Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi




Download 80.52 Kb.
bet1/21
Sana23.01.2024
Hajmi80.52 Kb.
#143669
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uni-fayllar.org
O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosati va uning asosiy yo`nalishlari.TIF Tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati., 11-MA’RUZA. Normal shakllar. Mukammal normal shakllar. Rostlik jadvali bo‘yicha mantiq funksiyalarining ko‘rinishini tiklash(2 soat)., 72H-20I Saloxiddinov Muhammadrizo, Meyoriy hujjatlar Muhammadqulov A, Everyday life, x22WnJIc1Kd1UyDHiL5I2Ca3Hfi1V4qKOcI67pU9, 1-мавзу слайд умумий психология, 1-мавзу слайд, Soliq deklaratsiyasi, biocrossword, 2.Ochiq dars ishlanma Bozorova G, Mavzu Ona tilidan tarqatma materiallar tayyorlash-fayllar.org, 2- ma�ruza mavzu Magnit maydonda o�tkazgichlar. Amper va Lorens, Umida, 1

Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi

KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Keyingi yillarda turmushimizning barcha sohalari qatori ilm-fan va ta’lim sohasiga ham katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 14-yanvar martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hamda 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori ham bu sohadagi amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan dasturda o‘rta maxsus hamda Oliy ta’limi muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar jumladan o`quv-ilmiy laborotoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlash nazarda tutilgan. Shuni inobatga olgan holda yuqoridagi qarorlarning ijrosi sifatida hozirgi zamon fizikasining dolzarb yo‘nalishlariga bag’ishlangan ushbu magistrlik ishi tayyorlandi. Ma’lumki, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri fundamental fanlar yo‘nalishidagi ixtiro va yangi ishlanmalarni amaliyotga imkoniyat darajada joriy qilishdan iborat. Bu esa o’z navbatida fundamental fanlarning rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Zamonaviy optikaviy q`urilmalari hamda lazerlarning ixtiro qilinishi va kogerent nurlanishning amaliyotga qo’llanilishi fan bilan amaliyot orasidagi o’zaro uzviylikning integratsiyasion namunasi bo’la oladi. Hozirgi vaqtda fan va texnikadagi ba’zi sohalarni optik spectral q`urilma va lazersiz tasavvur etib bo’lmaydi. Mazkur hollar o’z navbatida lazerlarning ilmiy asoslarini yanada rivojlanishini talab etilmoqda. Ishlab chiqarishning samarali rivoji borgan sari sodda hamda ishonchli asboblarni yaratmoqda. Bunday talablarga lazer texnologiyasi javob beradi. Haqiqatdan ham bir-biriga o’xshamagan fan sohalarida lazerlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda,jumladan, ular optik aloqa, qishloq xo’jaligi sohasidagi, jarayonlarni nazorat qilish, radikallar kimyosi, Gologrfiya, tibbiyot 1izotoplarni ajratish, integral sxemalarni tayyorlash hamda sanoatda payvandlash va hokazolardir.
Mazkur sohalar o‘z navbatida lazerlarga taalluqli ilmiy tadqiqot ishlarini keskin rivojlantirishni taqozo etmoqda.2Kvant elektronikasi hozirgi zamon fizikasini elektromagnit to’lqinlarni majburiy nurlanish vositasida yuzaga keltirish generatsiyalash hamda ularni kuchaytirish usullarini o’rganuvchi muhim qismi hisoblanadi. Bunda optik kvant kuchaytirgichlar va generatorlarning xususiyatlari hamda ularning turli maqsadlarda qo’lanilish vositalari o’rganiladi. Optik kvant generatorlar (OKG)-lazerlarning, yuqori energiyaga ega bo’lishi lazer nurining ajoyib xususiyatlari namoyon bo’lishi bilan bog’liqdir. Kvant generatorlarining yorug’lik nurlari chiqaruvchilari optik kvant generator yoki lazer nomini olgan. Lazer so’zi inglizcha “Light amplification by stimulated emission of radiation” so’zlarining bosh harflaridan tuzilgan qisqartirilgan nom bo’lib majburiy nurlanish vositasida yorug’lik nurlanishini kuchaytirish, degan ma’noni bildiradi.Nemis fizik olimi A.Eynshteyn 1916-yili kvant tushunchalari asosida yorug’likning yutilishi yoki nurlanishi biror energetik holatga o’tishda majburiy nurlanish jarayoni bo’lishi mumkinligi tog’risida o’zining fikrini aytib, emperik formula tavsiya etadi. A.Eynshteyn taxminiga ko’ra atomning uyg’ongan holatdan asosiy holatga o’tishida nur chiqarishi ikki usul bilan, o’z-o’zidan va majburiy nurlanish vositasida yuz berishi mumkin. Yorug’lik nurlari uchun majburiy nurlanish o‘z-o‘zidan nurlanishga nisbatan juda kuchsiz bo’lgani uchun uni asosiy nurlanishdan deyarli ajratib bo’lmaydi.

Download 80.52 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 80.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi

Download 80.52 Kb.