|
Dudlangan turli chuchka go‘shtlariga
|
bet | 40/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Dudlangan turli chuchka go‘shtlariga kuyidagi mahsulotlar – tush, bekon, koreyka (tush go‘shti), file (laxm), ust bulak go‘shti, sheyka (old okorok laxmi), vetchina, bujenina, karbonad, pshik (chuchka yog‘i) va x.k. kiradi.
Koreyka nimtaning ort kismidan, uning umurtkasini olib tashlab, kovurgalarini koldirib, xom dudlangan, dudlab-kaynatilgan, dudlab-yopilgan xolda chikariladi. Shakli to‘g‘riburchakli, kamida 1,5 kg ogirlikda, yog‘ katlamining kalinligi 1 dan 4 sm gacha bo‘ladi.
Yarim dudlangan va dudlangan kolbasalarni joylashtirish, tamgalash, saqlash.
Yarim dudlangan va dudlangan kolbasalarni ogirligini 40-50 kg kilib taxta yashiklarga joylashtiriladi. Bitta yashikka bir xil nomli kolbasalar urab joylanadi. Dudlangan kolbasalar sof ogirligini ko‘pi bilan 2 kg dan oshirmasdan, karton kutilarga solib xam chikariladi.
Xar bir uram birligini trafaret yordamida yoki chop etilgan yorlik yopishtirib anik tamgalanadi. Yarim dudlangan va dudlangan kolbasalar toza xonalarda 80S dan ortik bulmagan xaroratda va nisbiy namligi 75-78 % bo‘lgan xavoda: ‘yarim dudlangan va dudlab-kaynatilgan kolbasalar – 10 sutkagacha; xom dudlangan kolbasalar – 30 sutkagacha saklanadi.
Nazorat savollari:
Dudlangan kolbasalar necha turga bo‘linadi?
Nima sababdan dudlangan kolbasalar deyiladi?
Kanday kolbasalar ‘yarim dudlangan kolbasalar deyiladi?
Yarim dudlangan kolbasalar tayyorlash texnologiyasi kanday?
Yarim dudlangan kolbasa bilan dudlangan kolbasa farki nimada?
Xom dudlangan kolbasalar ishlab chikarish xom ashyosi va texnologiyasi kanday?
Xom dudlangan kolbasalarning dudlab-kaynatilgan kolbasalardan farki nimada?
Ruletlarning okorokdan nima farki bor?
Okoroklar to‘rini aytib bering.
Dudlangan turli mahsulotlar to‘rini ayting.
Mavzu – 7. Ot go‘shtiga ishlov berish va kazi tayyorlash texnologiyasi.
Reja:
Ot go‘shti va uni navlarga ajratish
Ot go‘shtidan tayyorlanadigan mahsulotlar texnologiyasi.
Kazi tayyorlash texnologiyasi.
|
| |