• Mavzu -3 Chorva mollarni (mollarni, parrandalarni va baliklarni) suyish va kayta ishlov berish texnologiyasi Reja
  • Mollarni suyishga tayyorlash.
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi




    Download 1,07 Mb.
    bet9/79
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,07 Mb.
    #104161
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
    Bog'liq
    гушт сут маъруза 2021 (3)

    Nazorat savollari

    1. Chorva mollarning turlari to‘g‘risida tushuncha bering.

    2. Koramollar zotlarini sanab uting.

    3. Koramollar semizlik darajasi kanday aniklanadi?

    4. Mayda mollarning zotlarini aytib bering.

    5. Mayda mollar semizlik darajasi kanday aniklanadi?

    6. Chuchkaning semizlik darajasi kanday aniklanadi?

    7. Parrandalarning turlarini izoxlang.

    8. O‘zbyokistonda kanday balik turlari uchraydi?

    Mavzu -3 Chorva mollarni (mollarni, parrandalarni va baliklarni) suyish va kayta ishlov berish texnologiyasi


    Reja:
    1. Mollarni suyishga tayyorlash.
    2.Chorva mahsulotlariga dastlabki kayta ishlov berish
    3.Mollarni suyish va tanani bulaklash texnologiyasi.
    4.Suyish jarayonida kurilmalar.
    5.Parranda xamda baliklarni suyish va ishlov berish.
    Mollarni suyishga tayyorlash.
    Go‘sht kombinatga olib kelingan mollar mol bazalarida saklanadi. U erda saqlashdan maksad nima? Birinchidan, molni kayta ishlaydigan sexlarga bir xil me’yorda molni etishtirib turish. Ikkinchidan, bu bazalarda mollarning sog‘ligi undan keyin ularni sortlarga, turlarga ajratish ishlarga olib boradi. Go‘shtning sifati mana shu yog‘ bazalariga molning saqlashga bog‘liq. Odatda bu bazalarda molning mikdori sex molni kayta ishlaydigan va 2-3 sutkali zaxira bo‘lmog‘i darkor. Buning sababi shundaki, mollarni tekshirish paytida ular yulda vaximaga tushgan bo‘ladilar. Mana shu vaximani olib tashlab, ularni o‘zini saqlash funksiyalarini kayta tiklash lozim bo‘ladi. Mollarni suyishga tayyorlash uchun suyiladigan sexning oldiga maxsus uylar bo‘ladi, mana shu xonalarda mollar suyishdan oldin saqlanadi. Bu xonalarda saqlanadigan molning mikdori sexning bir sutkali kuvvatiga teng bo‘lishi kerak. Bunday sexlar bir kavatli, ikki kavatli bo‘lishi mumkin va mol o‘ldiradigan sexning oldidan mos saqlash xonalarida mollarning xaroratini aniklash uchun termometrlar, tarozilar bo‘ladi. Ular mollarni yaxshi saqlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘ladi.
    Koramollarni suyishdan oldin jinsi va orik-semizligiga ko‘ra guruxlarga ajratish tavsiya etiladi. Bu esa suyilgan mollarning mahsulotini kayta ishlash jarayonini birmuncha engillashtiriladi. Mollarni suyishga tayyorlash, asosan suyishdan oldin mol saqlanadigan sexda amalga oshiriladi. Go‘sht kombinati maydonida mollarni suyish sexiga yo‘llaydigan yo‘lak tayyorlanadi. Bunda vaktincha saklanadigan xonalar bo‘lib, barcha turdagi xayvonlar gurux xolida saklanadi. Mollarni suyishdan oldin veterinariya shifokori yana bir bor barcha xayvonlarni bir-bir ko‘rikdan o‘tkazadi. Agar kasalligi gumon kilingan mollar bo‘lsa, ular ajratib olinadi va xarorati o‘lchanadi. Buning uchun ko‘pincha massasi 0,5kg li TPEV-1 markali elektr xarorat o‘lchagichdan foydalaniladi.
    Mollarni suyishdan oldin 24-soat davomida och koldiriladi, bu esa ularning oshkozon ichak sistemasini ovkat koldiklaridan tozalashga mo‘ljallangan. Lyokin suyishga 3 soat kolguncha ular sug‘orib turiladi. Suyishdan oldin mollar cho‘miltiriladi. Bu esa go‘shtning toza bo‘lishi, xizmatchilarning kullari ifloslanmasligi uchun muxim tadbir xisoblanadi. Mollarning oyoklari xam toza bo‘lishi kerak. Xayvonlarni cho‘miltirishda maxsus dush yoki shlangdan foydalaniladi.

    Download 1,07 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi

    Download 1,07 Mb.