|
Ta'lim muassasasida ijtimoiy – texnologiyalar haqida tushuncha
|
bet | 4/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 48,95 Kb. | | #140600 |
Bog'liq Kirish Asosiy qism2. Ta'lim muassasasida ijtimoiy – texnologiyalar haqida tushuncha.
“Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi asosi bo’lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog’liq.
Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek ijtimoiy pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko’p.
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq. ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko’nikishga yordam berishdir va boshqa maqsadlar o’z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to’g’ri aniqlanganligi, unga yerishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir.
Ijtimoiy pedagogning aralashishni talab qiluvchi har qanday muammoni hal qilish unga tashhiz qo’yishdan boshlanadi. Tashhiz qo’yish axborot taxlili, to’plash va tizimlashtirishdan iborat.
Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo’llarini qidirish. Buning uchun tashhiz asosida maqsad qo’yiladi va unga muvofiq faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi.
Ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo’llashga ko’ra shunga mos tushuvchi faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi. Ish yakunlanganidan so’ng ijtimoiy pedagog bola muammosi qanchalik to’g’ri hal qilinganiga baho berishi lozim.
Keng tarqalgan va effektiv ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan biri trening hisoblanadi. ijtimoiy pedagogik trening-jamoaviy ish olib borishning faol metodlariga asoslangan pedagogik ta’sirdir. Bu tashkillashtirilgan muloqatning maxsus turi bo’lib, uning davomida shaxs rivojlanishishi, kommunikativ malakalar paydo bo’lishi, psixologik yordam ko’rsatish masalalari hal qilinadi.
Mashg’ulotlar davomida o’smirlarda ichki qurilmalar almashuvi sodir bo’ladi, bilimlar kengayadi, o’ziga va atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
Trening mashg’ulotlari paytida har bir o’smirga g’amxo’rlik ko’rsatiladi. U boshqalarning yordamiga tayanishi mumkin. SHuning uchun turli muomala stillarini sinab ko’rishi, odamlararo ishonishni o’rganishi, avval unga xos bo’lmagan kammunikativ malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishga qodir. Bu mashg’ulotlar jamiyatda yanada faol hayotga tayyorlaydi. ijtimoiy pedagogik trening guruhining vazifasi har bir ishtirokchiga o’zini individual vositalar bilan namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning uchun o’z-o’zini anglab olishi lozim.
Shaxs o’z-o’zini tarbiyalashni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiradi:
o’z “men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish, ya’ni inson boshqalar chetdan kuzatish qulayligi uchun bundan foydalanadi. Bu esa o’zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslashga ajoyib imkoniyat yaratadi.
O’zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan ma’lumotlarni qayta munosabat asosida ishlatish. Bu atrofdoshlarning so’zlari, xis-tuyg’ulari, xulq-atvor reaksiyalari orqali o’ziga bo’lgan munosabatini bilib olishga yordam beradi.
O’zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O’z- o’zini baholashning bu usuli o’z imkoniyatlari haqidagi fikrni mustahkamlaydi.
O’zini tashqi qiyofa bahosi orqali qabul qilish.
Shaxsning rivojlanishiga imkon yaratuvchi trening maqsadlari:
ishtirokchilarning ijtimoiy masuliyatini oshirish, ularning boshqalar bilan
faol munosabatga kirishish qobiliyatini o’stirish.
o’smirlarning faol ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish va o’z hayotlarida
o’zgarish sodir eta olish qobiliyatinirivojlantirish.
v) psixologik madaniy darajasini ko’tarish. Treningning asosiy tamoyillari:
Ishtirokchilarning o’zaro hurmati va ishonchiga asoslangan to’laqonli shaxslararo muomala.
Doimiy qayta aloqa, ya’ni ishtirokchi boshqa ishtirokchilar xattiharakatlariga baho beruvchi ma’lumotlarni olishi.
O’z-o’ziga tashhiz qo’yish .
Rivojlanishning optimallashuvi.
Aqliy va emotsional sohalarning uyg’unlashuvi.
Trening va uning alohida mashg’ulotlarida ixtiyoriy qatnashish.
Guruh dinamikasiga yordam beruvchi guruhning doimiy tarkibi.
Yakkalik.
Mikroguruhlarda ishlash imkonini beruvchi erkin hudud.
Texnologiyalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatiga joriy qilish mablag’ni iqtisod qilish ijtimoiy pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishni ta’minlaydi, ijtimoiy pedagog oldida turgan vazifalarni hal qilishning effektivligiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog texnologiyalar ijtimoiy pedagogning keng ko’lamdagi vazifalari-tashhiz qo’yish, ijtimoiy profilaktika, ijtimoiy adaptatsiya va ijtimoiy reabilitatsiyani yechishga yordam beradi.
|
| |