|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 7/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Olabug‘a baliklar oilasi. Bu sla, oddiy ola bug‘a va balxash olabug‘asi, besh, toshbosh. Bu oila baliklarining so‘zgichi 2 ta bo‘ladi:
Tikanakli,
Yumshok. tanga zich yopishgan yon chizigi anik ko‘rinib turadi, tanasida kundalang yullari bor. Go‘shti ok, mayin, kiltanogi yo‘q, lyokin ozgin. Sotuvga (sla, bersh) sovutilgan va muzlangan tarzda chikariladi. Konserva tayyorlashga ishlatiladi.
Turli oila baliklari. Kuyidagi baliklarni eng ko‘p ovlashning axamiyati bor.
Churtanbalik tanasi naysimon, mayda tangachali bo‘ladi. Go‘shti ozgin, sersuyak, ba’zan balchik xidi kelib turadi. Tiriklayin, sovutilgan muzlatilgan va konservalangan xolda sotuvga chikariladi.
Lakkabalik tanasi o‘zunchok tangachasiz shilimshik koplagan bo‘ladi, ustki va ostki iyagida muylovlari bor. Go‘shti mayin sal shirinrok, yog‘ililigi o‘rtacha darajada. Tiriklayin, sovutilgan muzlangan tarzda sotiladi; konserva kilishga ishlatiladi, issik dudlanadi.
Losos baliklar oilasi. Bularning zich yopishib turadigan tangasi va anik ko‘rinib turadigan yon chizigi bo‘ladi. Anal sizgichi tagida yog‘ so‘zgichi borligi losos baliklariga xos xususiyat xisoblanadi. go‘shti mayin, xushxur, seryog‘, muskullari orasida mayda kiltanoklari bulmaydi. Losos baliklari oilasi 3 ta katta guruxga bo‘linadi (rasm-1).
B irinchi gurux – bu evropa lososlari – syomga, baltika lososi va kaspiy lososi. Ularnin go‘shti mayin, serYog‘, och pushti rangli, fakat tuzlangan tarzda sotuvga chikariladi.
Ikkinchi gurux – Uzok Shark losos baliklari. Ular Saxalin, Kamchatka kirg‘oklari yakinida va Amur daryosi xavzalarida tutiladi. Keta, bo‘qri balik, suma, krasnaya (nerka), chavicha, kijuch va axamiyati bor baliklar xisoblanadi.
Uchinchi gurux – bu sig baliklar guruxi. Ular Sibir va mamlakatimiz evropa kismi kullari va daryolarida yashaydi. Sig, omul, mo‘qsun, sirka (pelyad), ryapushka, tugun (sosoven seldi), chira ana shu gurux baliklariga kiradi.
|
| |