Kirish I. Bob. Geografik xaritalarning elementlar




Download 75,76 Kb.
bet4/8
Sana13.05.2024
Hajmi75,76 Kb.
#229246
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografik xaritalar ing tematik belgilari44

1.3.Asosiy tematik xaritalar
Mamlakatimizda nashr qilinayotgan tematik xaritalarning mazmunlari ham, ishlatilishi ham, har xil, shulardan ayrimlari bilan tanishamiz. Geologik xaritalar asosan yirik masshtabli bevosita dalada tuzilgan xaritalar asosida tuziladi. Geologik xaritalar geografik xaritalarga o’xshab umumgeologik va geologiya sohalari bo’yicha tuzilgan xaritalarga bo’linib tasvirlanadi. Ularda ma’lum bir territoriyaning geologik tuzilishi to’g’risida, ya’ni yoshi, rografik tarkibi, tog’ jinslarini joylanishi va tuzilishi to’g’risida ma’lumot beradi. Geologik xaritalarda qo’shimcha harflar, raqamlar bilan boshqa ko’rsatgichlar ham beriladi. Tektonik yoriqlar, uzilmalar, surilmalar esa chiziqli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin. Seysmik xaritalarda belgilar usuli ishlatilib, zilzila episentrlarining o’rnini: izoliniya bilan seysmik rayonlashtirilgan territoriyalari tasvirlanadi. Sobik SSSRda yirik geologik-kartografik asarlar nashr qilingan bo’lib, ulardan 1:2500000 masshtabdagi sobiq SSSRning davlat geologik xaritasi (1965-yil). Lenin ordeni mukofotiga sazovor bo’lgan. 1966-yilda sobiq SSSR ning 1:5000000 mln masshtabdagi tektonik xaritasi nashr qilinib, unda O’zbekiston geologiyasi ham mavjud edi. Iqlim xaritalarining o’ziga xos xususiyati bo’lib, ular oylik meteorologik ma’lumotlar va agro iqlim ma’lumotlari orqali kameral holatda tuziladi. Masalan: qishloq xo’jaligida, qurilishda har xil navigasiya ishlarida foydalaniladi. Tuproq xaritalari – dexqonchilik bilan bog’liq bo’lib, ular qishloq xo’jaligi va ilmiy tashkilotlar uchun har xil masshtablarda tuziladi. Jamoat xo’jaliklar uchun 1:10000 va 1:25000 masshtablarda tuzilib, ba’zi joylarda 1:5000 masshtabda ham beriladi. O’simlik xaritalari – ba’zan geobotaniq xaritalar ham deb yuritilib, territoriya bo’yicha o’simlikning tarqalishi sifatli rang usulida beriladi. O’simlik turlari tarqalishi areallarda ham tasvirlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda chorvachilik uchun, tabiiy o’simliklardan foydalanishni yaxshilash maqsadida, yaylovchilik xaritalari tuzilib, yaylov hosildorligi, o’simlikning turi, to’yimliligi va foydalanish vaqtlari ko’rsatilmoqda. O’rmon xaritalari - o’simliklar kartografiyasidan alohida ajralib turib, unda o’rmoning, zichligi, yo’g’onligi ishlatilishi bo’yicha bo’linib tasvirlanmoqda6. Qishloq xo’jalik xaritalari – iqtisodiy kartografiyadagi eng rivojlangan soha bo’lib, tuzish usullari ham yaxshi ishlab chiqilgan. Ular 2 ma’noda tuziladi. Birinchidan qishloq xo’jalik ekinlarining tarqalishi, hosildorligi, yalpi mahsulotlari aks etsa, ikkinchidan rejalashtirish tashkilotlari uchun xaritalar tuzilmoqda. Aholi xaritalari – so’ngi yillarda mehnat resurslarini hisobga olish va ulardan unumli foydalanish maqsadida, aholi xaritalari tuzilmoqda. Aholi xaritalarida aholining millliy tarkibi, savodxonligi, migrasiyasi va ba’zan diniy etiqodlari ham ko’rsatilmoqda. Aholini xaritaga tushirishda ko’proq belgilar usuli, areallar, kartogramma usullari qo’llaniladi. Aholi geografiyasining rivojlanishi natijasida aholishunoslik kartografiyasi vujudga kelmoqda. Xalq maorifi xaritalari – bu sohani xaritaga tushirish so’ng yillarda yo’lga qo’yilib, O’zbekistonda nashr qilingan regional kompleks atlaslarda bir necha xil mazmunda berilmoqda: Geografik xaritada berilishi lozim bo’lgan hamma narsa-xaritaning ramkasi, tasvirlanayotgan territoriya, ochiq qolgan joylarda beriladigan virezka (qirqim) xaritalar, legenda, qo’shimcha diagramma, sxema, profil va grafiklar, tekstlar, xarita mazmunini boyitishga, o’qishni osonlashtirishga yordam beruvchi boshqa qo’shimchalar, xaritaning nomi va boshqalar xaritaning komponovkasi deyiladi. Xaritalar komponovkasi tayyorlanayotganda, texnik sharoiti, estetik holati, xarita mazmunini to’g’ri aks ettirishga qaratilgan barcha talablar e’tiborga olinishi kerak. Xaritalarning komponovkasini tuzishda faqat bizga kerak bo’lgan territoriyagina emas, uning atrof territoriyalari tasvirlanmay qolsa (ayniqsa tabiiy xaritalarda), tabiiy geografik bog’liqlik buzilib qoladi. Masalan, O’rta Osiyoning tabiiy xaritasida janubiy chegaralarimizga qo’shni territoriyalar tasvirlanmasa, Tyanshan, Pomir-Oloy tog’ tizmalari. Kopedtog’ tog’lari, Amu, Tajan, Murg’ob va Artek daryolari to’liq ko’rinmay, qirqilib ko’rinadi. Shuning uchun ba’zi xaritalarda ko’proq joy egallansa ham, chegaradagi obyektlar tasvirlanadi. Ba’zan xaritaning ramkasi tasvirlanayotgan territoriyasini chegaralab qo’yib, xaritaning umumiy mazmuniga putur yetkazadi.



Download 75,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 75,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish I. Bob. Geografik xaritalarning elementlar

Download 75,76 Kb.