Kirish “Olmaliq kmk” ajda “Yoshlik ” konini оʼzlashtirish” investitsiya loyihasi bоʼyicha olib borilayotgan ishlar: Loyiha qiymati mlrd. 122 mln dollarni, kon hududi 11 ming gektarni tashkil etadi




Download 2.66 Mb.
bet7/21
Sana31.10.2023
Hajmi2.66 Mb.
#91895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Madadjon BMI.doc55555
2 5373000144516026973, o.f ishchi dastur МОМ 2021 7 сем (3), 571 DASTURLASH 0025, RANJEET KUMAR GUPTA-1
1.3. Kon maydonini ochish
Konni ochish bu — ruda tanasiga yetib borishni ta’minlaydigan kapital kon lahimlarini о’tishdir. Ochuvchi kon lahimlari orqali shaxtani shamollatish, qazib olingan kon massasini yer yuzasiga chiqarish va konchilarning yer yuzasiga olib chiquvchi zahira yoki asosiy yо’lagi bо’lib xizmat qiladi.
Ruda konlari yotqiziqlarini katta qismi gorizontga nisbatan о’ta qiya (tik) yoki qiya xolatda yer qobig’ida joylashgan bо’ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yо’nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo’linadi.
Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig’ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko’ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o’tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini ochishda vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo’llaniladi Bosh stvol, odatda ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi mumkin bo’lgan zonasidan tashqarida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda seliklari bо’lmasligi sababli ruda yо’qotilishini kamaytirishni ta’minlaydi.
Kon maydonining relyefiga qarab ikki hil usulda ochish mumkin:
- ruda tashuvchi shtolnyalar bilan;
- ruda kо’taruvchi stvollar bilan.
Agar shaxta maydonining relyefi tog’li sharoitda joylashgan bо’lsa ruda tashuvchi shtolnyalar bilan ochish mumkin.
Agar kon maydonining relyefi tekis sharoitda joylashgan bо’lsa ruda kоtaruvchi stvollar bilan ochish mumkin.
Kovuldi koni shaxta maydoni tog’li sharoitda bо’lgani uchun shtolnyalar bilan ochilgan.
Konlarni shtolnyalar bilan ochilganda transport va shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Bazan ruda konlarini ruda tanasi bo’ylab yoki uning yotish yoni jinslaridan o’tiladigan qiya stvollar bilan ham ochiladi.
Ochilgan ruda tanalarini qazishga tayyorlash tashish gorizontida kon-tayyorlov lahimlari turini barpo etishdan boshlanadi. Yirik va qiya ruda konlarida ruda tanasini tushish yo’nalishi bo’yicha qavatlarga bo’lib qazishga tayyorlash quyidagi variantlarda bajarilishi mumkin: kon-tayyorlov ishlari rusumi buyicha -shtrekli va ortli; tayyorlov lahimlarining ruda tanasiga nisbatan joylashishi bо’yicha-ruda lahimlari , maydon lahimlari va aralash lahimlar bilan; transport vositalarining xarakatlanish tarzi bо’yicha-berk yо’lak, aylanma yо’lak.
Tayyorlash sxemasini, asosan ruda yotqizig’i qalinligiga nisbatan tanlab olinadi.
Kichik qalinlikdagi ruda yotqizig’ini qazishga tayyorlashda ruda shtreklari va berk yоlak transport sxemasi qо’llaniladi. О’rtacha qalinlikdagi va qalin yotqiziqlarni qazishga tayyorlash ishlari maydon, ruda va aralash kon-tayyorlov lahimlari (shtrek va ortlar) o’tish orqali bajariladi.
Tashish gorizontini tayyorlagandan so’ng bevosita qazish bloklarini tayyorlashga kirishiladi. Blokni tayyorlash ishlarining hajmi va tartibi qabul qilingan qazish tizimiga bog’liq bо’lib, asosan quyidagi jarayonlardan tashkil topadi: blok kо’tarmalarini о’tish; ruda tushirgichlarni barpo qilish; ikkilamchi maydalash gorizontlari shtreklarini о’tish; skreperni о’rnatish lahimini о’tish va boshqalar.
Kovuldi koni tog’li relefda joylashganligi sababli kon shtolnyalar bilan ochilgan. Kon 4 kapital kon — lahimlari bilan ochilgan:

  1. 890 m gorizontda joylashgan 3 — sonli shtolnya bilan ochilgan.

  2. 920 m gorizontda joylashgan 1 — sonli shtolnya bilan ochilgan.

  3. 920 m gorizontda joylashgan 1A — sonli shtolnya bilan ochilgan.

  4. 925 m gorizontda joylashgan Transport ukloni bilan ochilgan (о’rtacha qiyaligi 8-100).

730 m gorizontda joylashgan «Janubiy-2» uchastkasi ochish Transport kvershlagi orqali amalga oshirilishi kо’zda tutilgan. Uning о’rtacha qiyaligi 0-50 gacha bо’lishi loyihada talab qilib qо’yilgan. «Janubiy-2» uchastkasi ochish uchun mо’lajallangan Transport kvershlagi orqali ruda 730 m gorizontning PK №200 dan PK №0 gacha avtosamosvallarda, elektrovozda va konveyer transporitida tashish muqobil etib kо’rilgan.
Bitiruv malakaviy ishimda elektrovozda tashish muqobilini kо’rib chiqaman.
Biz 4 yil davomida olgan bilimlarimiz asosida aytishimiz mumkin-ki, ruda konlari yotqiziqlarini katta qismi gorizontga nisbatan о’ta qiya (tik) yoki qiya xolatda yer qobig’ida joylashgan bо’ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yо’nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida gorizontlarga, qavatlarga bо’linadi. Asosan, qavatlarning vertikal balandligi 40-60 metrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa, 20-30 m yoki 100 metrgacha bо’lishi mumkin. Ruda yotqizig’i chо’ziqligi bо’yicha qavatlar uzunligi 50-60 m bо’lgan bloklarga ajratilgan. Blok yon chegaralari bo’ylab tashish va shamollatish gorizontlarini tutashtiruvchi vosstayushiylar о’tiladi. Har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil qazish birligi hisoblanadi. Gorizontal yotqiziqlar shtreklar orqali pollarga (panellarga) bоlinadi.

Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobigida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko’ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o’tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini ochishda vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qо’llaniladi. Bosh stvol, odatda ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi mumkin bо’lgan zonasidan tashqarida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda seliklari bo’lmasligi sababli ruda yо’qotilishini kamaytirishni ta’minlaydi.
Konni ochishda shaxta stvoli odatda yer yuzidan birinchi gorizontgacha o’tiladi va qavat kvershlagi o’tish orqali ruda yotqizig’i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi borasida (davomida) stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o’tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollarini tez-tez chuqurlashtirish asosida navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi.
Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun konni ochishda bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o’tiladi. Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi.
Chuqurlik bo’yicha katta uzunlikka ega bо’lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizontlarini ochish, ko’p xollarda ko’r stvollar o’tish orqali amalga oshiriladi Bosh stvol ruda tanasining bor bo’yiga o’tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig’ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olingan ruda ruda tushirgichlar orqali yig’ma gorizontga tushiriladi. Shunday qilib, qazib olingan ruda faqat yig’ma gorizont kvershlagi orqali tashilib bosh (ruda ko’tarish) stvoliga yetqazib beriladi. Gorizontal va juda yotiq ruda yotqiziqlari ham vertikal stvollar bilan ochiladi. Bunday xollarda ruda yotqizig’i qavatlarsiz qazib olinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o’zaro ruda yotqizig’i ostidagi kon jinslaridan o’tilgan maydon tashish shtregi orqali tutashtiriladi.
Ana shu tashish shtregi ruda tanasidan оtilgan kon-tayyorlov lahimlari bilan ruda tushirgichlar tizimi orqali tutashtiriladi. Qazish ishlarini osonlashtirish uchun ruda yotqizig’i pol yoki bloklarga bo’linadi.
Kopgina ruda yotqiziqlari tog’li xududlarga joylashgan bо’ladi. Bunday konlar, odatda shtolnyalar o’tish bilan ochiladi. Aksariyat sharoitlarda foydali qazilma yotqizig’ini bosh shtolnyadan yuqorida joylashgan qismining alohida qavatlarini ochish uchun qavat shtolnyalari о’tiladi bosh shtolnyadan pastki gorizontlarni esa ko’r stvol o’tish bilan ochiladi.
Konlarni shtolnyalar bilan ochilganda transport va shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Bazan ruda konlarini ruda tanasi bo’ylab yoki uning yotish yoni jinslaridan o’tiladigan qiya stvollar bilan ham ochiladi.
Ochilgan ruda tanalarini qazishga tayyorlash tashish gorizontida kon-tayyorlov lahimlari turini barpo etishdan boshlanadi. Yirik va qiya ruda konlarida ruda tanasini tushish yo’nalishi bo’yicha qavatlarga bo’lib qazishga tayyorlash quyidagi variantlarda bajarilishi mumkin: kon-tayyorlov ishlari rusumi bo’yicha -shtrekli va ortli; tayyorlov lahimlarining ruda tanasiga nisbatan joylashishi boyicha-ruda lahimlari bilan, maydon lahimlari bilan va aralash lahimlar bilan; transport vositalarining xarakatlanish tarzi bo’yicha -berk yo’llik, aylanma yo’llik.
Tayyorlash sxemasini, asosan ruda yotqizish qalinligiga nisbatan tanlab olinadi.
Kichik qalinlikdagi ruda yotqizig’ini qazishga tayyorlashda ruda shtreklari va berk yo’llik transport sxemasi qo’llaniladi. O’rtacha qalinlikdagi va qalin yotqiziqlarni qazishga tayyorlash ishlari maydon, ruda va aralash kon-tayyorlov lahimlari (shtrek va ortlar) o’tish orqali bajariladi
Tashish gorizontini tayyorlagandan sо’ng bevosita qazish bloklarini tayyorlashga kirishiladi. Blokni tayyorlash ishlarining hajmi va tartibi qabul qilingan qazish tizimiga bog’liq bо’lib, asosan quyidagi jarayonlardan tashkil topadi:
blok kо’tarmalarini оtish;
ruda tushirgichlarni barpo qilish;
ikkilamchi maydalash gorizontlari shtreklarini о’tish;
skreperni о’rnatish lahimini о’tish va boshqalar.

Download 2.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Download 2.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish “Olmaliq kmk” ajda “Yoshlik ” konini оʼzlashtirish” investitsiya loyihasi bоʼyicha olib borilayotgan ishlar: Loyiha qiymati mlrd. 122 mln dollarni, kon hududi 11 ming gektarni tashkil etadi

Download 2.66 Mb.