Kartografik materiallar deb xarita tuzish jarayonida foydalanilash




Download 75,76 Kb.
bet6/8
Sana13.05.2024
Hajmi75,76 Kb.
#229246
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografik xaritalar ing tematik belgilari44

2.2.Kartografik materiallar deb xarita tuzish jarayonida foydalanilash
Hozirgi zamonda geografik xaritalar har xil territoriya uchun, har xil mazmun, maqsad va har xil masshtablarda tuziladi. Masalan: bir territoriyani tasvir etuvchi geografik xaritaning bir necha mazmundagi xillari bo’lishi mumkin: bunga O’zbekistoning tabiiy geografik xaritasi, iqlim xaritasi misol bo’la oladi. Bu xaritalarning hammasida territoriya o’zgarmas ham mazmuni va maqsadi har xildir. Ayni shu xaritalarni uzi har xil masshtabda tuzilishi mumkin. Bundan ma’lum bo’ladiki, birgina territoriya uchun juda ko’p turli-xil geografik xaritalar tuzish mumkin. Agar dunyo miqyosida tuziladigan xaritalarni hisobga olsak, unda sanoqsiz xaritalar bor ekanligiga guvoh bo’lamiz. Albatta har bir xarita o’z nomiga ega. Masalan:
1. Dunyo tabiiy geografik xaritasi.
2. Dunyo siyosiy xaritasi.
3. Yarim sharlar xaritasi.
4. Davlatlar, qit’alar, respublikalar, viloyatlar xaritalari.
5. Topografik xaritalar va hokazo.
Bundan tashqari, bir qator xaritalarga ularni mazmuniga yoki masshtabiga qarab nom beriladi. Masalan: O’zbekiston tuproq xaritasi, yoki O’zbekistonni 1: 1000 000, 1: 250 000 masshtabli xaritalari va hakozolar.
Kartografik materiallar deb xarita tuzish jarayonida foydalaniladigan barcha manbalarga aytiladi. Xaritalar tuzish jarayoni ilgari olib borilgan geodezik, topografik, geografik, iqtisodiy va boshqa ishlap natijasidan maksimal foydatanishga asoslangan.
KARTOGRAFIK MATERIALLAR UCH GURUHGA BO’LINADI:
1. Asosiy guruh, - bunga eng ishonchli va aniq materiallar sifatida to-pografik xaritalar kiradi.
2. Qo’shimcha guruh - bunga asosiy materiallarda berilmagan yoki ularda yetarli darajada ifodalanmagan, qo’shimcha ma’lumot olinadigan materiatlar kiradi.
3. Yordamchi guruh - bunga ma’lumotlar, rasmlar, chizmalar va boshqa yordamchi materiallar kiradi.
Materiallardan foydalanishni tartibga solish va mamlakatda olib boriladigan geodezik, topografik va kartografik ishlar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari Geodeziya, kartografiya va Davlat kadastri qo’mitasi (Yergeodezkadastr) tarkibidagi Davlat geodezik nazorat inspeksiyasi faoliyat olib bormoqda. Bu qo’mita tarkibiga Markaziy kartografikgeodezik fond bilan joylardagi qo’mita vakillari kiradi. Topografik s’yomkalar va xaritalar tuzish bilan shug’ullanadigan hamma tashkilotlar o’zlari bajargan topografik, astronomik, gravimetrik, triangulyasiya, poligonometriya, nivelirlash va xarita tuzish ishlarini Davlat geodezik nazorat inspeksiyasiga topshiradi. Shunday qilib, bu boshqarmada hamma materiallar to’planadi va ulardan kelajakda xaritalar tuzish va maxsus ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Xarita tuzishdan oldin turli kartografik materiallarni to’plab, xaritasi tuziladigan tuman har tomonlama o’rganiladi13. Materiallarni o’rganishdagi eng mas’uliyatli ish asosiy kartografik materiallarni tanlash va uni taxlil qilishdir. Xaritalar va kartografik materiallarni baholashdagi eng muhim mezon kartografik tasvirlash haqiqiy holat bilan mosligidir. Kartografik tasvir mazmuni bo’yicha to’liq, harakteri bo’yicha zamonaviy va davlat geodezik tarmog’i punktlariga nisbatan obyektlar joylashishi eng aniqbo’lishi kerak. Asosiy kartografik materiallardan tashqari, qo’shimcha va yordamchi materiallar ham jalb qilinadi. Ishni boshlashdan oldin hamma kerakli materiallar yig’ilgan bo’lishi kerak. To’plangan kartografik materiallarni o’rganishda va ularni taxlil qilishda varaq nomenklaturasi va uning proyeksiyasi ko’rsatiladi. Xaritalarda daryo, ko’l va ularning qirg’oqlarini, umuman, gidrografiya tarmoqlarini to’g’ri tushirilganligi haqida xulosa chiqariladi. Kartografik materiallarda relyefning qanday usulda tasvirlangani, aholi yashaydigan punktlarning joylashishining to’g’riligi ko’rsatiladi. Davlat chegaralari bilan ichki chegaralar tekshiriladi. Yo’l tarmoqlarini gidrografiya va relyef bilan bog’lanishi o’rganiladi. Kartografik materiallar bo’yicha ulardagi hamma obyektlarni o’rganib bo’lgach, joyda dala tekshirivini ham o’tkazish mumkin. Bu tekshirish tuman xususiyatini to’la ko’rsatish imkoniyatini beradi.
Xaritalarni tuzishda har xil miqdor ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bunday miqdor ko’rsatkichlar asosan statistik ma’lumotlar bo’lib, birorta hududga tegishli bo’ladi. Voqea va hodisalar miqdor ko’rsatkichlar bilan tasvirlanganda ba’zan shkalalardan foydalaniladi. Shkalalarni tanlashda tuzilayotgan xaritani mazmuniga, ishlatilayotgan usulga, statistik ma’lumotlarga, xaritaning maqsadiga va tasvirlanayotgan hududga e’tibor beriladi. Shkalalar pogonali bo’lib, birorta joyga yoki maydonga tegishli bo’lishi mumkin. Har ikkalasida ham pogonalar orasidagi farq har xil bo’ladi. Masalan, aholi xaritalarida aholi yashaydigan joylarni aholisining soniga qarab shkala tanlanadi. O’zbekistonni iqtisodiyijtimoiy atlasidagi (2000) «Aholi xaritasi»da shaharlarni tasvirlashda ishlatilgan pog’onali shkala o’rinli foydalanilgan, ya’ni aholisi 2 mln.dan ortiq, shahar-qishloqlar aholisi 300000-400000, 200000-300000, 100000-200000, 50000-100000 va 50000 mingdan kam aholi yashaydigan joylar. Bu shkalada respublika shaharlarini aholisining soni e’tiborga olingan. Lekin aholi zichligini ko’rsatishda ishlatilgan kartogrammalardagi pog’onali shkalani to’g’ri tuzilgan deb bo’lmaydi, chunki 1 km.kv. ga 500 dan ortiq kishi to’g’ri keladi degan shkalaga Farg’ona va Andijon viloyatlari kiritilgan. Bu noto’g’ri. Undan tashqari, Toshkent viloyatini tog’li hududlari 1 km.kv.ga 100-200 kishi to’g’ri keladigan shkalada tasvirlanib noto’g’ri ko’rsatilgan. O’zbekistonning geografik atlasidagi (1999) xuddi shunday xarita, ya’ni Aholi xaritasida shaharlarni tasvirlash uchun qabul qilingan shkalani ham to’g’ri deb bo’lmaydi. Chunki bu yerdagi shkalada 2 mln.dan ortiq kishi, so’ng 100 000 dan 500 000 gacha bo’lgan aholi yashaydigan joylar deb ko’rsatilganda, yirik shaharlar Namangan, Samarqand, Andijon va Buxoro aholisi soni jihatidan ulardan ancha kichik bo’lgan Jizzax, Termiz, Navoiy shaharlari bilan bir shkalaga kiritilgan, natijada pog’onalar orasidagi farq katta bo’lganligi sababli yirik shaharlar deyarlik ko’zga tashlanmaydi. Kartogramma bilan tasvirlanadigan voqea va hodisalar shkalalar soni yettitadan oshib ketsa, o’qilishi qiyin bo’ladi.
Shuning uchun tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning mazmuniga va tarqalish xususiyatiga qarab shkalalar pogonasini to’g’ri tanlash kerak. Masalan O’zbekiston geografik atlasidagi Paxtachilik xaritasida paxta hosildorligini ko’rsatuvchi kartogrammada tanlangan shkala ancha o’rinli chiqqan. Shu bilan birga shkalalar tanlanganda statistik ma’lumotlarning bir yilligi olinganda shu soha to’g’risida to’liq ma’lumot olish qiyin, shuning uchun ko’p yillik ma’lumot olib, ularning o’rtachasi qabul qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Buni Paxtachilik xaritasida ko’rish mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, shkalalar orasidagi farq (interval) imkoni boricha bir xilda bo’lsa, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni o’qib tushunish va taqqoslash imkoniyati oshadi. Natijada tasvirlanayotgan voqea-hodisalarning tarqalish qonuniyatlarini aniqlash imkoniyati oshadi. Shkalalar orasidagi farqlar iloji boricha kasr sonlar bo’lmaslgi kerak14.

Download 75,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 75,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kartografik materiallar deb xarita tuzish jarayonida foydalanilash

Download 75,76 Kb.