|
Kirish. Hozirgi kun va kelajak taraqqiyoti O`zbekistonda. Asosiy qism
|
bet | 5/12 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 158,54 Kb. | | #268469 |
Bog'liq Mashinali o‘qitish uchun kerakli instrumental vositalarPython dasturlash tili tahlili.
Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan
boshlangan.
Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o'ziga xosligi
Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun
qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot.
Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani
boshqarishni hisobga olish shart emas.
Ko'plab platformalarda hech qanday o'zgartirishlarsiz ishlay oladi.
Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq
ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu
qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi.
Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega.
xml/html fayllar bilan ishlash
http so`rovlari bilan ishlash
GUI(grafik interfeys)
Web ssenariy tuzish
FTP bilan ishlash
Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
Robot texnikada
Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash
Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo`q,
imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan programmalash tillari orasida eng yaxshisidir
Python tili sintaksisi, asosiy operatorlari.
Python tili sintaksisi o`zi kabi sodda
Satr oxiri instruksiyaning oxiri hisoblanadi (nuqta vergul shart emas)
Har bir qator boshidagi bo`sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilgan
amallar bo`sh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bo`sh joy
istalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy bir
xil bo`lishi kerak. Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi
mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga
to`rtta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak.
Pythonga kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki
nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi.
Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi.
|
| |