|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 11/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Xayvonlarni xushsizlantirish. Bu usulda suyilgan mollar tanasini kayta ishlash birmuncha kulay bo‘lgan xolda ularni konsizlantirish asosiy maksad xisoblanadi. Agar xayvonlar noto‘g‘ri xushsizlantirilsa, ularda yurak urishi davom etadi, bu esa tanani konsizlantirishda katta kiyinchiliklarga olib keladi. Lyokin ko‘plab mutaxassislarning fikricha, xayvonlarni xushsizlantirilganda, ularning yurak davom etib tursa, tanani to‘la konsizlantirish lozim.
Xayvonlarni xushsizlantirishning bir necha usullari bo‘lib, xammasida xam agar xayvon konsizlantirilmasa, oradan bir necha minut o‘tgach, u yana o‘ziga keladi.
Bolta bilan xushsizlantirish. Bunda massasi 2 kg va dastasi 1 m bo‘lgan bolgadan foydalaniladi. Bunda molning chap kulogidan ung qo‘ziga va o‘ng kulogidan chap qo‘ziga chiziklar kesishgan eriga bolga bilan uriladi. Urish kuchi bosh suyagini shikastlamasdan, fakat miyani molekulyar alokasini o‘zgartira olishdan iborat.
Otish yordamida xushsizlantirish. Bunda to‘ponchadan foydalaniladi. Unda diametri 9 mm li gazsiz sochma o‘k solib, xayvonnning miyasiga otiladi. Miyaga kirgan o‘k xayvoning xushsizlantiradi. Bunda yurak urishi davom etib, konsizlantirish jarayoni yaxshi natija beradi.
Elektr narkoz yordamida xushsizlantirish. Elektr narkoz yordamida xushsizlantirish usuli xam mavjud bo‘lib, u keng ko‘laniladi. Bunda xayvoning boshi, buyni va oldingi oyoklaridan elektr toki yuboriladi. Yosh xayvonlarni xushsizlantirish uchun 70-90 volt, yirik yoshlari uchun 100-120 volt elektr toki yuboriladi va buning uchun 6-12 sekund vakt talab etiladi. Elektr toki ta’sirida xushsizlantirilgan mol boks (kichik xona) ning ichiga yikiladi, sungra boks ochilib, xayvon suyish va nimtalash sexini poli ustiga tushadi xamda uning orka oyoklari zanjir bilan boglanib, konsizlantirish relsi (temir osma) ga ko‘tariladi.
Konsizlantirish. Mollar yotkizilgan yoki osib kuyilgan xolda konsizlantiriladi. Go‘sht kombinatlarida asosan mollarni osib, vertikal xolda konsizlantirish usuli qo‘llaniladi. Koramollarning tanasidan massasiga ko‘ra 4,2 foiz kon chiksa, u konsizlantirilgan xisoblanadi. Lyokin bu mikdor, xayvon tanasidagi umumiy kon mikdorining 40-65 foizini tashkil etadi. Konsizlantirish ishlari 6-8 minut davom etadi.
|
| |