• Mollarning go‘shtdorlik belgilari
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi




    Download 1,07 Mb.
    bet3/79
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,07 Mb.
    #104161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
    Bog'liq
    гушт сут маъруза 2021 (3)

    Koramollarning tasnifi
    Koramollar etishtiriladigan yukori sifat go‘sht, go‘sht mahsulotlari, suti, sut mahsulotlari, tibbiyot uchun qimmatli maxsuloti va poyafzal sanoati uchun nixoyat muxim va zarur bo‘lgan terisi bilan barcha turdagi chorva mollari orasida aloxida o‘rin tutadi.
    Koramollar dunyoning barcha o‘lkalarida uchraydi. Ular o‘zlarining maxsulot yo‘nalishiga, ko‘ra, 3 ta yirik gurux (sut, go‘sht va kush maxsuldor, ya’ni sersut go‘shtdor, go‘shtdor va sersut yunalish) larga bo‘linadi. Bu guruxdagi xayvonlar, tashki ko‘rinishi, tana tuzilishi, massasi, rangi va boshkalarga ko‘ra bir - biridan ajralib turadi.
    Masalan, go‘sht yo‘nalishiga mansub zotlarning boshi kichikrok, buyni yug‘on, ko‘qragi keng va yumalok, kovurgalari kalin go‘sht katlami bilan koplangan, elkasi keng, tyokis va go‘shtdor, oyoklari yug‘on va kalta, sonlari yug‘on yumaloklashgan va go‘shtdor bo‘ladi. Elka yuzasi korin kismiga parallel xolda bo‘ladi. Suyaklari ingichka, muskullari va yog‘ to‘qimasi yukori darajada rivojlangan va bu to‘kima ichki organlarida ozrok bo‘lsada, asosan go‘sht to‘qimasi oraligida va teri ostida ko‘prok uchraydi. Bu esa go‘sht to‘qimasini yanada mazali va lazzatli bo‘lishida muxim axamiyatga ega.
    Go‘shtdor zot mollarining go‘shti birmuncha nozik mazasi nixoyatda yokimli bo‘lgani uchun chikim darajasiga ko‘ra sersut va ko‘sh maxsulotli yunalishdagi mollar go‘shtidan bir muncha ustun turadi. Go‘shtdor zotli mollar tez etiluvchan bo‘ladi. Masalan, ular 1,5-2 yoshligida massasi 400 kg bo‘ladi.
    Go‘shtdor zotli koramollar, asosan, Kozogiston, Kirgiziston, Sibir va Kuyi Povolje o‘lkalarida ko‘paytiriladi. O‘zbyokistonda esa u 4-5% tashkil etadi. Kolgan respublika va o‘lkalarda koramollarning sersut va ko‘sh maxsulot yo‘nalishidagi zotlari ko‘paytiriladi. Shu jumladan respublikamizda etishtiriladigan koramol go‘shtining deyarli 95 - 96 % sersut va ko‘sh maxsulotli zotlar xisobiga bo‘ladi.
    Mollarning go‘shtdorlik belgilari. Mollarning eng asosiy belgilari go‘shtdorlik belgilari ularning suyim massasi va chikimi bilan belgilanadi. Shuningdek, go‘sht nimtalari va navlarining biri - biriga bo‘lgan nisbati muxim o‘rin egalaydi.
    Suyim massasi. Suyilgan xayvonning terisi, kalla-pochasi va Yog‘idan tashkari barcha ichki organ, (ichak-chavok) lari olib tashlangan kolgan massasi xisoblanadi va u "kg" bilan belgilanadi.
    Suyim chikimi deb suyishdan oldingi massasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va u "%" xisobida belgilanadi. Chet mamlakatlarda suyim chikimini xisoblashadi, xayvon buyragi bilan yog‘i birga suyim chikimiga kiritiladi.
    Xayvonlarning go‘sht maxsuldorligi bir kancha omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning orasida oziklantirish, zoti, zotdorligi, jinsi va yoshi salmokli o‘rin tutadi. Agar go‘shtga bokiladigan xayvonlarga barcha sharoit (ularni tuydirib bokish, yaxshi parvarish kilish va to‘g‘ri saqlash) yaratilsa, ular tez semiradi, go‘sht maxsuloti ortadi va uning sifati yukori darajada bo‘ladi. Shuningdek, bunday xayvonlar soglom, bakuvvat va chidamli bo‘ladi.
    Yoshligida yaxshi bokilmagan xayvonlar sust o‘sadi, nimjon va kasalmand bo‘ladi keyinchalik ular xar kancha yaxshi, sifatli bokilmasin, baribir yaxshi semirmaydi va o‘z tengkurlariga etmaydi. Xayvonlarning semizlik darajasi ko‘p jixatdan suyim chikimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Binobarin, xayvonlarning semizlik darajasiga karab go‘sht nimtalari yukori navning mikdori ortadi. Shuningdek, teri, ichak - chavok, kalla-pocha chikimi kamayadi.
    Xayvonlar semizlikka ko‘ra turli tashki ko‘rinishga go‘shtdorlik belgisiga, teri osti yog‘ kavatiga, ichki yog‘ va muskullar oraligi yog‘iga ega bo‘lishi aniklangan. Xayvonlarning jinsi xam ularning go‘sht maxsuldorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Jumladan, axtalangan novvoslarning go‘sht maxsuldorligi g‘unajinlarnikiga qaraganda birmuncha yukori va nozikrok bo‘lishini tajribalar ko‘rsatadi.



    Download 1,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi

    Download 1,07 Mb.