II. BOB KOVULDI KONIDAGI TEXNOLOGIK JARAYONLAR




Download 2.66 Mb.
bet8/21
Sana31.10.2023
Hajmi2.66 Mb.
#91895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Madadjon BMI.doc55555
2 5373000144516026973, o.f ishchi dastur МОМ 2021 7 сем (3), 571 DASTURLASH 0025, RANJEET KUMAR GUPTA-1
II. BOB KOVULDI KONIDAGI TEXNOLOGIK JARAYONLAR


2.1. Kovuldi konida qо’llanilayotgan qazib olish tizimi haqida ma’lumot

Ruda konlarini qazib olish tizimlarini tasniflash asosida qazish bо’shlig’ining saqlab turish (kon bosimini boshqarish) usuli yotadi. Ruda konlarini qazib olish amaliyotida qazish tizimlarining yuzlab variantlaridan foydalaniladi. Biroq ularning texnologik jixatdan o’xshashligi va qо’llanish sharoitlarini bir-biriga yaqinligi tufayli barcha qazish tizimlarini quyidagi uch sinfga birlashtiriladi:


1. Qazish bо’shlig’ini tabiiy saqlanishiga asoslangan qazish tizimlari sinfi;
2. Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimlari sinfi;
3. Qazish bо’shlig’ini sun’iy saqlanishiga asoslangan qazish tizimlari sinfi.
Birinchi sinfga mansub qazish tizimlari asosan ruda kon jinslari mustaxkam bо’lgan ruda konlarini qazib olishda keng qо’llaniladi.
Ruda va kon jinslari mustaxkam gorizontal (qiyaroq) yotqiziqlarini qazib chiqarishda sidirg’asiga qazish tizimi qо’llaniladi. Bunda qazishga tayyorlash ishlari polli usulda, ya’ni shaxta maydonining pollari ajratib qazishga tayyorlash asosida bajariladi. Buning uchun shaxta maydoni kon-tayyorlov lahimlari — shamollatish tashish shtreklar о’tish orqali pollarga ajratiladi. Pollar ochiq qazish bо’shlig’i qazilgan bo’shliqni tо’ldirmasdan yaxlit kavjoy bilan polning butun kengligi bo’yicha qazib olinadi. Kavjoy shifti qazib olingan bo’shliqda qayta qazib olinmaydigan tayanch ruda seliklari qoldirish orqali ushlab turiladi. Seliklar silindr shaklida bo’lib, diametri 3-1 metrdan 8-10 metrgacha bо’ladi.
Rudani massivdan ajratib olish chuqurligi 2-4,5 m shpurlarni portlatish asosida amalga oshiriladi. Ajratib olingan rudani rudatushirgichgacha o’ziyurar transport vosita lari yordamida yetqazib beriladi. Ish joylarini shamollatish umumshaxta shamollatish tizimi orqali bajariladi. Yuqorida ko’rib chiqilgan sidirg’asiga qazish tizimi qalinligi 3 m dan 25 m gacha bо’lgan ruda yotqiziqlarini qazib chiqarishda qo’llaniladi.
Sidirg’asiga qazish tizimining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari boshqa tizimlarga nisbatan ancha yuqori bо’lsada, bu tizimda ruda yо’qotilishi yuqori bo’lib, 25-30% ni tashkil qiladi.
Qalinligi 5 m dan katta, rudasi hamda atrof jinslari mustaxkam bо’lgan o’ta qattiq yetqiziqlarini qazib olishda nimqavat lahimlar (shtrek yoki ort) orqali rudani massivdan ajratib olishga asoslangan kamerali qazish tizimi qо’llaniladi (ayrim manbalarda bu tizimni nimqavat shtreklar tizimi deb ham yuritiladi).
Bloklarni qazishga tayyorlash qavat tashish shtreki va blok ko’tarmalarni o’tishdan iborat bо’ladi. Ko’tarmalar har 6-8 m da nimqavat shtreklar bilan tutashtiriladi. Kamerada rudani massivdan ajratib olish qalinligi 1.5-2.0 m bо’lgan vertikal tiliklar (qatlamchalar) ko’rinishida burg’ilab-portlatish yordamida bajariladi.
Og’ish burchagi 55-60° dan kam bо’lmagan, qalinligi 6-8 metrli tik ruda yotqiziqlarini qazib olishda massivdan ajratib olingan rudani qazish bо’shlig’ida magazinlash (yig’ishga) asoslangan qazish tizimi qо’llaniladi.
Bu tizimda qazish blokidagi rudani massivdan ajratib olingandan sо’ng, maydalangan ruda massasining bir qismi ruda tushirgichlar orqali tashish shtregiga tushiriladi. Natijada magazindagi ruda bilan qulatilmagan ruda massivi orasida malum kenglikda (massivni burg’ilashga imkon beradigan) bo’shliq hosil bо’ladi. Shundan sо’ng burg’ilovchilar magazindagi maydalangan ruda ustida turib ruda massivida burg’ilash ishlarini amalga oshiradilar.
Rudani massivdan ajratib olish blokdagi barcha ruda zaxirasi tugamaguncha takrorlanadi va shundan sо’ng blok bо’shlig’ida magazinlashtirilgan ruda rudatushirgichlardan tashish shtrekiga tо’la tushirilib, transport vositalariga yuklanadi. Konchilik amaliyotida bu tizimning turli variantlaridan foydalaniladi. Masalan, magazindagi ruda uyumi ustida turib shpurlar burgilash orqali rudani massivdan ajratib olish tizimi, kо’tarmalardan skvajinalar burg’ilab rudani massivdan ajratib olish tizimi va boshqalar. Blokni tayyorlash ishlari sodda bolib, tashish va shamollatish shtreklari hamda blok kо’tarmalarini о’tishdan iborat bо’ladi. Ruda tushirgichlar oraligidagi masofa 3-4 m, blokning cho’ziqlik bo’yicha o’lchami 80-100 m bо’lishi mumkin.
Blokni qazib olish ishlari uchta bosqichdan tashkil topadi: dastlab tashish shtreki tepasidan ma’lum masofada kesma о’tib magazin (bо’shlig’i hosil qilinadi va uning tubida voronkalar (ruda tushirgichlar) barpo etiladi; chuqurligi 2,5 m gacha bо’lgan shpurlar orqali rudani massivdan ajratib, magazinga uyuladi; rudani tashish shtrekiga tо’la tushiriladi va qavat hamda kameralar о’rtasida qoldirilgan seliklarni qazib olinadi.
Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori bо’lib (Kovuldi konida pastki gorizontlarda qisman qо’llaniladi: gorizont 695m, 715m, 730m), ruda va atrof kon jinslari mustaxkam bо’lgan konlarni qazib chiqarishda qо’llaniladi. Magazinda uyulgan ruda jipslashish va о’z-о’zidan yonish kabi xususiyatlardan mustasno bо’lishi kerak. Ushbu qazish tizimi qator afzallik va kamchiliklarga ega.

Download 2.66 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Download 2.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB KOVULDI KONIDAGI TEXNOLOGIK JARAYONLAR

Download 2.66 Mb.