|
Kirish. Akademik yozuvning mazmuni va vazifalari Shodmonov Zuhriddin Zokirho‘jaevich
|
bet | 9/22 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 53,27 Kb. | | #104516 |
Bog'liq Kirish. Akademik yozuvning mazmuni va vazifalari-www.fayllar.orgYozma nutqning, ayniqsa, katta ahamiyati shundan iboratki, u kishilar o‘rtasidagi aloqani kengaytiradi va atrofni o‘rab olgan borliqni bilish chegarasini ancha oshiradi.
Yozma nutqda kishilik jamiyatining tarixiy tajribalari - uning fan, san'at va butun insoniyat madaniyati erishgan yutuqlari qayd qilingan va mustahkamlangandir. Yozuv tufayli ko‘pgina avlodlar tomonidan to‘plangan bilimlar millionlab kishilarning boyligi bo‘lib qoladi va har bir o‘qimishli kishi o‘zining bilish faoliyatida ulardan foydalanishi mumkin.
YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)
Sintaksis jihatidan qaraganda yozma nutq eng to‘liq va mukammal nutqdir. Har bir kishi oddiy maktubni yoki ilmiy maqolani yozayotganida grammatika qoidalariga og‘zaki nutqdagiga qaraganda ko‘proq rioya qiladi.
Yozma nutqda gap bo‘laklaridan biri tushib qolsa, bu yozma nutqni o‘qigan kishilar uni qiynalib tushunadilar yoki butunlay tushunolmaydilar. Yozma nutqning sintaksis jihatdan to‘liq bo‘lishi shuning uchun ham zarurki, og‘zaki nutq uchun harakterli bo‘lgan mimika, imo-ishoralar, intonatsiyalar va boshqa shu kabi qo‘shimcha elementlarni yozma nutqda ishlatib bo‘lmaydi.
Yozma nutq, asosan, ixtiyoriy nutq bo‘ladi. Maktub, doklad, ma'ruzalar va boshqa shu kabilarni yozayotgan kishi so‘zlarni ongli ravishda tanlaydi, gaplari yaxshiroq qilib tuzishga intiladi.
YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)
Og‘zaki nutq bilan yozma nutq o‘rtasida o‘rtacha joy oladigan nutqlar borki, bu nutqlar monologning alohida turlaridir.
Og‘zaki dokladlar: ma'ruzalar, nutqlar, o‘qituvchining darsni tushuntirib berishi va boshqa shu kabilar monolog nutqning mana shunday alohida turlaridir. Bu nutqlar o‘zining sintaksis tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqinroqdir: odatda, ma'ruza, doklad qilmoqchi, nutq so‘zlamoqchi, dars bermoqchi bo‘lgan kishi buning uchun tayyorgarlik ko‘radi.
Mana shu tayyorgarlikning o‘zi, ko‘pincha, qilinadigan dokladlarni, ma'ruzalarni va boshqa shu kabilarni oldin yozma bayon qilishdan iborat bo‘ladi. Ammo bu nutqlar amalga oshirilish texnikasi jihatidan, ko‘pincha (agar yozilgan materialni o‘qib berilmasa), og‘zaki nutqqa yaqinlashadi.
Bunday hollarda bu xildagi nutqlar o‘zining sintaksis tuzilishi jihatidan ham og‘zaki nutqqa yaqinlashadi. Odatdagi og‘zaki gaplashuv nutqida bo‘lganidek, monolog nutqning bu turlarida ham mimika, imo-ishoralar, intonatsiya va boshqa shu kabilardan foydalaniladi. Shu sababli, bu hil nutq o‘zining «jonli» bo‘lishi jihatidan ham og‘zaki gaplashuv nutqiga yaqinlashadi.
|
| |