• Tayanch iboralar
  • Disksiz g'ildiraklarning tuzilishi




    Download 6,09 Mb.
    bet90/164
    Sana02.12.2023
    Hajmi6,09 Mb.
    #109742
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   164
    Bog'liq
    yurish qismiga txk O\'MT (2)

    Disksiz g'ildiraklarning tuzilishi. Disksiz g'ildiraklar (103-chizma, a) gupchakka, shu gupchakning detallaridan foydalangan holda mahkamlanadi. Disksiz g'ildirak to'g'ini konstruksiyasining o'ziga xosligi shundan iboratki (103-chizma, b), to'g'in uchta sektordan (1) yasalgan bo'lib, ular sektorlar toresidagi kesilgan joylar yordamida yagona halqa qilib biriktiriladi. G'ildirakni avtomobilga o'rnatishda sektorlar (1) damlanmagan shinaga joylashtiriladi, so'ng yig'ilgan g'ildirak gupchakning konussimon sirtiga o'tkaziladi va shpilkaga (4) qisqichlarni (3) kiygazib, gaykalar (5) bilan qotirib qo'yiladi.
    Disksiz g'ildirakning boshqa konstruksiyasi (KaMA3 avtomobili) qismlarga ajralmaydigan to'g'inga, sug'uriladigan bort halqaga va kesilgan qulf halqaga ega bo'lib, ularning tuzilishi 100-chizmada tasvirlangan g'ildirak detallariga o'xshash bo'ladi. Uni g'ildirak gupcha-giga o'rnatish, qulf halqa ariqchasi ostiga ishlangan ichki konus bo'yicha markazlovchi qisqichlar vositasida amalga oshiriladi.
    Disksiz g'ildiraklar diskli g'ildiraklarga qaraganda kam vaznga ega (10-15 foiz), shinalarni ta'mirlashda qismlarga ajratish va yig'ish ancha qulay, tormoz mexanizmlarining yaxshi sovitilishini ta'minlaydi. Hozir-gi vaqtda bunday g'ildiraklar katta yuk ko'taruvchi avtomobillarda va avtobuslarda borgan sari keng ko'lamda ishlatilmoqda.
    Tayanch iboralar: bevosita bog’lanish, harakatlanishini hosil qilish, yo’nalishini o’zgartirish, yuklanishlarni yerga uzatish,yetaklovchi, boshqariluvchi, murakkab,tog’inli disk, podshipniklar, gupchak, pnevmatik shina, tokchalar, diskli va disksiz, qulf halqa, sektorlar, markazlovchi qiqichlar.
    NAZORAT SAVOLLARI
    1. G'ildiraklarning vazifalarini ayting.
    2. Murakkablashgan g’ildiraklarning ahamiyatini ayting.
    3. Tutibturuvchi g'ildiraklarning vazifasini ayting.
    4. Diskli g’ildiraklar qanday tuzilgan?
    5. Disksiz g’ildiraklarning xususiyati nima?




    Download 6,09 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   164




    Download 6,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Disksiz g'ildiraklarning tuzilishi

    Download 6,09 Mb.