Analitik kimyoning qisqacha tarixiy taraqqiyoti




Download 2,53 Mb.
bet3/21
Sana20.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#245092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Anionlarning sinflanishi

Analitik kimyoning qisqacha tarixiy taraqqiyoti
Ayrim kimyoviy analizlar juda qadim zamonlarda ham ma`lum edi. Masalan, o`sha davrda rudalardan metallar ajratib olinardi, qotishmalar hosil qilinardi, shisha pishirilardi, o`simliklardan dorivor moddalar, bo`yoqlar, xushbo`y moddalar ajratib olinardi. Misrda bu narsalar keng rivojlangan edi. Dastlabki vaqtlarda sifat analizi ba`zi tabiiy birikmalarni xususiyatlariga qarab aniqlashdan iborat bo`lgan edi. Miqdoriy analiz esa avval tekshirish san`ati deb ataluvchi shaklda paydo bo`ldi, bu yo`l bilan oltin va kumush kabi qimmatbaho metallarning tozaligi (probasi) aniqlanardi. Bu usullar umuman olganda, ana shu metallarni ishlab chiqarishda boradigan asosiy jarayonlarni takrorlashdan iborat edi.
Analitik kimyo fan sifatida XVII asrning o`rtalaridan boshlab rivojlana boshladi.
Robert Boyl’ (1627-1691) murakkab moddalarning kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan tarkibiy qismi-kimyoviy element haqidagi tushunchani fanga kiritgandan keyin rivojlana boshladi. U o`zigacha ma`lum bo`lgan sifat reaksiyalarining hammasini tartibga soldi va o`zi bir necha reaksiyalarni tavsiya qilib, «ho`l usul» bilan qilinadigan analizga asos soldi. Jumladan u birinchi marta kislota va asoslarni aniqlashda «indikator» sifatida ishlatiladigan «lakmus» va o`simliklardan olinadigan ba`zi bo`yoqlardan foydalandi. U «Kimyoviy analiz», «element» terminini ham kiritgan edi. U HCl ni aniqlash uchun AgNO3, mis tuzlarini aniqlash uchun esa ortiqcha miqdorda ammiak ishlatdi va hokazo.
XVIII asrda eritmalardan metallarni (kationlarni) guruhlari bilan ajratish usuli T. Bergman (1735-1784) tomonidan joriy qilindi. Bu esa sifat analizi taraqqiyotida katta yutuq bo`ldi va sistemali analiz qilish usuliga asos solindi.
Sifat analizining boshqa metodi, chunonchi mikrokristalloskopik analiz XVIII asrda Rossiyada M. V. Lomonosov (1711-1765) va ayniqsa T. E. Lovits (1757- 1804)ning ilmiy ishlari tufayli vujudga keldi. Lovits adsorbtsiya hodisasini ham ochdi. Lomonosov 1744 yilda birinchi bo`lib sifat analizida mikroskop qo`lladi va kristallarning shakliga qarab analiz qilinayotgan modda tarkibi haqida xulosa chiqardi. Lomonosov o`z ishlarida fil’trlash, cho`ktirish, quritish va cho`kmalarni tortish ishlarini bajardi. Lomonosov analitik kimyoni taraqqiy qildira borib, 1756 yilda modda massasining saqlanish qonuni isbotladi.
Lavuaz’e (1743-1794) kislorod analizi asosida kislorod bilan yonish nazariyasini ishlab chiqdi va elementlarning miqdoriy nisbatlari bo`yicha bir necha kimyoviy analiz seriyasini, murakkab anorganik moddalarda ishlab chiqdi. SHu asosida organik moddalarning element analizi asoslarini yaratdi. U birinchi bo`lib havo va suvning miqdoriy tarkibini aniqladi.



Download 2,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 2,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analitik kimyoning qisqacha tarixiy taraqqiyoti

Download 2,53 Mb.