|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 43/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Kazi tayyorlash texnologiyasi. Kazi tayyorlaash texnologiyasi talabiga ko‘ra 2 juft kovurga (7dan 17 gacha) go‘shtidan foydalaniladi. Bundan kovurga atrofidagi xamda korin devorlariga yopishgan go‘shtlar kesib olinadi. Unga ta’mga ko‘ra tuz, zira va turli xil ziravorlar qo‘shiladi xamda otning ichagiga tikiladi. Ichakning ikki uchini kanop yoki bir necha kavatli ip bilan boglab, uni bir necha kun yotik xolda saklanadi va maxsus tayyorlangan joylarga osib kuyiladi. Sungra kazilar suvda 3-4 soat davomida kaynatiladi va iste’mol kilinadi. Lyokin bunday kazilarni kon bosimi yukori bo‘lgan kishilarga va kariyalarga tavsiya etib bulmaydi.
Kazi tarkibida oksillar, aminokislotalar mikdori boshka turdagi xayvon go‘shtidan birmuncha ko‘p bo‘ladi.
Ot go‘shti o‘zining tuyimliligi va tarkibida xolesterin mikdori kam bo‘lishi, xushxurlikgi, yokimli xidi va yuksak kaloriyali bo‘lishi bilan boshka xayvon go‘shtlaridan ajralib turadi. Shunga ko‘ra bu xayvon go‘shtidan turli xil noyob mahsulotlar tayyorlanadi. Masalan, kazi, sur go‘sht, jal, jaya, chujo‘q, karta, minchujo‘q shular jumlasidanadir.
Sur go‘shti. Sur go‘sht, asosan, yog‘siz son go‘shtidan yoki bel kismining laxm bulaklaridan tayyorlanadi. sur go‘shti tayyorlashda bir tyokis kilib kirkib olingan son go‘shti yaxshilab tuzlanadi, ziravorlar sepiladi va uy xaroratida 2-3 kun saklanadi. Keyin go‘sht bulaklari dudlanadi. U maxsus katta idishlarga pishirilib sovutiladi va kichik bulaklarga bo‘lib iste’mol kilinadi. Sur go‘shti istagan ovkatlarda pishirib eyish mumkin.
Jal, asosan, ot buyin kismining yukori, yog‘li toj kismidan kesib olingan yog‘li go‘shtdan tayyorlanadi. Jal uchun olingan go‘sht tuzlanadi va dudlanib, keyin pishiriladi. Kichik bulaklarga bo‘linadi va yaxna xolda iste’mol kilinadi. Ayrim vaktlarda bunday yog‘li go‘shtdan barcha turdagi ovkatlarda foydalaniladi.
Jaya tashki kuinishiga ko‘ra bir kavat go‘sht va bir kavat yog‘dan iborat bo‘lib, sur go‘shtiga uxshab ketadi. Jaya go‘shti tayyorlash uchun, asosan, dumgaza yoki son go‘shtining yog‘li kismidan foydalaniladi. Bunday go‘sht tuzlanib, ziravorlar sepiladi va 3-4 kun davomida salkin joyda saklanadi. Sungra dudlananib, pishiriladi. Tayyor bo‘lgan go‘sht (jaya) kichik bulaklarga bulingan xolda iste’mol kilinadi. Talab etilganda uni boshka turli xil taomlarga qo‘shib xam iste’mol kilish mumkin.
Chujo‘q xar tomonlama kaziga uxshash bo‘lgani xolda, uni tayyorlash uchun otning ingichka ichagidan foydalaniladi. Uni tayyorlash texnologiyasi kazi tayyorlash bilan bir xil. Lyokin, bunda asosan yosh ot go‘shtidan va yog‘idan foydalaniladi. Chujo‘q suvda 2-3 soat davomida pishirilib, issik yoki yaxna xollida iste’mol kilinadi.
Karta semiz otlarning to‘g‘ri ichagidan tayyorlanadi. Yuvib tozalangan ichak tuzlanadi va dudlanadi. U nixoyatda yog‘li bo‘lganligi uchun boshka go‘shtlarga qo‘shib iste’mol kilish xam mumkin.
Minchujo‘q (xasip). Uni tayyorlash uchun uning miyasi, yog‘i go‘sht kiymasi va gruchga ziravorlar sepilib, otning ingichka ichagiga tikiladi va suvda yoki bug‘da pishiriladi. Pishirilgan, taom yaxna xolda iste’mol kilinadi.
|
| |