodlarni avariyasi natijasida (3-5 %) Ichimlik suv yo‘qolmoqda.
Ichimlik suvlarini tozalash usullari. Ichimlik suvini tozalash 3 bosqichga bo‘linadi: Birlamchi tozalash, qattiq moddalardan tozalash uchun fil'trlanadi (qo‘sh qavatdan o‘tkaziladi) va hlorlanadi (zararli bakteriyadan tozalash uchun).
Ikkilamchi tozalashda erigan ionli moddalardan va qoldiq organik moddalardan tozalaydi. Ba'zan aktivlangian ko‘mirdan ham foydalaniladi.
|
| |