Geografik xaritalardagi yozuvlar va geografik nomlarning yozilishi, elementlari, mazmuni va tasnifi




Download 75,76 Kb.
bet3/8
Sana13.05.2024
Hajmi75,76 Kb.
#229246
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografik xaritalar ing tematik belgilari44

1.2.Geografik xaritalardagi yozuvlar va geografik nomlarning yozilishi, elementlari, mazmuni va tasnifi
Hozirgi vaqtda geografik xaritalar ma’ruza vaqtida va amaliy mashg’urlotlarda ko’rgazmali qurol bo’libgina qolmasdan, balki geografik voqea hodisalarning tarqalishini ko’rsatuvchi, ularni sifat va miqdor ko’rsatkichlarda tasvirlovchi bilim manbai hamdir. Geografik kitoblar singari xaritalar ham geografik bilimlarni o’rgatadi. Kitoblarda Yer yuzasi so’z bilan tasvirlansa, xaritada obrazli-belgilar voqeylikning modelini ko’rsatadi. Lekin uni tushunib yetish uchun xaritani bilish, tushunish kerak. Bu tushunchalar maktabdan boshlanadi. Xaritani bilish deganda obrazlibelgi yordamida obyektlarning qayerda joylashganini bilish kifoya qilmaydi. Uni bilish uchun xaritani tuzish, o’qish, tushunish, kartografik model tasavvuriga ega bo’lmoq zarur. Xaritani o’qish va tushunish deganda xaritadagi voqea va jarayonlarni o’zaro bog’langan, lekin mazmun jihatdan bir-biridan farq qiluvchi belgilarini bilamiz. Xaritada tasvirlangan voqea-hodisalarni shartli belgilar yordamida o’qish degani xarita mazmunini to’liq tushunib yetadi, degan gap emas. Buning uchun xarita mazmuni to’g’risida ma’lum darajada nazariy geografik ma’lumotga ega bo’lmoq kerak. Masalan, Surxondaryo vodiysi tasvirlangan tabiiy-geografik xaritalardan, uni shimol tomoni torlar bilan o’ralganligi, mamlakatimizning janubiy kengligida joylashganligi, suv obyektlarning mavjudligini (Surxondaryo, Sherobod daryo, Janubiy Surxon suv ombori va Sherobod kanali), qish kunlari qisqa , yillik foydali harorat miqdori juda ham yuqori bo’lishini u yerda ingichka tolali paxta yetishtirish mumkinligini tasavvur qilsa bo’ladi. Xaritani o’qish deganda kartografik belgi-modellar orqali tasvir ma’nosini tushunish demakdir. Shartli belgilar orqali joylari aniqlandi. Shuning uchun o’quvchilarga xaritani o’qishga o’rganishdan oldin, ular ekskursiyalarga olib chiqiladi, relyef va ularning elementlari, tor, yassi tor, tepalik, yonbag’ir, vodiy, uzanlar va ularning xaritada tasvirlanishini tushuntirish zarur. Xaritada tasvirlangan voqea-hodisalarni alohida emas, balki ularning o’zaro borliqligini, birbiriga ta’sirini bilib olish shart. Xaritani o’qiy oladigan kishi xaritada tasvirlangan hududda nimalar borligini biladi xalos. Xaritani tushungan kishi esa, tasvirlangan voqea va hodisalarni izohlab, har tomonlama ta’riflab, o’zaro bog’liqliklarini ayta oladi. O’qish va tushunish bir-biriga bog’liq. Xaritani o’qishni bilmasa, uni tushunib bo’lmaydi. Ammo xaritani tushunmasdan o’qiy olsa bo’ladi. «Xaritani bilish» tushunchasi yuqorida ta’kidlaganimizdek, tushunishdangina iborat bo’lmasdan, xaritaning tayyorlanishini ham o’z ichiga oladi. Shuning uchun 5-sinf geografiyasida oddiy topografik plan olish usullari o’rgatiladi, chunki mayda masshtabli geografik xaritalarning asosini yirik masshtabli topografik xaritalar tashkil qilinishini o’quvchilar tushunishlari zarur.
Geografik xarita tuzish va undan to’la foydalanish uchun uning xususiyatlarini bilish zarur. Shuning uchun ham xarita tuzishda va undan foydalanishda taxliliy yo’ldan foydalaniladi. Xaritaning har bir elementi alohida o’rganilishi, bu elementlarning vazifasi, ahamiyati va ular orasidagi o’zaro bog’liqlikni bilish kerak. Kartografik tasvir geografik xaritaning negizidir, unda tabiiy va sosial-iqtisodiy voqea va hodisalar to’g’risida yetarli darajada ma’lumot berilib, ularning tarqalishini, holatini, o’zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma’lumotlar geografik xaritaning asosini tashkil qiladi. Xaritaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topgan. Masalan, umum geografik xaritaning mazmunini quyidagi elementlar tashkil qiladi: suv obyektlari, yer yuzasining relyefi, usimliklar qoplami va tuproq, aholi yashaydigan joylar, aloqa yo’llari va aloqa vositalari, sanoat, qishloq xo’jaligi, madaniy obyektlar va ma’muriy chegaralar. Geografik elementlar hamma xaritalarda bir xilda mukammal tasvirlanmaydi. Masalan, biron mavzuga bag’ishlangan xaritada uning mazmunga mos hududda georgafik elementlar tanlanadi. Misol uchun tuproqlar xaritasiga aloqa yo’llari va aholi vositalari, relyef xaritalari uchun aloqa yo’llari va aholi yashaydigan joylarning hammasi tasvirlanishi shart emas. Lekin xaritaning mazmuni va maqsadiga, tasvirlanayotgan elementlarning ahamiyatiga qarab ba’zi bir geografik elementlarning hamma mavzuli xaritalarda bo’lishi shart. Masalan, O’rta Osiyoga tegishli mavzuli xaritalarda gidrografik obyektlarni ahamiyati katta bo’lgani uchun imkoni boricha to’laroq ko’rsatiladi. Chunki suv obyektlari (gidrografiya) mavzuli xaritalarning boshqa elementlarini birbiriga bog’lovchi zarur elementdir. Xaritani geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to’g’ri bo’lishi xaritaning matematik asosiga bog’liq. Matematik asos o’z navbatida bir qancha elementlardan tashkil topgan. Masalan, proyeksiya va koordinata to’ri, masshtab hamda geodezik asos (triangulyasiya, poligonometrik va nivelirlash shaxobchalari) va komponovka. Hamma xaritalar kartografik proyeksiyalar asosida tuziladi va Yer ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog’ozga tushirish yo’llarini ko’rsatib beradi. Kartografik to’r (geografik kenglik va geografik uzoqlik) esa geografik elementlarning yer yuzasidagi o’rnini tasvirlaydi. Lekin ba’zi bir xaritalarda kartografik to’r berilmasligi ham mumkin. Masalan, Geografik atlasda faqat siyosiy-ma’muriy va tabiiy xaritalarda berilsa yetarlidir. Chunki ba’zi bir tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo’lsa, kartografik to’r ko’rsatilsa xaritaning o’quvchanligi qiyinlashadi, yoki xaritada  va  larni aniqlash ishlari ko’zda tutilmagan bo’lishi mumkin. Ba’zan xaritaning maxfiyligi ham e’tiborga olinadi. Xaritaning mazmunini o’qish uchun asosiy qurol bo’lib hisoblanadi. Legenda xaritadagi tasvirlanilayotgan voqea va hodisalarning hammasini o’z ichiga olishi kerak. Xaritaning legendasi aniq, mantiqli hamda qisqa bo’lishi zarur. To’g’ri tuzilgan legenda xaritadan to’g’ri va oson foydalanish imkoniyatini tug’diradi. Xaritaning nomi, muallif va muharrirlarning (redaktorlarning) familiyalari, nashr qilingan vaqti, qaysi manbalar asosida tuzilganligi, nashriyot manzili, chop qilingan joy nomi va boshqalar ham xaritaning yordamchi elementlariga kiradi5. Xaritalardagi ochiq joylardan (ramkaning ichidagi va tashqarisidagi) mukammal foydalanish maqsadida asosiy xaritaga qo’shimcha ravishda, qirqim xaritalar (virezka), grafiklar, profillar, diagrammalar, blokdiagrammalar va tablisalar beriladi, bu esa xaritani yanada mukammallashtiradi. Bularning hammasi xaritaning qo’shimcha elementlarini tashkil qiladi.

Download 75,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 75,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik xaritalardagi yozuvlar va geografik nomlarning yozilishi, elementlari, mazmuni va tasnifi

Download 75,76 Kb.