Kovuldi konining kon — texnik sharoiti




Download 2.66 Mb.
bet6/21
Sana31.10.2023
Hajmi2.66 Mb.
#91895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Madadjon BMI.doc55555
2 5373000144516026973, o.f ishchi dastur МОМ 2021 7 сем (3), 571 DASTURLASH 0025, RANJEET KUMAR GUPTA-1
1.2. Kovuldi konining kon — texnik sharoiti


Kovuldi konidagi tog’ jinslari massivi intensiv tektonik buzilishlar va yoriqdorligi bilan xarakterlanadi. Tektonik buzilishlarni Yujniy uchastka kon — kapital lahimlarida 45-900 burchak ostida yotganini aniqroq kо’rish mumkin. Tektonik buzilishlarning qiyalik burchagi 25-350 dan 65 — 900 gacha kо’rishimiz mumkin, bularni asosan 890 m gorizontda joylashgan 3-sonli shtolnyada kо’rish mumkin.
Janubiy uchastkaning stratigrafik kolonkasi shuni kо’rsatadiki, yuqori qismida andezit-porfiritlar, ruda qatlamining yuqori qismida klastolav-andezit porfiritlarni kо’rish mumkin. Kovuldi koni rudasi asosan kvars — seritsit metasamatit, shuningdek oxaktosh yotqiziqlari ham mavjud.
Kern chiqishi 87,6%, ruda bоyicha 87,4%, rudaning namligi 0,115%, govakligi 1,253%, xajmiy zichligi 2,05 t/m3 ni tashkil qiladi.
Kovuldi koni Janubiy uchastkasi kon lahimlari bо’yicha prognoz suv oqimi 17,6 l/s, yoriqdorlik va bо’shliqdorlik koeffitsiyenti 0.49 dan 8,5% gacha, о’rtacha 2,59% tashkil etadi. L.I. Neyshtadt klassifikatsiyasiga kо’ra kon parodasi о’rtacha siniqdor hisoblanadi.
Barcha turdagi porodalarning zichligi 2,64 dan 2,84 g/sm3 gacha borda, undan oshmaydi. Siqilganda jinslarning chegaraviy mustahkamligi 79,5 dan 171,6 MPa gacha yetadi. Asoan bular — andezit porfiritlar, lavo-brekchiya va litokristalloklastik andezit tuflari, (datsit tarkibli)
Injener — geologik sharoiti o’rtacha murakkablikda. hajmiy og’irlik 2,51-3,1 t/m3, о’rtacha 2,65 t/m3, poroda uchun 2,66-2,74 t/m3 о’rtacha 2.7 t/m3.
Ruda konlarini qazib olishda rudani massivdan ajratib olish; ikkilamchi maydalash; rudani blokdan tushirish va tashish gorizontigacha yetqazib berish; kon bosimini boshqarish kabi jarayonlar amalga oshiriladi. Ana shu jarayonlarga sarflanadigan mexnat ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarishga sarflanadigan barcha turdagi mehnatning qariyib 50 %ni tashkil kiladi. Bu jarayonlarning о’zaro bog’likligi ularning texnik-iqtisodiy kо’rsatkichlariga ta’sir etadi. Masalan, massivdan ajratib olish jarayonida yaxshi maydalanmagan kon jinslari ularni ikkilamchi maydalashga ketadigan xarajatlarni oshirib yuboradi va tashish unumdorligini pasaytiradi. Agar ikkilamchi maydalash portlatish asosida bajariladigan bо’lsa, boshqa jarayonlarni, masalan, rudani blokdan tushirish jarayonini to’xtab qolishiga olib keladi. Shu sababli har bir jarayandan oldin bajariladigan jarayonni sifatli va aniq bajarish lozim bо’ladi.
Ajratib olish — bu rudaning bir qismini maydalab blok massivdan ajratib olish jarayonidir. Rudani ajratib olish burg’ilab-portlatish, mexanik usullarda yoki massivni oz-o’zidan qulashi oqibatida amalga oshirilishi mumkin. Rudani ajratib olish usulini tanlab olishga qator omillar ta’sir ko’rsatadi, ulardan asosiylari-rudaning fizik-mexanik xususiyatlari, kon-texnik sharoitlari va qо’llaniladigan qazish tizimi. Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarishda rudani ajratib olish uchun quyidagi portlatish usullaridan foydalaniladi: shpurli, svajinali va minasimon (markazlashtirilgan zaryad).
Shpurli ajratib olish usulida ruda massivida chuqurligi 5 m.gacha va diametri 75mm.gacha bоlgan shpurlar burgilanadi. Ruda konlarini qazib olishda, asosan chuqurligi 3,5 m va diametri 40-50mm shpurlar burgilanadi. Yumshoq rudalarda shpur burg’ilashda (qattiqlik koeffitsiyenti 4-6 gacha) elektr parmalardan, qattiq rudalarda esa zarba-burilma va zarba-aylanma rusumli burg’ilash mashinalaridan foydalaniladi. Ruda konlarini qazib chiqarish amaliyotida keyingi mashinalar keng qо’llaniladi.
Portlovchi modda sifatida potronlashtirilgan kukunsimon (ammonit №6 JV, almanit, detonit) yoki yumshoq doyalashtirilgan (granulit, donagranulit) portlovchi moddalar ishlatiladi. Shpurlarni qo’lda yoki mexanizmlar yordamida zaryadlanadi. Shpurli usulda rudani massivdan ajratib olish qatlam, shift-pog’ona va nimqavat usullarida bajarilishi mumkin . Shpurli ajratib olish usuli asosan qalinligi 5-8 metrgacha bоlgan va har qanday og’ish burchagiga ega ruda yotqiziklarini qazib olishda qо’llaniladi.
Qalin ruda tanalari (qalinligi 6-8 m.dan katta) ni qazib olishda rudani massivdan ajratib olish skvajinalarga joylashtirilgan zaryadlarni portlatish orqali amalga oshiriladi. Skvajinalar chuqurligi 40-60m.gacha, diametri 60-150 mm.gacha bо’lishi mumkin.
Skvajina usulida rudani ajratib olish ochiq kompensatsion kamerada (bo’shliqda) yoki siqilgan muxitda, yani maydalangan kon massasi bilan tо’ldirilgan konda bajarilishi mumkin, kompensatsion bo’shliq hajmiga nisbatan ajratib olinadigan ruda hajmi ikki barobardan ko’p bo’lmasligi kerak.
Jipslashish xususiyatiga ega bo’lmagan qalin, qattiq, va o’rtacha qattik ruda yotqiziqlari massivdan rudani ajratib olish siqilgan muxitda skvajinalarni portlatish usulida amalga oshiriladi. Bu esa massivdan ajratilgan rudani yaxshi maydalanishini ta’minlaydi.
Ruda ajratib olishning skvajin usuli blok massividagi rudani vertikal, gorizontal yoki qiya qatlamlar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda skvajinalarni blok kavjoyda parallel yoki yelpig’ichsimon joylashtirish mumkin. Odatda, skvajinalar bir necha qator (5 qatorgacha) joylashtiriladi va ular orasidagi masofa 2-2,5 m bо’lishi mumkin.
Markazlashtirilgan katta hajmdagi portlovchi modda zaryadini portlatib rudani massivdan ajratib olish usulida portlovchi modda zaryadi maxsus tayyorlangan kon lahimiga joylashtiriladi. Bu usul qalin va qattiklik koeffitsiyenti yuqori bо’lgan ruda yotqiziqlarini, shuningdeq kameralar orasidagi qoldirilgan seliklarni qazib olishda qо’llaniladi.
Rudani mexanik usulda massivdan ajratib olish nisbatan yumshoq rudalarni (marganets, kaliy va boshk.a tuzlar) qazib olishda qо’llaniladi.
Rudani о’z-о’zidan qulashiga asoslangan ajratib olish usuli amaliyotda juda ham qо’llaniladi. Bunda ruda yotqizig’iga о’ta darzdor bоlgani sababli qazish blokidagi ruda o’zini og’irlik kuchi va yuqoridagi jins qatlamlarining bosimi tasirida qulab massivdan ajralib tushadi. Bu usul iktisodiy jihatdan samarali xisoblanadi. Bu usul qо’llanilganda ruda yо’qotilishi va sifatsizlanishini boshqarib bо’lmaydi.

Download 2.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 2.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kovuldi konining kon — texnik sharoiti

Download 2.66 Mb.