Aksiyadorlik jamiyatlarida biznes jarayonlarini boshqarishda zamonaviy




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana04.06.2024
Hajmi1,01 Mb.
#260013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA BIZNES JARAYONLARINI BOSHQARISHDA RA

1.2 Aksiyadorlik jamiyatlarida biznes jarayonlarini boshqarishda zamonaviy 
texnologiyalarning o’rni 
Mavzuga oid iqtisodchi olimlarning fikrlarini muhokama qilsak, biznes 
jarayoni juda ko‘p va turli hil, ayni paytda juda o‘xshash ta'riflarga ega. Masalan, 
A.V.Sheyerning ta'kidlashicha biznes jarayonini “Oldindan belgilangan qoidalarga 
muvofiq dastlabki hom-ashyo, material yoki ma'lumotni yakuniy mahsulotga 
(xizmatga) aylantiruvchi takrorlanadigan harakatlarning va funktsiyalarning 
bog‘langan to‘plamidir”. ISO 9000 xalqaro standartiga ko‘ra biznes jarayoni 
“kirishni chiqishga aylantiruvchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta'sir qiluvchi 
operatsiyalar 
(faoliyatlar 
to‘plami)” 
sifatida 
ta'riflanadi. 
V.Repin, 
V.Eliferovlarning ta'kidlashicha “Biznes jarayonlari shunday tuzilganki, har bir 
jarayon manfaatdor tomonlar uchun xizmat qilishi kerak. Biznes jarayonini 
aniqlashda keraksiz harakatlar chiqarib tashlanadi. Bizningcha, biznes-jarayoni, 
shuningdek, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xodimlarning eng minimal sonini 
o‘z ichiga olishi kerak. Sababi bu tartib mahsulot yoki xizmat tannarxini (biznes 
jarayonining natijasida) kamaytirish uchun zarurdir. Biznes jarayonlari va jarayon 
yondashuvini rivojlanishi sifat menejmenti tizimlariga qo‘yiladigan talablarni 
tavsiflovchi bir qator ISO 9000 standartlarini ishlab chiqdi. Jarayondosh 
yondashuv sifat menejmentining sakkizta asosiy tamoyillaridan biridir. Jarayonli 
yondashuvning mohiyati jarayonlarni aniqlash va korxonadagi jarayonlar tizimini 
va bunday jarayonlarning o‘zaro ta'sirini boshqarishdir. Jarayonlar tarmog‘ini va 
ularning o‘zaro ta'sirini yaratish orqali jarayonlar yagona tizim sifatida 
boshqarilishi kerak. Bizning fikrimizcha, agar korxona jarayonli yondashuvdan 
foydalansa, demak u faoliyat va resurslarni jarayon sifatida boshqaradi. Jarayonli 
yondashuvi manfaatdor tomonlar uchun qiymat yaratish maqsadida biznesni 
tashkil etish va boshqarishning samarali usuli hisoblanadi. Agar funktsional 
yondashuvda boshqaruv tashkiliy birliklarning funktsiyalaridan o‘tsa, jarayonli 
yondashuvda boshqaruv ob'ektlari jarayonlar “Iqtisodiyot va innovatsion 
texnologiyalar” hisoblanadi, natijada jarayon bir nechta bo‘limlarga ta'sir qiladi va 


-
8 -
shu orqali boshqariladi. Axborot texnologiyalarining ishlab chiqarish va biznesning 
turli sohalariga, ularning faoliyati samaradorligiga va jamiyatda tizimli 
funktsiyalarning bajarilishiga, zamonaviy aksiyadorlik jamiyatlarning tashqi 
ko'rinishi va rivojlanishining shakllanishiga, ularning rivojlanish imkoniyatlari va 
istiqbollariga ta'siri ko'rib chiqiladi. Axborot texnologiyalarining aksiyadorlik 
jamiyatiga ta'sirining turli jihatlari va shunga mos ravishda aksiyadorlik jamiyatda 
AT
ni joriy etish samaradorligini baholashga imkon beruvchi mezonlarni (sifat va 
miqdoriy) tanlash muammolari ko'rib chiqiladi. 
Aksiyadorlik jamiyatda axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadlarini 
shakllantirish, tanlash va amalga oshirish muammolari, birinchi navbatda, 
aksiyadorlik jamiyat boshqaruv tuzilmalarini takomillashtirish va ko'p hollarda 
maqsadli institutsional qayta qurish zarurati bilan bog'liq. AT ning aksiyadorlik 
jamiyatdagi 

Download 1,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Aksiyadorlik jamiyatlarida biznes jarayonlarini boshqarishda zamonaviy

Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish