• 3.10-rasm.Yorug‘lik filtridan o‘tayotgan yorug‘lik oqimining o`tishi
  • -rasm.Yorug‘lik filtri yordamida susaytish va filtrning o‘tkazuvchanlik koeffitsienti hisoblash umumiy ko`rinishi




    Download 80,52 Kb.
    bet18/21
    Sana23.01.2024
    Hajmi80,52 Kb.
    #143669
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uni-fayllar.org

    3.9-rasm.Yorug‘lik filtri yordamida susaytish va filtrning o‘tkazuvchanlik koeffitsienti hisoblash umumiy ko`rinishi
    Yorug‘lik filtrlarining vazifasi ikki turdan iborat:

    1.Kerakli to‘lqin uzunlikni ajratib berish. 2.Atom nurlanish spektrini intensivligi juda katta qiymatga ega bo‘lib, eksperimental qurilma imkoniyatidan yuqori bo‘lsa (masalan, spektr potensiometr yordamida qayd qilinsa) uni yorug‘lik filtri yordamida susaytiriladi va filtrning o‘tkazuvchanlik koeffitsienti hisoblanib, o‘z xoliga keltiriladi.Yorug‘lik filtrining asosiy xarakteristikalaridan biri uning o‘tkazuvchanlik koeffitsienti hisoblanadi (3.10-rasm). (1)



    3.10-rasm.Yorug‘lik filtridan o‘tayotgan yorug‘lik oqimining o`tishi
    Yorug‘lik filtridan o‘tayotgan yorug‘lik oqimining yorug‘lik filtriga tushayotgan yorug‘lik oqimiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka yorug‘lik filtrining o‘tkazuvchanlik koeffitsienti deyiladi.Amaliyotda yorug‘lik filtrining o‘tkazuvchanlik koeffitsienti o‘rniga uning optik zichlik deb nomlanuvchi kattalik ishlatiladi.

    Ya’ni (2)


    Agar eksperimental tajriba davomida bir nechta yorug‘lik filtri ishlatilsa va yorug‘lik filtridan qisman bo‘lsada yorug‘likning qaytishini e’tiborga olmasak, u xolda natijalovchi optik zichlik barcha filtrlardan o‘tgan optik zichliklar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
    Ya’ni (3)
    Yorug‘lik filtrlari o‘zlarining xossalariga qarab bir nechta turga bo‘linadi:
    1.Tajriba o‘tkazilayotgan optik diapazonda (ya’ni, oraligida) yorug‘lik filtrining optik zichligi filtrga tushayotgan yorug‘lik nurining to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmasa, bunday yorug‘lik filtrlari neytral yorug‘lik filtrlari deyiladi.
    2.Agar yorug‘lik filtrining optik zichligi filtrga tushayotgan yorug‘lik nurining to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lsa, bunday yorug‘lik filtrlari selektiv yorug‘lik filtrlari deyiladi. (bir nechta to‘lqin uzunliklarini o‘tkazadi, ya’ni keng spektral oraligidagi ni o‘tkazadi). Ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinadigan optik diapazon uchun alyumin yoki platina kukunidan foydalanib yorug‘lik filtrlari yasaladi. (yuqori temperaturada alyumin yoki platina kukunlari shisha plastinka sirtiga o‘ta yupqa qalinlikda purkaladi. Plyonka qalinligi plastinka sirti bo‘yicha bir xil bo‘lishi lozim).
    Nazariya bo‘yicha neytral yorug‘lik filtrlari filtrga tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Lekin amaliyotda yorug‘lik filtrlari ideal bo‘lmaganligi uchun qisman nazariyadan chetga chiqish kuzatiladi. Ushbu qonuniyat shakl-3 da ifodalangan (3.11-rasm).


    Download 80,52 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 80,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm.Yorug‘lik filtri yordamida susaytish va filtrning o‘tkazuvchanlik koeffitsienti hisoblash umumiy ko`rinishi

    Download 80,52 Kb.