|
Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
|
bet | 8/21 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 80,52 Kb. | | #143669 |
Bog'liq Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uni-fayllar.org1.3-rasmdagi 6-prizmaning o‘rniga difraksion panjara ishlatilsa, bu qurilma difraksion panjarali spektral qurilma deyiladi. Prizmali va difraksion panjarali spektral qurilmalarning amaliyotdagi ahamiyati, ularning farqi, afzalliklari hamda asosiy xarakteristikalari bo‘lgan chiziqli va burchakli dispersiyasi, ajrata olish qobiliyati to‘g‘risida to‘la ma’lumot beriladi.Optik tadqiqotlar, ya’ni elektromagnit to‘lqin nurlanishlarining muhit atom yoki molekulalari bilan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonlaridagi sodir bo‘ladigan fizik hodisalarni qayd qilib, tadqiq qilishda katta ahamiyatga ega. Optik tadqiqotlar olib boriladigan spektral qurilma bazasida yaratilgan eksperimental qurilma bilan tanishamiz (1.4-rasm).
1.4-rasm- difrasiyon panjarali spektral qurilmalaning optik sxemasi.
Eksperimental qurilmaning tarkibidagi elementlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Yorug‘lik manbaidan kelayotgan nurlanishning intensivligi yuqori bo‘lishi, qutblangan bo‘lishi xamda monoxromatik bo‘lishi lozim. Bunday shartlarni bajaradigan yorug‘lik manbai – OKG, ya’ni optik kvant generatorlari-lazerlar.
Linzalar sistemasi bo‘lib kondensirlar deb ataladi. Yorug‘lik manbaidan kelayotgan yorug‘lik energiyasini to‘plab muhitga yetkazib beradi. Linzalar sistemasi bo‘lishiga sabab linzalarda kuzatiladigan kamchiliklar – abberatsiyalarni minimumga tushirishdan iborat.
Polyarizator (qutblantirgich) bo‘lib, lazer nuri qutblangan bo‘lishiga qaramasdan to‘la qutblanishni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Analizator bo‘lib, uni optik o‘qi atrofida 3-polyarizatorning optik o‘qiga nisbatan aylantirish natijasida intensivlikning parallel yoki perpendikulyar tashkil etuvchilarini ajratib olishni ta’minlaydi.
yoki plastinkalar. Ularning vazifasi eksperimental tajribani maqsadiga qarab elleptik yoki doiraviy qutblangan nurlarni olishdan iborat.
O‘rganilayotgan muhit.
Yig‘uvchi linzalardan tashkil topgan kondensir bo‘lib, ma’lumotlarni 9-spektral qurilmaga uzatib beradi.
Spektral qurilmaning kirish tirqichi. Tirqich kengligi odatda 0,1-0,4 mm ni tashkil qilib, aniqligi 0,001 mm dandir.Nazariyaga asosan eksperimental tajriba davomida spektral qurilmaning tirqich kengligi quyidagi formula bilan xisoblanib, shu kenglikda ochilishi lozim, ya’ni , bu yerdagi
- manbadan kelayotgan yorug‘lik nurlanishini to‘lqin uzunligi;
- spektral qurilma tarkibidagi kondensirni fokus masofasi;
- spektral qurilmani kirish kolematorining diametri.
Ushbu formula asosida tirqichning normal kengligini hisoblasak, juda kichik son chiqadi. Amalda foydalaniladigan tirqich kengligi normal kenglikdan ancha katta bo‘ladi.
1-Yorug‘lik manbai, 8-spektral qurilmaning tirqichi hamda ular orasidagi barcha elementlar bitta optik o‘qqa joylashtirilishi lozim. Bunga yustirovka deyiladi
9 - difraksion panjarali spektral qurilma.
10 – spektral qurilmaning chiqish tirqichi.
11- fotoko‘paytirgich.(FEU). FEU tanlash manbadan kelayotgan yorug‘lik nurining to‘lqin uzunligiga nisbatan sezgirligi yuqori bo‘lishi kerak.
12- kuchaytirgich (vazifasi tushuntiriladi).
13- spektr intensivligining chastotaga bog‘lanish qonuniyatini qayd qiluvchi qurilma (EHM yoki potensiometr).
a) eksperimental tajribadan olingan spektrlarni tahlil qilib, olinadigan natijalar to‘g‘risida ma’lumot beriladi. b) yuqorida intensivlik tushunchasi ishlatildi. Intensivlik va ularning turlari (absolyut, nisbiy va integral) to‘g‘risida to‘la ma’lumot beriladi. Spektral qurilmalarning dispersiyalovchi qismini turlariga va xususiyatlariga qarab turli xil optik diapazonda ishlovchi spektral qurilmalarga bo‘linadi. - uzoq ultra binafsha to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan optik diapazonda ishlovchi spektral qurilmalar. - yaqin ultra binafsha to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan optik diapazonda ishlovchi spektral qurilmalar, - ko‘rinadigan spektr chegarasida ishlovchi spektral qurilmalar. Ko‘zni ko‘rish sezgirligini aks ettiruvchi taqsimot 1.5-rasmda berilgan.
|
| |