1-ma'ruza: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari




Download 149.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana31.03.2023
Hajmi149.66 Kb.
#47928
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)

1-ma'ruza: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. 
Asosiy tushuncha va ta’riflar. Ma’lumotlar bazasi konsepsiyalari


ma'lumotlar turini o'zgartirganda, programmalarni o'zgartirish talab etilmasligi 
lozim. 
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror 
programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda 
ma'lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so'zini 
ma'lumot so'zidan farqlaymiz, Ya'ni axborot so'zini umumiy tushuncha sifatida 
qabul qilib, ma'lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini 
nazarda tutamiz. Ma'lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli 
belgilar bo'yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez 
olishga intiladi. 
Ma'lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy 
vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo'lishi mumkin. 
Ma'lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma'lumotlar bazasini yaratish, 
uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini 
ta'minlovchi maxsus dasturiy vosita, Ya'ni ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi 
yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Ma'lumotlar bazasi - EHM xotirasiga yozilgan ma'lum bir strukturaga ega, o'zaro 
bog'langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo'lib, u biror bir ob'ektning 
xususiyatini, holatini yoki ob'ektlar o'rtasidagi munosabatni ma'lum ma'noda 
ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma'lumotlarni saqlash va 
ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. 
Ma'lumki ma'lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta 
hajmdagi ish bo'lib ko'p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi 
ma'lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo'lishi, birinchidan foydalanuvchiga 
ma'lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma'lumotlarni 
tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma'lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi 
qulayliklarni tug'diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, 
ma'lumotlardan turli ko'rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli 
ko'rinishdagi ma'lumotlardan zamonaviy kompbyuterlarda birgalikda foydalanish 



va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompbyuterlarda saqlanadigan MB 
maxsus formatga ega bo'lgan muayyan tuzilmali fayl bo'lib, undagi ma'lumotlar 
o'zaro bog'langan va tartiblangandir. 
Demak, ma'lumotlar bazasi deganda ma'lum bir strukturada saqlanadigan 
ma'lumotlar to'plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma'lum 
berilgan aniq bir strukturaga ega bo'lgan ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi maxsus 
formatga ega bo'lgan fayldir. Ma'lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki 
ma'lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB 
ma'lum bir ob'ekt sohasini ifodalaydi va uning ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, 
ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma'lumotlarni qayta ishlashda undan 
foydalanish imkonini yaratib beradi. 

Download 149.66 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 149.66 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  1-ma'ruza: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

Download 149.66 Kb.
Pdf ko'rish