|
O’zbekistonda kartografiya va uni rivojlantirish istiqbollar
|
bet | 7/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 75,76 Kb. | | #229246 |
Bog'liq geografik xaritalar ing tematik belgilari442.3.O’zbekistonda kartografiya va uni rivojlantirish istiqbollar
Boshqa fanlar qatori O’zbekiston kartografiyasi ham o’z tarixiga ega. Dunyo kartografiyasining rivojida ajdodlarimiz Xorazmiy, Beruniy, Maxmud Qoshg’ariy, Xofizi Abdu, Mirzo Ulug’bek va boshqalar qoldirgan ilmiy meros hozirgi kunda ham muhim ahamiyatga ega. Allomalarimiz boshlagan ilmiy izlanishlar o’z natijalarini bermoqda. Hozirgi vaqtda O’zbekiston hududi yirik masshtabli topografik, obzor topografik va obzor xaritalar bilan to’liq ta’minlangan. Bu xaritalar turli xil loyihalash ishlarida, harbiy sohalarda har xil mavzuli xarita va atlaslar tuzishda asosiy kartografik manba bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekistonda kartografiya sohasidagi asosiy ishlar oktyabr to’ntarilishidan so’ngi davrda, aniqrog’i 2-jahon urushidan so’ng boshlandi desa bo’ladi. Lekin unga qadar ham respublikamiz hududining ko’pchillik qismi yirik masshtabli, topografik xaritalar bilan ta’minlangan edi. Shu bilan bir qatorda maktablar uchun o’quv tabiiy geografik xaritalari ham chop etilgan. Respublikamiz hududi sobiq Ittifoqda chop etilgan yirik kartografik atlaslarda ham o’z aksini topgan. Ba’zi ekspedisiyalarning materiallari asosida ham O’zbekiston hududining mavzuli xaritalari tuzilgan bo’lib, ulardan ilmiy hamda amaliy sohalarda foydalanilgan. Ikkinchi jahon urushidan so’nggi datlabki yillarda ko’proq, o’quv xaritalar tuzib nashr qilishga katta e’tibor berilgan edi. 1960 yillardan boshlab sohalar bo’yicha mavzuli xaritalar tuzishga kirishildi. 1961 yilda Respublika qishloq xo’jalik vazirligiga qarashli «O’zdavyerloyiha» (O’zbekiston davlat yer loyihalash instituti) ning kartografiya fabrikasida 1:1 000 000 masshtabli O’zbekistonni qishloq xo’jaligi xaritasi chop etilib, mavzuli xaritalar nashr qilishni boshlab berdi. 1963-65 yillarda yana o’sha institut xodimlari tomonidan respublikamizning 21 ta devoriy xaritalari (geologiya, geomorfologiya, landshaft, tuproq, geobotaniqa, 64 gidrografiya, aholi, qishloq xo’jalik, paxtachilik, chorvachilik, sel va qor ko’chkilari, yaylov, transport xaritalari va boshqalar) chop etildi va O’zbekiston bu sohada ham boshqa mamlakatlardan ilgarilab ketdi.. 1963 yili respublikamizning birinchi ilmiy ma’lumotnomali atlasi O’zbekiston atlasi chop etildi (Atlas bosh muharriri professor L.N.Babushkin). Atlasda respublikamizning tabiiy sharoiti va resuruslari to’liq, o’z aksini topgan, natijada butun O’zbekiston va ayrim hududlarining tabiiy sharoiti va resurslarini o’rganish va unda tasvirlangan tabiiy hodisalarning dinamikasi, rivojlanish jarayoni to’g’risida ma’lumotlar olish imkoniyati tug’ildi15. Yuqorida aytib o’tganimizdek, atlasda asosan respublikamizning tabiiy sharoiti va resurslari aks ettirilgan, ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar berilmaganligi uchun uni respublikaning tabiiy geografik atlasi desa ham bo’ladi. Atlas xaritalari orasida original ilmiy va amaliy ahamiyati katta xaritalar juda ko’p. Shunday xaritalardan «Les va lyosli jinslarni cho’qishi», «Artezian havzalarni, mineral va termal suvlar», «Agroiqlim xaritasi», «Gidrografiya» xaritasi va boshqalarni aytib o’tish zarur. 1980-1981 yillari Toshkent Davlat universitetinig (hozirgi O’zMU) geodeziya va kartografiya kafedrasi xodimlari geograflar bilan hamkorlikda sobiq O’rta Osiyo respublikalari ichida birinchi bo’lib o’zbek va rus tillarida respublikamizning o’quv geografik atlasini yaratdilar (bosh muharrir T. Mirzaliyev). Mazkur atlas (asosiy xaritalar masshtabi 1:3,5 mln. va 1:5 mln.) umumta’lim maktablarida o’quvchilarning o’z respublikasining siyosiy-ma’muriy bo’linishini, tabiatini, aholisini, xo’jaligini, madaniyatini o’rganishlari uchun mo’ljallangandir. 1983-85 yillarda Respublika hukumatining maxsus qarori bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasining Geografiya bo’limi xodimlari va respublika olimlari ishtirokida 2 jilddan iborat yirik geografik ilmiy-ma’lumotnomali kompleks atlas (bosh muharrir prof. Z. Akromov va ma’sul muharrirlar: T. Mirzaliyev va A. Rafikov) tuzilib chop etildi. Bu fundamental asar 300 dan ortiq xaritani o’z ichiga olgan. Atlas tuzishda 30 dan 65 ortiq tashkilotlar va 150 tadan ko’proq mualliflar ishtirok etgan. Atlasda respublikamizni tabiiy sharoitiga va resurslariga, aholisiga, xujaligiga, fani va madaniyatiga kartografik usulda yetarli darajada ma’lumot berilgan. 1984 yilda Toshkent shahrining (o’sha davr ma’lumotlariga ko’ra) 2500 yillik yubileyiga bag’ashlangan «Toshkent shaharini geografik atlasi» yaratildi. Atlasda shahar va shahar atrofining tabiiy sharoiti, aholisi, sanoati, qishloq xo’jaligi, transporti madaniyati va tarixi to’liq o’z aksini topgan. 1984 yili «O’zdavyerloyiha» kartografik fabrikasi tomonidan chop etilgan «O’zbekiston agrosanoat kompleksining albomi», respublikamizning qishloq xo’jaligi va agrosanoati to’g’risida har taraflama ma’lumot bera oladigan asardir. Shu bilan birga respublikada aerokosmik manbalardan foydalanib xaritalar tuzishga kirishilib «Priroda» (Moskvadagi Butunittifok, institutining Toshkentdagi filiali) instituti tomonidan O’zbekiston va O’rta Osiyodagi boshqa respublikalar uchun har xil masshtabdagi tabiiy geografik sohalar bo’yicha o’rta masshtabli mavzuli xaritalar tuzilib chop etildi. Respublikada kartografiya fanining ilmiy va o’quv-uslubiy sohalariga bag’ishlangan ilmiy asarlar yaratildi. Masalan, «O’zbekistonda kompleks va tematik kartografiya» (1987), «O’zbekistonda atlas kartografiyasi» (1990), «Kosmos xalq xizmatida» (1987) va boshqa monografiyalar,o’quv qo’llanmalar: «Topografiya asoslari» (1964 y.), «Topografiya va kartografiya asoslari», «Geografik xaritalardan foydalanish» va boshqalar shular jumlasidandir. Respublika kartografiyasining rivojlanishida mamlakatimizda olib borilgan ilmiytadqiqot ishlarining ahamiyati kattadir. Bu sohada O’zbekistonda yashab ijod qilgan kartograf olimlarni (landshaft va gidrologik kartografiyada) Ch.V. Galkov, (iqlim xaritalar bo’yicha) Ye.G. Brodskiylarning xizmatlarini eslab o’tish o’rinlidir. Respublika16 kartografiyasining rivojlanishida, ayniqsa atlas kartografiyasini rivojlantirishda, respublika ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyasining shakllanib, taraqqiy etishida qo’llanma muallifi (T. Mirzaliyev)ning xizmatlari ham emas. Mamlakatimizda paxtachilik kartografiyasini yaratishda A.Egamberdiyev, agrosanoat 66 majmunini xaritaga tushirishda A. Bozorboyev, tabiatni muxofaza qilish sohasini kartografiyalashda J.Koraboyev, aholini hududiy joylashishini o’rganishda kosmik suratlardan foydalanish bo’yicha L. Gulomovaning ilmiy ishlari diqqagga sazovordir. Kartografiyaning eng muhim sohalari bo’lgan baholash va bashorat qilish kartografiyasining shakllanishida T.Koraboyevaning xizmatlari bor. Respublika aholi kartografiyasini yaratishda J. Nazirov, tibbiyot-geografik xaritalarini yaratishda Sh. Muxiddinovning, tuproq kartografiyasini rivojlanishida aerokosmik suratlardan foydalanish bo’yicha X. Murodovning, qishloq xo’jaligida yirik va o’rta masshtabli xaritalardan foydalanish bo’yicha darslik mualliflaridan I.Musayev va meliorativ kartografiya sohasini shakllanishida E. Safarovlarning xizmatlari aytib o’tish o’rinlidir. Respublikamiz mustaqil bo’lganidan so’ng Toshkent kartografiya fabrikasi mamlakatimiz o’rta maktab o’quvchilarini xarita va atlaslar bilan ta’minlashni o’z zimmasiga olib 1:1 000 000 lik masshtab-li «O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi», «Tabiiy geografik» xarita, «Iqtisodiy» xarita, «Iqlim» xaritasi, «Aholi» xaritasi, O’zbekistonning yozuvsiz va 1:1 000 000 lik masshtabli xaritalar tizmini va boshqa xaritalarni chop etib, respublikamiz maktablarining xaritaga bo’lgan ehtiyojlarini ma’lum darajada ta’minlamoqda. 1992 yili O’zRFA Geografiya bo’limi tomonidan chop etilgan «O’zbekistonning ekologik xaritasi» bu sohadagi yirik kartografik asardir, undan mamlakatimiz ekologiyasi bilan bog’liq bo’lgan muammolarni xal etishda foydalanib kelinmoqda. Yuqorida aytib o’tilgan va tilga olinmagan kartografik ishlarni ijobiy baholash bilan bir qatorda kelajakda respublikamiz kartograflari va geograflari oldida turgan dolzarb muammolar va o’z yechimini kutayotganini aytib o’tish zarur.
XULOSA
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimiz tabiiy sharoiti va resurslarini o’rganish, tabiatini muxofaza qilish, xalq xo’jaligiga taalluqli bir qancha xaritalar chop etilib, ulardan amaliyotda keng foydalanilmoqda. Mamlaktimiz geografiyasini o’rganishda 1999 yili Respublika Vazirlar maxkamasining maxsus farmoni bilan «O’zbekistonni geografik atlasi» chop etildi (bosh muharrir professor T. Mirzaliyev). Shu 67 bilan bir qatorda Toshkent kartografiya fabrikasi tomonidan 8 va 9-sinflar uchun o’quv geografik atlaslar bosilib chiqdi, bu esa o’quv kartografiyasiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Lekin mamlakatimizning tabiiy resurslari, ya’ni yer osti boyliklariga, ekologiyasiga hamda sosial-iqtisodiy muammolariga tegishli bo’lgan zaruriy mavzuli xaritalar chop etilganicha yo’q. Shu bois, respublikamiz kartografiyasi oldida katta muammolar turibdi:
1. Sobiq Ittifoq davrida chop etilgan xarita va atlaslarda respublikamiz yer osti boyliklari va ularni zaxiralari tuliq; o’z aksini topgan emas. Shuning uchun Vatanimizning tabiiy boyliklarini yetarli darajada aks ettiruvchi xaritalarni yaratishimiz zarur. Masalan, O’zbekistondagi yoqilgi-energetika resurslari (neft va gaz zahiralari va ularning qazib chiqarilishi, qayta ishlanishi, sifati, yirik gaz va neft quvurlari, ko’mir zahiralari va qazib chiqarilishi, gidroenergetika resurslari, yoqilg’i va suv bilan ishlaydigan elektrostansiyalar) ning hozirgi zamoy talabiga mos xaritalarini yaratiish zarur, shunda keng ommaga bu boyliklar to’g’risida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda chet el sarmoyadorlarini bu sohadan to’laroq xabardor qilgan bo’lamiz.
2. Respublikamiz qishloq xo’jaligida yangi tipdagi xo’jaliklar va korxonalar vujudga kelmoqda. Natijada yerdan foydalanish jarayoni ham o’zgarmoqda. Yerdan foydalanish va soliq solish siyosatini yuritish uchun respublikamizda Yerlarni kadastrlash jarayoni olib borilmoqda. Yerlarni kadastrlash va xaritaga tushirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb masalalarni xal qilish zarur. Bu sohada O’zbekiston Vazirlar maxkamasining 1996 yil 31 yanvar qarori aloxida o’rin tutadi. Shu munosabat bilan oldingi «O’zgeodeziya» tashkiloti "O’zgeodezkadastr" ga aylantirildi. Bundan buyon bu tashkilot geodeziya va kartografiya bilan bir vaqtda yer kadastri va uni xaritaga tushirish bilan ham shug’ullanadigan bo’ldi. Shu munosabat bilan kartograflar oldida turgan muammolardan biri Yerlarni kadastrlash va har xil masshtabdagi xo’jalik, tuman va viloyat Yer kadastr xaritalarini yaratishdan iboratdir.
3. Mamlakatimizda ekin maydonlarining strukturasining o’zgarishi (paxta yakkaxokimligiga chek qo’yilib, g’alla, sabzavot, kartoshka va boshqa ekin 68 maydonlarining kengayishi) qishloq xo’jalik maqsadlari uchun yangi tipdagi sifat va miqdor ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi, yerdan foydalanish va yerning meliorativ holatini yaxshilash chora tadbirlarini ko’rsatadigan, yerlarni ma’lum maqsadlar uchun baxolaydigan va bashorat qilinadigan xaritalar tuzishni vaqt takozo qilmoqda.
4. Mamlakatimizda shirkat, dexqon xo’jaliklari va fermerlik harakati rivojlanib bormoqda, yangi-yangi qo’shma korxonalar tuzilmoqda. Lekin bular respublikamiz xaritalarida aks etganicha yo’q. Bunday xaritalarni yaratish va chop etish kartografiyani asosiy dolzarb vazifalaridan biridir.
5. Respublikamizdagi demografik jarayonlar hamma vaqt ham xaritalarda to’liqo’z aksini topmayotir. Ilgarilari bu sohaga oid ko’pgina ma’lumotlarni xaritada tasvirlash imkoniyati yo’q edi. Endi mustaqillik sharoitida demografik jarayonlarni aks ettiruvchi xaritalarni chop etish xuquqiga egamiz. Shuning uchun O’zbekistondagi demografik jarayonlarning o’ziga xosligini hisobga oladigan, demografik muammolarni o’zida aks ettiradigan xaritalar seriyasini va respublikaning Aholishunoslik atlasini yaratish va chop etish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.
6. Respublikamizdagi oliy va o’rta maktablar, akademik lisey va kollejlar uchun zarur bo’lgan xaritahamda atlaslarning turini va sifatini tubdan yaxshilash zarur. Bizningcha, bu borada birinchi navbatda «O’zbekistonning o’quv tarixiy atlasi» ni, respublikaning «Kompleks o’quv geografik atlasi» ni, devoriy tarixiy va geografik xaritalar seriyasini yaratish va chop etish zarur. Shuningdek, respublikamizda umumta’lim maktablari uchun qabul qilingan o’quv dasturi asosida MDX davlatlari va xorijiy mamlakatlarning o’quv atlaslarini chop etish vaqti keldi
7. Respublikamizda geodeziya, kartografiya kadastri sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashda tayanch o’quv maskanlariga moddiy-texnikaviy bazasini yaxshilash, uni bitirib chiqayotgan iqtidorli yoshlarni aspiranturada o’qitib, sohaning ilmiy saloxiyatini mustaxkamlash zarur. Endilikda ko’p boskichli ta’lim tizimini joriy etgan holda uning saviyasini jahon andozalariga yetkazish, respublika xalq xo’jaligi tarmoqlarining kartograflarga bo’lgan talabini o’rganish asosida mutaxassislar tayyorlashni avj oldirish zarur.
8. Hozirgi vaqtda kompyuterlashtirish barcha sohalarga keng kirib kelmoqda. Respublika kartografiya tashkilotlarida bu borada sezilarli ish olib borilmoqda. Lekin xaritalarni tuzish va nashr qilish ishlarini avtomatlashtirish va kerakli ma’lumotlar bankini yaratish hamda ulardan foydalanishni yo’lga qo’yish sohasi juda sekin bormoqda. Bu sohani rivojlantirish kerak.
9. Mamlakatimiz xalq xujaligi uchun zarur bo’lgan har xil sohalar bo’yicha baholash, bashorat qilish va tezkor (operativ) xaritalarni yaratish va tuzish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini boshlab yuborish zarur. Buning uchun chet el kartografiyasi bilan bog’lanib, yosh iqtidorli yoshlarni kartografiyasi rivojlangan mamlakatlarga yuborish kerak. 10. Respublikamizda o’quv yurtlarida (geografiya fakultetlarda, harbiy oliy o’quv yurtlarda, maktablarda) ishlatilayotgan har xil masshtabdagi o’quv topografik xaritalar o’rniga respublikamiz landshaftini tasvirlovchi har xil masshtabli o’quv topografik xaritalarini yaratish zarur. 11. Respublika oliy o’quv yurtlarida kartograf mutaxassislar uchun кartografiyadan va uning sohalari bo’yicha darsliklar va o’quv qo’llanmalar chop etilish kerak.
|
| |