Tayanch iboralar: Anionlar, guruhlar, guruh reagenti, rangli cho’kmalar. Permanganatometriya, bromatometriyada, standart ishchi eritma, yodometriya, matometriya, analitik taroz, alkalimetriya.
1.Anionlarni guruhlarga bo`lish reaktivlarning turli hil ta`siriga asoslangan. Reaktivlar sifatida bariy, stronsiy, magniy, kalsiy, kumush qo`rg`oshin va boshqa metallarning tuzlarini eritmalari, kislotalar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ishlatiladi. Bu reaktivlar anionlar bilan gaz moddalar, cho`kmalar va o`ziga xos rangli birikmalar hosil qiladi.
I – guruh anionlarigaSO42-, SO32-, S2O32-, CO32-, PO43, SiO32-lar kiradi. Bu guruh anionlari bariy kationi bilan neytral yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda suvda erimaydigan, lekin suyultirilgan mineral kislotalarda eriydigan ( BaSO4 dan tashqari ) tuzlarni hosil qiladi.
II – guruh anionlariga Cl-, Br-, J-, S2- lar kiradi. Bu guruh anionlari kumush nitrat eritmasi bilan nitrat kislota ishtirokida suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlarni hosil qiladi.
III- guruh anionlarigaNO3-, CH3COO-, NO2- lar kiradi.Ularning bariyli va kumushli tuzlari suvda eriydi.
Anionlarning analitik guruhlarga bo`linishi
I – analitik guruh anionlari: SO42-, SO32-, S2O32-, CO32-, PO43, SiO32- ga
|