|
YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)
|
bet | 7/22 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 53,27 Kb. | | #104516 |
Bog'liq Kirish. Akademik yozuvning mazmuni va vazifalari-www.fayllar.orgYOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)
Dialog shakldagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs o‘rtasida namoyon bo‘luvchi, axborot uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan nutq turi dialogik nutq deb ataladi. Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda qisqartirish imkoniyatiga ega.
Uning interaktiv tomoni ko‘pincha ustuvorlik qiladi, axborotlar qabul qilish va uzatish o‘zaro tushuncha asosiga quriladi, aks holda muomala maromi buziladi, o‘zaro fikr almashuv mudatdan oldin yakunlanadi.
Dialog nutq, odatda, monolog va yozma nutqqa nisbatan batafsil va ravon nutq tuzishga kam talab qo‘yadi. Bu fakt dastlab shu bilan tushuntiriladiki, suhbatdoshlar bir xil sharoitda bo‘ladilar, bir xil fakt va hodisalarni idrok qiladilar va shu tufayli o‘zlarining fikrlarini batafsil (keng) nutq formasida bayon qilishga harakat qilmay, bir-birlarini nisbatan oson tushunadilar. Avtobus kutuvchilardan birining «kelayotir» deyishi boshqa kishilarning unga tushunishlari uchun yetarlidir.
YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)
Dialog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialogik fikrlarning qisqaliligi bilan boshqa fikrlardan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi, voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham dialog monologga o‘xshamaydi. Dialog so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.
Polilog. Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi mumkin.
Bir nechta kishilar bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan, triada va poliada negiziga quriluvchi, axborot uzatish va qabul qilishga yo‘naltirilgan, bahs tarkiblari ishtirok etuvchi og‘zaki nutq turiga polilogik nutq deyiladi.
|
| |