• 1-mavzu. Malumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari
  • Tayanch sozlar
  • Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lum bir predmet sohasiga oid




    Download 149.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/8
    Sana31.03.2023
    Hajmi149.66 Kb.
    #47928
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-mavzu
    Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
    Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lum bir predmet sohasiga oid 
    tizimlashtirilgan ma'lumotlarning nomlangan to'plamidir. 
    Ma'lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo'lib 
    hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini 
    engillashtirish maqsadida ma'lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. 
    Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat 
    vositalarining murakkab majmuasi bo'lib, ular yordamida foydalanuvchi 
    ma'lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma'lumotlar ustida ish yuritishi 
    mumkin. 
    1-mavzu. Ma'lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari 
    Reja 
    1. Ma'lumotlar bazasi haqida tushuncha.
    2. Ma'lumotlar bazasining asosiy terminlari.
    3. Ma'lumotlar bazasiga qo 'yiladigan talablar.
    4. Avtomatlashgan axborot tizimlari.
    Tayanch so'zlar: tizilmalashtirish, baza, texnologiya. 



    Hozirgi kunda inson faoliyatida ma'lumotlar bazasi (MB) kerakli 
    axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o'ynamoqda. 
    Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o'zimizga kerakli 
    ma'lumotlarni olish uchun MBga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Demak, MBni 
    tashkil qilish axborot texnologiyalarining eng dolzarb hal qilinadigan 
    muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. 
    Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarini tobora ortib 
    borishi, ma'lumotlarning tez o'zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma'lumotlarni 
    o'z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga 
    undamoqda. Ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, 
    so'ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo'lib qolmoqda. Moliya, 
    ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa sohalarni ma'lumotlar bazasisiz tasavvur 
    qilib bo'lmaydi. 
    Ma'lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma'lumotlardan turli 
    ko'rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma'lumotlarini shunday 
    tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o'rinli bo'lardi. Har 
    bir yangi masalani hal qilishda ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol 
    yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. 
    Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob'ektlari haqidagi 
    ma'lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma'noda ma'lumotlar bazasi - bu 
    qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob'ektlari haqidagi 
    ma'lumotlar to'plamidir. 

    Download 149.66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 149.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lum bir predmet sohasiga oid

    Download 149.66 Kb.
    Pdf ko'rish