|
Kimyoviy analizning bosqichlari
|
bet | 4/21 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,53 Mb. | | #245092 |
Bog'liq Anionlarning sinflanishiKimyoviy analizning bosqichlari. Kimyoviy analiz murakkab va ko`p bosqichli jarayon bo`lib, o`z ichiga vazifaning qo`yilishi, analiz usuli va sxemasini tanlash, namuna olish, uni analizga tayyorlash, analizni bajarish, natijalarni matematik statistik qayta ishlash, ularni taqdim etish va saqlash bosqichlarini oladi. Analizdan kutilgan oxirgi natija moddaning miqdori, tasdiqlanishi yoki tuzilishi bilan bog’liq.
Keyingi yillarda sifat analizida kislota-ishqorli metod qo`llanilmoqda. Bu metod bo`yicha klassifikatsiyalashda kationlar 6 ta analitik guruhga bo`linadi.
I-guruh-K+ , Na+ , NH4 + . Guruh reagenti yo`q.
II-guruh-Ba +2 , Sr+2 , Ca+2 . Guruh reagenti suyultirilgan H2SO4 yoki SO4 -2 ioni. Bu guruh kationlarining hammasi SO4 -2 bilan cho`kma hosil qiladi.
III-guruh- Al+3 , Cr+3 , Cr+6 , Zn+2 , As+3 , As+5 , Sn+2 , Sn+4 . Guruh reagenti ishqor eritmalari. Hosil bo`lgan cho`kmalar ortiqcha ishqorda eriydi.
IV-guruh- Mn+2 , Mg+2 , Bi+3 , Fe+2 , Fe+3 , Sb(III),(V). Guruh reagenti ishqor eritmalari. Hosil bo`lgan cho`kmalar III-guruh kationlaridan farqli ravishda ortiqcha ishqorda erimaydi.
V-guruh- Ñu+2 , Co+2 , Ni+2 , Hg+2 , Cd+2 . Guruh reagenti ishqor eritmalari. Hosil bo`lgan cho`kmalar ortiqcha miqdor NH4OH da eriydi va kompleks birikmalar hosil qiladi.
VI-guruh- Àg+ , Hg2 +2 , Pb+2 . Guruh reagenti suyultirilgan HCl.
Mavzu: Anionlarning analitik guruhlarga sinflanishi. I-III analitik guruh anionlari.
Reja:
1. I-II-III guruh anionlariga umumiy xarakteristika.
2. Gruppa reagentlarining ta‘siri.
Miqdоriy tahlilning vazifasi va tahlil usullari
Hajmiy tahlil haqida tushuncha
|
| |