• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
  • Kirish Asosiy qism




    Download 48,95 Kb.
    bet1/7
    Sana18.01.2024
    Hajmi48,95 Kb.
    #140600
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kirish Asosiy qism


    Mavzu: Ta'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari

    Kirish Asosiy qism


    1. Ta'lim muassasasida ijtimoiy pedagogik ishni tashkil etish.

    2. Ta'lim muassasasida ijtimoiy texnologiyalar haqida tushuncha.

    3. Ta'lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni

    4. Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi

    Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar



    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa; ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir.
    Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining huzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
    Kurs ishining maqsadi. Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari mavzusini o’rganish. Kurs ishining vazifasi. Kurs ishining hajmi:

    • Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagogik ishini o’rganish

    • Ta’lim muassasasida ijtimoiy texnologiyalarni yaratish

    • Ta’lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni haqida

    • Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o’ziga xosligi to’g’risida.

    Kurs ishining obekti.
    Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagog faoliyati.
    Kurs ishining predmeti.
    Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyasi.

    Download 48,95 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 48,95 Kb.