• Tayanch so’z va iboralar
  • Darsning maqsadi
  • Moddaning tahlili
  • Mavzu: Analitik kimyo fani asoslari. Sifat analiz usullari. Analitik reaksiyalarni o’tkazish usullari




    Download 2,53 Mb.
    bet2/21
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #245092
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Anionlarning sinflanishi

    Mavzu: Analitik kimyo fani asoslari. Sifat analiz usullari. Analitik reaksiyalarni o’tkazish usullari.
    Analitik kimyo fani asoslari. Sifat tahlil usullari. Mikro, yarimmikro, makro va ultramikro metodlar. Sifat tahlilda ishlatiladigan reaktivlar, idishlar va asboblar. Analitik reaksiyalarning o’tkazish usullari, sezgirligi va yo’nalganligi. Analitik reaksiyalar-ionli reaksiyalardir. Kationlarning analitik guruhlarga bo’linishi. Analitik kimyoni qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.


    Tayanch so’z va iboralar: atom, sifat va miqdoriy tahlil Analiz so‘zining lug‘aviy ma’nosi– murakkab tizimni tarkibiy qismlarga ajratib, o‘rganish ya’ni tahlil etish ma’nosini anglatadi. Analitik kimyo – kimyo va fizika qonunlari asosida moddalarni atom, molekulyar, fazoviy tuzilishini o‘rganuvchi, sifat va miqdoriy tahlil usul va uslublarini ishlab chiquvchi, kimyo fanining alohida bo‘limidir.
    Darsning maqsadi – modda va ashyolarni sifat va miqdoriy tahlil etish, vazifasi – mavjud tahlil usullarini takomillashtirish va tahlilni yangi usullarini kashf etishdan iboratdir. Analitik kimyoni fan sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega bo‘lib, unga qadimda Lomonosov M.V., Mendeleev D.I., O‘rta Osiyo omillaridan Ar.Roziy, Xaziniy kabi olimlar bilan bir qatorda Alekseev V.I., Alimarin A.P., Zolotov YU.A., Xaritonov YU.YA. kabi rus olimlari bilan bir qatorda Tolipov SH.T., Azizov M.A., Parpiev N.A. va boshqa qator o‘zbek olimlari xam o‘z xissalarini qo‘shganlar. Sifat tahlilga ingliz olimi Boyl, miqdoriy tahlilga M.V. Lomonosov asos olgan.
    Moddaning tahlili – deganda turli (kimyoviy, fizikaviy) usullar yordamida moddaning kimyoviy tarkibiga doir ma’lumotlarni to‘plab tahlil etish tushuniladi.
    Analitik kimyo-kimyoviy analizning nazariy asoslari va metodlarini ishlab chiqadigan, atrof muxitdagi har xil ob`ektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlashni ta`minlaydigan metodlar to`g’risidagi, ya`ni analitik kimyoidentifikatsiyalash, miqdoriy aniqlash va tabiatdagi turli elementar ob`ektlarning, ya`ni atomlar, ionlar, molekulalar, funksional guruhlar va boshqa zarralar kimyoviy strukturasini aniqlaydigan fandir.
    Analitik kimyoning asosiy vazifalari-analizning umumiy nazariy asoslarini, kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy metodlarining asosiy prinsiplari bilan tanishtirishdir.
    Analitik kimyo ulkan ilmiy va praktik ahamiyatga ega. Darhaqiqat, barcha hozirgi zamon kimyosi yangi analitik metodlar va o`lchash texnikasining qo`llanishi tufayli taraqqiy etdi. Fizika, biologiya, geologiya, minerologiya, texnika fanlari, meditsina, farmatsevtika, atrof-muhitni o`rganish fanlari o`zlarining fundamental ilmiy tekshirish ishlarida analitik kimyodan keng ko`lamda foydalanadi. Xalq xo`jaligi mahsulotlari sifatiga, kosmik va atom energetikasi sanoatining yanada rivojlanishiga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, kasalliklar diagnostikasini yaxshilashga va hokazolarga bo`lgan talabning ortishi mavjud metodlarning yanada takomillashtirilishini va yuqori sezgirlikka, aniqlikka, tanlab ta`sir etuvchanlikka, ekspresslikka ega bo`lgan, avtomatlashtirish mumkin bo`lgan yangidan-yangi analiz metodlarini ishlab chiqarishni taqazo etadi.
    Hozirgi zamon analitik kimyosining xarakterli tomoni instrumental analiz metodlarining keng taraqqiy etishidir (bularga fizik-kimyoviy va fizik metodlar kiradi). Bu metodlar yuqoridagi talablarga javob beradi.

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 2,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Analitik kimyo fani asoslari. Sifat analiz usullari. Analitik reaksiyalarni o’tkazish usullari

    Download 2,53 Mb.