|
Diskli g'ildiraklarning tuzilishi
|
bet | 89/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)Diskli g'ildiraklarning tuzilishi. To'g'innmg ichki qismi shakliga qarab diskli g'ildiraklar ikkiga, ya'ni tekis to'g'inli va chuqur to'g'inli g'ildiraklarga ajratiladi. Chuqur to'g'in yengil avtomobillar g'ildiraklarida qo'llaruladi (101-chizma). Chuqur to'g'inning o'ziga xos tomoni shundan iboratki, to'g'inni o'rta qismida botiqlik bo'lib, u pokrishkani to'g'inga kiydirishni yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Bunday to'g'inning qismlarga ajralmaydig'an konstruksiyasi g'ildirakni maksimal darajada yengillashtirishga va soddalashtirishga imkon beradi. Ushbu g'ildiraklarga, o'lchamlari uncha katta bo'lmagan shinalarni - yengil avtomobil shinalarini o'rnatish murnkin.
Tekis to'g'in yuk avtomobillarining g'ildiraklarida bir necha xil variantlarga ega. Ko'pincha, to'g'in chekkasi vazifasini bajaradigan (19.9.102-chizma) qirqilmagan bort halqa (1) ishlatiladigan variantdan foydalaruladi. Bu vaziyatda to'g'in (3) disk (4) bilan ajralmaydigan qilib payvandlangan va shina borti uchun yon devorli bitta tokchaga ega, shina o'tkaziladigan ikkinchi tokcha esa qirqilgan prujinasifat quif halqaning (2) ichki yuzasida hosil qilingan.
G'ildirakni yig'ishda shina to'g'inga erkin kiydiriladi, bort halqa o'rnatiladi va to'g'in ariqchasiga kesilgan qulf halqa (2) tushirib qo'yiladi, natijada bort halqa to'g'inga mahkam o'rnashadi. Shina damlan-gandan so'ng undagi havo bosimi shina bortlarini to'g'in chekkalariga va bort halqasiga zich siqilishini ta'minlaydi, qulf halqani to'g'in ariqchasiga tushirib berkitadi va shina-ning to'g'inga zich o'tirishiga erishiladi.
Tekis to'g'inli diskli g'ildiraklar-ning boshqa konstruksiyalarida kesilgan bort halqa ishlatilib, u bir vaqtning o'zida qulf halqa vazifasini ham bajaradi yoki bo'lmasa tekis to'g'in ikki qismga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Orqa ko'prikka tushadigan yuklanishlarning kattaligi bois, yuk avtomobillarining orqa g'ildiraklari qo'shaloqdir. Bunda ichki g'ildirak gupchakka shpilkalar hamda ichki va tashqi rezbasi bo'lgan qalpoqsimon gaykalar bilan, tashqi g'ildirak esa konusli gaykalar bilan qotirib qo'yiladi.
|
| |