|
-rasm Ultrabiafsha sohasida nurlanish intinsivligi taqsimoti
|
bet | 11/21 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 80,52 Kb. | | #143669 |
Bog'liq Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uni-fayllar.org1.8-rasm Ultrabiafsha sohasida nurlanish intinsivligi taqsimoti
Vodorod lampasi bu kamchilikni to‘ldiradi. To‘lqin uzunligi 5000-dan to 1650 A0 uzluksiz spektrga ega.
1.9-rasm Ultrabiafsha soha uchun uzluksiz manba
Bu elektr yoyi kamchiligi stabil emas va elektrodlar tez tomom bo‘ladi.
Yuqori bosimga ega bo‘lgan boshqa gazlardgi razryad xisobiga UB sohada nurlanish olish mumkin.
2.2- §. Yorug‘lik manbalari yordamida chiziqli va uzluksiz spektrlarni qayd qilish.
Optik tadqiqotlarda o‘zidan elektromagnit to‘lqin nurlanishi tarqatadigan yorug‘lik manbalari katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning turlari xilma-xildir. Yorug‘lik manbalarining kundalik turmushimizdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.Yorug‘lik manb alarining ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Yoritilganlikning stilba o‘lchov birl igini qanday tasavvur qilamiz? Ma’lumki, manbaning yorug‘lik kuchining birligi sham hisoblanadi. Texnik birligi esa kandella (kd). Ular orasida quyidagi bog‘lanish mavjud: 1sham=1,005 kd. Agar 1sm2 yuzaga 1kd yorug‘lik kuchi tushsa u xolda uning yoritilganligi 1st=1kd/sm2 ga teng bo‘ladi.
Jadval-2
№
|
Manba turi
|
Yoritilganlik (stilba)
|
Spektr turi
|
Spektral tarkibi
|
1
|
Neon lampasi
|
0,1- ,2
|
chiziqli
|
Ko‘zga ko‘rinadigan optik diapazonda
|
2
|
Quyi bosimli simob lampa
|
2-3
|
chiziqli
|
Ko‘zga ko‘rinadigan optik diapazonda
|
3
|
Cho‘g‘lanma lampa
|
200
|
uzluksiz
|
400-700 m
|
4
|
Qora jism (T=2300 K)
|
300
|
Uzluksiz
|
Infraqizil optik diapazonda
|
5
|
Volfram cho‘g‘lanma lampa
|
500
|
Uzluksiz
|
500 nm dan boshlab infraqizil optik diapazonda
|
6
|
Yuqori bosimli simob lampa
|
120000
|
Chiziqli
|
280-700 nm
|
7
|
O‘ta yuqori bosimli gazli lampa
|
250000
|
Chiziqli
|
280-700 nm
|
8
|
OKG –lazer
|
Optik zichligi juda yuqori
|
Chiziqli
|
Barcha optik diapazonda
|
Jadvaldagi yoritilganlikning qiymatini tasavvur qilish uchun tungi oysiz samoni yoritilganligiga solishtirish orqali bilish mumkin, ya’ni tungi oy chiqmagan vaqtdagi samoning yoritilganligi 10-8 st ga teng. (ushbu qiymat jadvaldagi qiymatlar bilan solishtiriladi).
Optik tadqiqotlarda yorug‘lik manbalariga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
Yorug‘lik manbalarining yoritilganligi (intensivligi) iloji boricha yuqori bo‘lishi lozim.
Elektromagnit to‘lqin nurlanishi tarkibi chiziqli spektrdan tashkil topishi.
Yorug‘lik nurlanishi monoxromatik bo‘lishi.
Yorug‘lik nurlanishi qutblangan bo‘lishi.
Eksperimental tajriba o‘tkazilishi jarayonida yorug‘lik manbaining intensivligi vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi. Yuqoridagi barcha talablarga javob beradigan yorug‘lik manbalari optik kvant generatorlari-lazerlar hisoblanadi. Atom nurlanishidan hosil bo‘ladigan spektrlar chiziqli spektrlarni tashkil qiladi. Chiziqli spektrlarning intensivligini maksimum qismi atomlarning aylanma harakati tufayli hosil bo‘ladi (aylanma harakat amplitudasi katta Y~A2 bog‘lanishdan spektr markazida intensivlik qiymati katta bo‘ladi). Chiziqli spektrning ko‘rinishi (2.1 rasm)da aks ettirilgan.
|
| |