I.BOB. GEOGRAFIK XARITALARNING ELEMENTLAR




Download 75,76 Kb.
bet2/8
Sana13.05.2024
Hajmi75,76 Kb.
#229246
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografik xaritalar ing tematik belgilari44

I.BOB. GEOGRAFIK XARITALARNING ELEMENTLAR
1.1.Xaritaning tashqi ko’rinishi, ramkalari va komponovkasi
Xaritaga insoniyatni zaruriyati insoniyat paydo bo’la boshlaganda, ya’ni ibtidoiy jamoadan boshlangan. Bu vaqtda odamlar territoriyani o’rganish va yodda saqlash maqsadida tosh ustida joyni turli xil tasvirini chizib qoldirgan. Insoniyat jamiyatini taraqqiy etishi bilan birgalikda geografik xaritalar ham taraqqiy etgan. Joyning tosh ustidagi oddiy chizmasidan, to hozirgi murakkab va aniq xarita orasida, insoniyatni butun asrlar davomida qilgan ilm, fan texnika va geografik kashfiyotlari yotadi. Hozirgi davr xaritalari chuqur mazmunga ega bo’lib, murakkab elementlardan iborat. Ular yer yuzida, havoda va kosmosda olib boriladigan bir qator ishlarning ayrilmas qismi hisoblanadi. Masalan: geologiya qidiruv ishlarini, dengiz navigasiyasi, ob-havoni oldindan aytib berish, agrotexnika va meliorasiya ishlarini xaritasiz olib borish mumkin emas. Ayniqsa, xaritasiz geograf, qalamsiz shoirga o’xshab ketadi. Geograf, Yer yuzasidagi tabiiy, ijtimoiy hodisalar va uning jarayonlarini xarita yordamida o’rganadi va xaritalar tuzadi. O’qituvchi uchun xarita asosiy dars quroli hisoblanadi. Shuning uchun har bir mutaxassis xaritani chuqur har tomonlama mukammal bilishi kerak2.
Geografik xaritalarning xususiyati, mazmuni, ularning tuzish uslublari, amalda ishlatilishi va takomillashtirish taraqqiy etishi kartografiya fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Kartografiya tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning joylashishini va ular o’rtasidagi o’zaro borliqligini, hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o’tishi bilan o’zgarishini, maxsus tasvir-obrazli belgi modellar vositasida matematik yo’l bilan tekislikda kichraytirib generalizasiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni o’rgatuvchi fandir. Kartografiya qadimiy fanlardan biridir, bu fan to’g’risidagi dastlabki ta’rifni miloddan oldingi 2 asr ilgari yashagan ulug’ olim Klavdiya Ptolomey tomonidan berilgan desa bo’ladi. U geografiya fanining vazifasi Yer yuzasini kartografik jihatdan tasvirlashdan iboratdir degan edi. Vaqt o’tishi bilan kartografiya fanining ta’rifi ham o’zgarib takomillasha bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya-geografik xaritalar to’g’risidagi fan deb, uning asosiy vazifasi geografik xaritalarni tuzish va undan foydalanish yo’llarini o’rgatishdan iborat deb kelingan. «Xarita» atamasi o’rta asrlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Bu atama lotincha «chartes» so’zidan olinib papirus qog’oz varog’i degan tushunchani bildiradi. Hozirgi vaqtda «xarita» atamasi dunyoning turli davlatlar tillarida ishlatilib kelinmoqda. Masalan, fransuzcha carte, nemischa-Karte, italiyancha va portugalcha-carta, gollandcha kaart va hokazolar. Shu bilan bir qatorda bu atama o’rniga, bir qancha mamlakatlarda boshqa atama bilan, ya’ni «marra» so’zining ishlatib polotnani bir bo’lagi degan ma’noni bildiradi. Masalan, inglizlar-map deb ataydilar. Ba’zi mamlakatlarda ikkala atama ham ishlatilib kelinmoqda. Masalan, inglizlar «chart» so’zini dengiz va aeronavigasiya xaritalarida ishlatiladilar, ispanlar «carta» atamasini plan, dengiz xaritalarida ishlatadilar.
Ba’zi manbalarda xarita - Yer yuzasini tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb yuritilib kelingan. Haqiqatdan ham geografik xaritalar matematik yo’l bilan hisoblash natijasida Yer ellipsoidini tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida vujudga keladi. Yuqorida aytilganidek, xaritalarda voqea va hodisalar maxsus belgi-obrazli modellar yordamida tasvirlanadi. Tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning miqdorini, sifatini, joylashgan o’rnini va boshqa xususiyatlarini xaritaga qarab bilish mumkin. Lekin xaritaning maqsadiga, masshtabiga va ishlatilishiga qarab tasvirlanayotgan tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, ya’ni generalizasiya qilingan holda tasvirlanadi. Kartografik3 tasvir geografik xaritaning asosiy qismi bo’lib, tasvirlanayotgan hududning tabiiy va sosial-iqtisodiy jihatlarini, voqea va hodisalarning geografik joylanish xususiyatlarini, ularning o’zaro bog’liqligi va xatto o’zgarishini bashorat qilish imkoniyatiga ham egadir. Xarita, okean va dengizda suzishda, havoda uchishda, turistik sayohatlarda va harbiy sohada asosiy yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi.
Xarita xalq xo’jaligimizni rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni loyihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to’g’ri taqsimlashda va hududlarni har taraflama rivojlantirishda foydalaniladigan asosiy manbalardan biridir. Nixoyat, geografik xarita o’quvchilarga geografiya va tarix fanlarini o’rganishda asosiy ko’rgazmali bilim manbaidir. Kartografiya fani ko’pgina fanlar bilan, chunonchi geografiya, geodeziya, topografiya, matematika, geoinformatika, statistika fanlari bilan uzviy bog’langandir. Kartografiya, o’z navbatida bir necha mustaqil qismlarga bo’linadi: xaritashunoslik, kartometriya, matematik kartografiya, xaritalarni chizish va jixozlash, xaritalarni tuzish va taxrir qilish, xaritalarni nashr qilish, xaritalarni modellashtirish, kartografik menejment va boshqalar. Kartografiya kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib o’tgan tarixiy taraqqiyot yo’li, xaritalar va boshqa kartografik tasvirlarning tiplarini va xillarini, xaritadan foydalanish usullarini, har xil kartografik asarlarni taxlil qilish usullaridan baxs yuritadi. Oxirgi vaqtlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq Yer tasvirini umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni o’rganuvchi fan geoikonika tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida ayniqsa televedeniyada, gazeta va jurnallarda xaritadan keng foydalanil-moqda, bu esa ko’rsatuvlarning mazmuni, sifati va ko’rgazmaliligini oshishiga sabab bo’lmoqda. Natijada televezion kartografiya shakllanmoqda. Mustaqillikdan so’ng mamlakatimizda kartografiya ham boshqa sohalar qatori o’z rivojini topmoqda. O’tgan yigirma ikki yil ichida Respublikaning 1:1 000 000 lik masshtabli ekologik xaritasi, iqtisodiy xaritasi va bir qancha O’zbekiston o’quv xaritalari chop etildi. 1999 yilda respublikamiz Prezidentini farmoyishi bilan O’zbekiston geografik atlasi yaratildi. Unda respublikamizdagi bo’lgan katta iqtisodiy o’zgarishlar o’z ifodasini topgan. 2000-2001 yillarda 7, 8, 9-sinflar uchun O’zbekistonning va xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiy o’quv geografik atlaslari yaratildi. Respublikamizda boshqa fanlar qatori, kartografiya ham rivojlanib bormoqda. Respublikamizda kartografiyaning rivojlanishida O’zbekiston Milliy universitetining «Geodeziya va kartografiya» kafedrasining xizmati katta. Respublikamizda bir qancha loyihalashtirish institutlari tomonidan nashr qilingan, qishloq xo’jalik va bir qancha boshqa tasviriy xaritalarning nashr qilinishi, sohalar bo’yicha kartografiyaning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda kartografiyaning qishloq xo’jalik sohasi ma’lum darajada rivojlanmoqda, ayniqsa paxtachilik bo’yicha original xaritalar tuzilmoqda4.



Download 75,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 75,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB. GEOGRAFIK XARITALARNING ELEMENTLAR

Download 75,76 Kb.