|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 36/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Tayyor mahsulotlarni saqlash
Tayyor mahsulotlarni saqlash. Tayyor mahsulotlarning sifatli bo‘lishida ularni saqlash tadbirlari xam muxim axamiyatga ega. Asosan, kolbasalar saklanadi. Saqlash xona (ombor) larining xarorati 4-60S, namligi 75-80 foiz bo‘lishi talab etiladi.
Kaynatib-dudlanagan kolbasalar osilgan xolda saklanadi.
Dudlab-kuritilgan kolbasalar esa oldin osilgan xolda, keyin yashik va karton kog‘oz kutilari solib saklanadi.
Agar kolbasalarni o‘zok vakt saqlash rejalashtirilgan bo‘lsa, ularning ko‘rib kolmasligi va magorlamasligi uchun usti parafinlanadi yoki usimlik (kungabokar, paxta, kunjut va xokazo) moylari surkab kuyiladi.
Kichik korxonalarda kolbasa tayyorlash
Turli xajmga va ishlab chikarish kuvvatiga ega bo‘lgan korxonalarda go‘shtni kayta ishlash va undan xar xil mahsulotlar ishlab chikarish tobora kengayib bormokda. Jumladan, koramol, kuy-echki va chuchka go‘shtini kompleks ravishda kayta ishlab bir ish smenasida 1 t kolbasa maxsuloti tayyorlab berish borasida ayrim texnik-iktisodiy kursatgich xamda tadbirlar xavola kilinadi.
Korxonada kuyidagi zonalar bo‘ladi: sex oldi zonasi – bunga asosiy ishlab chikarish binosi va kirish-chikish yuliga tutash kilib kurilgan ma’muriy- maishiy binolar kiradi; ishlab chikarish zonasi - bunga go‘sht Yog‘ korpusi, sovutgich xona, kolbasa sexi va aloxida joylashgan mashina bulinmasi kiradi; mollar suyishdan oldin saklanadigan zona - bunga suyiladigan mollar korpusi, avtomobillar platformasi, mollar saklanadigan bostirmalar, gung maydonchalari, shaltok, yigiladigan joy, mashinalari yuviladigan maydoncha kiradi; yordamchi binolar va inshootlar zonasi - bunga kozonxona, tozalash inshootlari bloki, xujalik ombori va transformatorli podstansiya kiradi; vodoprovod inshootlari zonasi - bunga suvni ikkinchi bor kutarib beruvchi nasos stansiyasi, xar biriga 100 m kv dan suv sigadigan ikkita xavza kiradi. Bu korxona kurilish zichligi 31 foiz bo‘lgan 1,6 ga maydonni egallaydi.
|
| |