|
Ta'lim muassasasida ijtimoiy - pedagogik ishni tashkil etish
|
bet | 2/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 48,95 Kb. | | #140600 |
Bog'liq Kirish Asosiy qism1. Ta'lim muassasasida ijtimoiy - pedagogik ishni tashkil etish.
O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq. Vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalarga
yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:
-ishontirish
-talab qilish
-hikoya
-suhbat va bahs
-jazolash va maqtash
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodlar tasnifi quyidagi ko’rinishga ega:
Shunday qilib ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.
“Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan.
Pedagogik-texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar-o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi.
80-yillar o’rtalarida pedagogik amaliyotda SH.A.Amonashvili (ijtimoiyshaxsiy texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo’senkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, bahslash metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga yerishish kafolatlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:
bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,
sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash, nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.
qo`shimcha ta'limmuassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va
h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish,
ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiypedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:
1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish.
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.
3.Tabiatga mos yondoshuv
4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin.
Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik himoyalash sog`ligini himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga bog’liq maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo’q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. respublikamizda maktab o’quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So’nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda maktab nafat ta’lim-tarbiya masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda.
Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks etmasligi mumkin emas. Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo’yishi kerak edi:
Ta’lim to’g’risidagi qonunni bajarish lozim edi, biroq ta’lim bolalar va o’smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.
Maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish.
Maktab faoliyatini qayta yo’naltirish.
Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga asoslash.
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’lim-tarbiya olishga bo’lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda:
|
| |