|
Yurish qismidagi asosiy nosozliklar
|
bet | 67/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)Yurish qismidagi asosiy nosozliklar, asosan, avtomobilning eng
yuqori yuk ko‘taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda,
shuningdek, shakl berilmagan yo‘llarning og‘ir sharoitlarida
ishlatilganda yuzaga keladi. Rama qoldiq deformatsiya olib egiladi, unda
yoriqlar paydo bo‘ladi, parchin-mixli birikmalar bo‘shashadi, dvigatel va
transmissiya agregatlarining o‘zaro to‘g‘ri joylashuvi buziladi.
Oldingi ko‘prik nosozliklariga gupchak podshipniklari tarangli-
gining buzilishi, ko‘prik balkasi va burilish richaglarining egilishi,
shkvorenni o‘rnatish teshigining, shkvoren va uning vtulkasining,
buriluvchi sapfalar podshipniklarini o‘rnatish teshigining yeyilishi misol
bo‘ladi. Oldingi ko‘prik detallarining yeyilishi g‘ildiraklar o‘rnatish
burchaklarining buzilishiga, shinalarning bir tomonlama yeyilishiga va
avtomobilni boshqarishni qiyinlashuviga olib keladi.
Yurish qismining ko‘rsatib o‘tilgan nosozliklari avtomobilning
to‘g‘ri chiziqli harakatdan o‘ngga yoki chapga toyishi, katta tezlikda
harakatlanishda oldingi boshqariluvchi g‘ildiraklarning ta’siri, avtomo-
bilning bir tomonga qiyshayishi, harakatlanish paytida osma atrofidagi
taqillashlar va tebranishlar oqibatida yuzaga keladi.
Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman
KXK paytida aniqlanadi.
Rama va osmalarga texnik xizmat ko‘rsatish. Ramani ko‘rikdan
o‘tkazib, uning geometrik shakli va o‘lchamlaridagi o‘zgarishlar, darzlar
mavjudligi, lonjeronlar va ko‘ndalang to‘sinlar egilganligi, ressora,
ressoraostligi va amortizatorlar kronshteynlarining ramaga mahkamla-
nishi tekshiriladi.
Ko‘priklarning o‘zaro vaziyati, oldingi va orqa ko‘priklar o‘qlari
orasidagi masofa o‘ng hamda chap tomondan o‘lchab ko‘rib aniqlanadi.
O‘lchangan masofalarning bir-biridan farq qilishiga ruxsat etilmaydi.
Agar rama holatini tekshirishda uning konstruksiyasida jiddiy nosozliklar
yoki bazaviy o‘lchamlarda ruxsat etilgan qiymatlardan chetga chiqishlar
aniqlansa, u holda avtomobil mukammal ta’mirlashga jo‘natiladi.
Osmalar holati, texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida tashqi ko‘rikdan
o‘tkazilib, ularning mahkamlanishi esa kuch qo‘yish orqali tekshiriladi.
Ressoraning singan yoki darz ketgan listlari (varaqlari) aniqlanadi.
Ressoralar ko‘zga ko‘rinadigan darajada bo‘ylama siljishga ega
bo‘lmasligi kerak. Bunday holat markaziy boltning kesilishi oqibatida
98
sodir bo‘lishi mumkin. Ressoralarning ishonchli mahkamlanishini
tekshirishda alohida e’tiborni uzangisimon tortqi gaykalarining qanday
tortilganligiga hamda ressorani sharnirli mahkamlaydigan vtulkalardagi
yeyilishlarning bor-yo‘qligiga qaratish lozim. Agar ressoraning bir uchi
rezina yostiqchalarga mahkamlangan bo‘lsa, yostiqchalarning butunligi
va ularning tayanchda to‘g‘ri joylashganligi tekshiriladi. Ressoraning
uzangisimon tortqilari va xomutlaridagi gaykalarni bir tekisda, avval
oldingilari (avtomobilning harakatlanishi bo‘yicha), so‘ng keyingilari
tortib qo‘yiladi.
Ressoralarning elastikligi ularning erkin holatdagi yoysimonligi
bo‘yicha tekshiriladi. Bu ko‘rsatkichni ressora uchlari orasida ip tortib va
ipdan egilgan o‘zak listning o‘rtasigacha bo‘lgan tik masofani o‘lchab
aniqlash mumkin. Avtomobil osmalaridagi ressoralarning yoysimonligi
bir-biridan bo‘yicha 10 mm dan ko‘p farq qilmasligi kerak. Avtomobil
harakatlanganda ressoralarda g‘ichirlashlar, shuningdek, listlarda zanglar
paydo bo‘lsa, ularni kirlardan tozalash, kerosinda yuvish va grafit bilan
moylash lozim bo‘ladi.
|
| |