Kirish “Olmaliq kmk” ajda “Yoshlik ” konini оʼzlashtirish” investitsiya loyihasi bоʼyicha olib borilayotgan ishlar: Loyiha qiymati mlrd. 122 mln dollarni, kon hududi 11 ming gektarni tashkil etadi




Download 2.66 Mb.
bet9/21
Sana31.10.2023
Hajmi2.66 Mb.
#91895
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Madadjon BMI.doc55555
2 5373000144516026973, o.f ishchi dastur МОМ 2021 7 сем (3), 571 DASTURLASH 0025, RANJEET KUMAR GUPTA-1
Afzalliklari: kon-tayyorlov lahimlarining hajmini kichik bо’lishi; burg’ilab-portlatish ishlarining samaradorligi yuqori bо’lishi; mexnat unumdorligini yuqori va ruda tannarxining arzon bо’lishi.
Kamchiliklari: rudani sifat rusumlar (sortlari) boyicha qazib olish mumkin emasligi; ruda massivini tо’satdan bosib qolishi va kameradagi nogabaritlarni maydalashda baxtsiz xodisalar sodir bо’lishi mumkinligi va boshqalar.
Yuqorida kо’rib chiqilgan qazish tizimlari qazish bо’shlig’ini tabiiy saqlanishiga asoslangan qazish tizimi sinfining kо’p qо’llanadigan tizimlari xisoblanadi. Bu sinfning boshqa tizimlari mavjud bо’lib, ularni о’rganish maxsus mutaxassislik fanlarining predmeti xisoblanadi.
Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimi sinfiga kiruvchi tizimlar o’rtacha va katta qalinlikka ega bоlgan ruda yotqiziqlarini qazib olishda keng qо’llaniladi. Bu sinfga mansub barcha qazish tizimlarida, dastlab blokda katta hajmdagi ruda massivdan ajratib olinadi va maydalangan ruda ustiga ruda massivi (yotqizish) ustida joylashgan kon jinsi qatlamlari qulab tushadi yoki majburiy qulatiladi. Qulatilgan kon jinslari ostidagi maydalangan ruda qavat (nimqavat)ning bor balandliga bo’yicha tushirib olinadi.
Ruda va atrof jinslarni qulatishga asoslangan qazish tizimiga mansub vertikal yoki gorizontal kompensatsion kamerali, rudani siqilgan muxitda yoppasiga massivdan ajratib, uni blokning osti yoki yonboshidan portlatib olishga mo’ljallangan qazish tizimlari variantlari keng qo’llanadigan qazish tizimlari xisoblanadi.
Kompensatsion kamerali ruda qazish tizimida rudani ajratib olish ikki bosqichda bajariladi. Dastlab kamerali qazish tizimini qо’llanib, kompensatsion kameralar hosil qilinadi. Kameralarning hajmi taxminan blokdagi ruda zaxlrasining uchdan bir qismiga teng bо’ladi. Rudaning bu qismi massivdan ajratilganda maydalanib hajmi ko’payadi va kameralarni tо’ldiradi. Shundan sо’ng siqiq muhitda qolgan maydalangan ruda blok ostidan yoki yonboshidan tushirib olinadi.
Blokni qazib olishga tayyorlash-tashish va shamollatish shtreklarini o’tish, skreperlash gorizontiga rudani yetqazib beruvchi lahim barpo etish, blokda kamera hosil qilish, qisqa ruda tushirgichlar va blok ko’tarmalarining o’tishdan iborat bо’ladi. O’ta qiya va tik qalinligi 15-25 m gacha bо’lgan yotqiziqlarni qazib olishda bloklar uzun tomoni bo’yicha yotqiziqning chuziqlik yo’nalishida joylashtiriladi.Blokning chuziqlik bo’yicha uzunligi 40-60 m bо’ladi. Ruda yotqizig’i juda qalin bо’lgan xollarda blokning uzun tomoni chuziqlikka tik yo’nalishda joylashtiriladi.
Qavatni bor bo’yicha qulatilganda uning balanddigi burg’ilash mashinasining vertikal va o’ta kiya skvajinalarni burg’ilash imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda aniqlanadi va 40-60 m, ayrim sharoitlarda undan ham baland bо’lishi mumkin.
Ruda konlarini qazib chiqarish amaliyotida rudani katta hajmda ajratib olish va uni blok ostidan tushirib olish tizimining turli variantlari qо’llanadi. Ulardan eng ko’p qо’llanadiganlari: ikki boskichli (kompensatsion kamerali) va bir boskichli (rudani siqiq muxitda ajratib olish) ruda qazish tizimi; rudani vertikal (bir-biriga parallel yoki veyer shaklida joylashgan) skvajinalar bilan ajratib olish tizimi; rudani gorizontal (veyer shaklida joylashgan) skvajinalar orqali ajratib olish tizimi va boshqalar.
Ajratib olingan rudani blok yonboshidan tushirib olish tizimi blok ostidan tushirib olish tizimiga nisbatan o’zgacha bolib, bunda blok tubida kamera barpo etilmaydi. Bu esa blokni qazishga tayyorlashni soddalashtiradi va kamera hosil qilishga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi, qavatni majburiy buzib, maydalangan rudani blok yonboshidan tushirib olish tizimi konchilik amaliyotida keng qо’llaniladi.
Ushbu qazish tizimi sinfiga mansub tizimlarning asosiy variantlardan biri xisoblanadi. Bu qazish: tizimida ruda qavatning bor boyiga skvajinalar orqali siqilgan muxitda (qulatilgan jinslar bosimi ostida) ajratib olinadi va blok yonboshidan yetqazib berish lahimiga tushiriladi.
Rudani yonboshdan tushirish uchun xizmat qilish maqsadida yetqazib beruvchi lahim tepasida qoldiriladigan selik rudani tushirib olish mobaynida qazib olinadi. skvajinalar diametri 100-150 mm.
Blokni qazishga tayyorlash, skvajinalarni burgilash va yetqazib beruvchi laximlar otish blok yon tomonlari bo’ylab ko’tarmalar orqali qirqmalar hosil qilish hamda ularga (qirqmalarga) ruda yotqizig’i tepasidagi kon jinslarini qulatishdan tashkil topadi. Qulatilgan jinslar ruda massivini siquvchi material vazifasini bajaradi. Massiv siqilgandan sо’ng rudani vertikal qatlamlar bo’ylab birin-ketin massivdan ajratib olinadi. Skvajinalar veyer (yelpig’ichsimon) joylashtiriladi. Qazish tizimining o’lchamlari: qavat balandligi — 50-60 m, blok uzunligi 50 m.
Rudani tushirib olish qazish ishlarining asosiy bosqichi bo’lib, bu jarayonda, dastlab blokdan toza ruda tushadi va uning hajmi blokdagi ruda hajmining 20-25 % ni tashkil qiladi. Keyinchalik esa, tushirib olinayotgan ruda sifati pasayib boradi. Chunki ajratib olingan ruda ustiga qulatilgan kon jinslari rudaga aralashib uni sifatsizlantiradi, ya’ni tushirib olingan ruda massasidagi metall mikdorini kamayishiga olib keladi. Rudani yonboshdan tushirish borasida ruda sifatsizlanishi oshib boradi va nihoyat ruda sifatiga qo’yilgan talab darajasi -uning tarkibidagi metallning minimal miqdorigacha yetib boradi. Shundan sоng rudani yetqazib borish lahimidan bevosita tushirib olish to’xtatiladi. Blokda kelgan rudani yetqazib beruvchi lahimga o’rnatilgan surilib yuruvchi tebranma taminlagichli tebranma konveyer yordamida yoki o’ziyurar yuklab-tashuvchi uskunalar yordamida tushirib olinadi.
Rudani ommaviy (kоplab) massivdan ajratib olishga asoslangan qazish tizimlarining texnik-iqtisodiy kо’rsatkichlari yuqori bо’lsada, bu tizimlar qо’llanilganda ruda yоqotilishi va sifatsizlanishi boshqa tizimlari nisbatan katta bоladi (20 % gacha bоlishi mumkin).
Qator kon-geologik sharoitlarda qazish bоshligini sun’iy saqlash ruda qazish texnologiyasining asosiy qismlaridan biri xisoblanadi. Qazish bо’shlig’ini sun’iy saqlashga asoslangan qazish tizimlari, asosan qimmatbaxo, o’zidan yonish xususiyatiga ega bо’lgan, shuningdek yer yuzini saqlash zarurati bо’lgan konlarni qazib chiqarishda qо’llanadi. Bu qazish tizimida qazish bо’shlig’i mustaxkamlagichlar yordamida, yoki qazish bо’shlig’ini kon jinslari yoki boshqa materiallar bilan tо’ldirish orqali, yoki har ikkala usulni bir vaqtda, parallel qо’llash bilan saqlanadi. Qazish bо’shlig’ini saqlashning yuqorida keltirilgan usullari qazish bо’shlig’ini sun’iy saqlashga mо’ljallangan qazish tizimlari tavsifini belgilab beradi. Qazish bо’shlig’ini mustaxkamlab qazib olish tizimi boshqa tizimlarga nisbatan ancha qimmat tizim xisoblanadi. Biroq bu tizim ruda yо’qotilishi va sifatsizlanishining kam bо’lishini ta’minlaydi.
Ushbu qazish tizimiga tegishli tizimlar ichida qimmati (ko’p xarajat talab qiladigan) qazish bо’shlig’ini tо’ldirib qazib olish tizimidir. Shu sababli bu qazish tizimi juda qimmatbaho rudalarni qazib olishda yoki yer yuzini saqlash zarurati bо’lgan taqdirdagina qо’llanadi. Qazish bо’shlig’ini tо’ldirishga asoslangan qazish tizimi kо’p xarajat talab qilsada, bu tizim qо’llanilganda ruda yо’qotilish va sifatsizlanish darajasi boshqa tizimlarga nisbatan ancha kichik bо’ladi. Konchilik amaliyotida tо’ldiruvchi materiallar bilan qazish bо’shlig’ini tо’ldirishda turli usullardan foydalaniladi. Tо’ldiruvchi materiallarni о’z og’irlik kuchi ta’siri asosida qazish bо’shlig’iga joylashtirish, mexanik, pnevmatik va gidravlik usullarda (qurilmalar yordamida) qazish bо’shlig’ini tо’ldirish ruda konlarini qazib chiqarishda keng qo’llanadigan usullar hisoblanadi. Bazan qazish bо’shlig’ini tо’ldirishda tez qotib, mustahkamlanuvchi tо’ldiruvchi materiallar aralashmasi qо’llaniladi.
Qazish bо’shlig’ini tо’ldirib rudani qazib olishga asoslangan qazish tizimlaridan eng ko’p qо’llaniladigani -ruda yotqizig’ini gorizontal qatlamlar bo’yicha qazish tizimidir . Bu tizim turli kon-geologik sharoitlardagi ruda konlarini qazib olishda qо’llanishi mumkin (kichik qalinlikdagi yotiq joylashgan ruda yotqiziqlari bundan mustasno). Bu tizim qо’llanilganda blok gorizontal qatlamlar bilan pastdan yuqoriga yo’nalishda qazib olinadi. har bir qatlam qazib olinishi bilanoq, qazilgan bo’shliq tо’ldirma materiallari bilan tо’ldiriladi. Tо’ldirma qazish bо’shlig’ining yon tomonlarini saqlanishini ta’minlaydi, uning satxi esa uskunalar va ishchilar uchun platforma vazifasini o’taydi.
Blokni ko’tarilish yo’nalishida gorizontal qatlamlarga ajratib qazib olish tizimining o’lchamlari:
qavat balandligi 35-40 m dan 50-70 m gacha;
qatlam balandligi - 2-3 m;
ruda yotqizig’ini chо’ziqlik bоyicha qazib olishda blokning uzunligi — 30-60 m, mustaxkam va o’rtacha mustaxkam jinslarda esa — 100-150 m bо’lishi mumkin.
Ruda yotqizig’i juda qalin bо’lsa, blok chuziqlikka tik yо’nalishda qazib olinadi. Bunda kameraning kengligi 6 m dan 10-12 m gacha, selikning kengligi esa -5m dan 10 m gacha bоlishi mumkin. Seliklar ikkinchi bosqichda, yani blokdagi ruda qazib olingandan sо’ng qazib olinadi. Agar tоldirma sifatida tez qotib mustaxkamlanadigan materiallar qо’llanilsa, u xolda blokni selik qoldirmasdan qazib olinadi.
Rudani massivdan burg’ilab-portlatish usulida ajratib olinadi. Shpurlar burg’ilash massivdan ajratib olingan rudani yuklash va tashish gorizontiga yetqazib berish jarayonlarida burg’ilash aravachasi, o’ziyurar yuklab-tashish uskunalaridan foydalaniladi. Bu esa, o’z navbatida mexnat unumdorligi yuqori (60-80 t/smena), ruda yо’qotilishi kam (5 t gacha) va qazib olingan ruda massasining sifatsizlanishi kichik (3 dan 10 % gacha) bо’lishini ta’minlaydi.
Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarish amaliyotida qazilgan bo’shliqni tez qotib mustaxamlanadigan tо’ldirmali blokni yuqoridan pastga yo’nalishda qazib olish ataluvchi, qazilgan bo’shliqni sun’iy saqlash sinfiga mansub qazish tizimi ham qо’llaniladi. Bu tizim ruda atrof kon jinslari turgun yoki noturg’un, о’z-о’zidan yonish va jipslashish xususiyatlarga, shuningdek turli qalinlik va og’ish burchagiga ega bо’lgan, qimmatbaho ruda konlarini qazib chiqarishda qо’llaniladi. Bunda bloklar yuqoridan pastga yo’nalishda kichik qiyalikka ega bо’lgan qatlamlar bo’yicha qazilgan bo’shliqni tez qotib mustaxkamlanadigan tо’ldirma bilan tо’ldirib qazib olinadi. Ruda massividan qatlamlarni: tо’ldirma massividan hosil bо’lgan yaxlit sun’iy shift ostida kirmalar (zaxodkalar) orqali qazib olinadi.
Tizimning o’lchamlari qazib olinayotgan ruda tanasining shakli va o’lchamlariga bog’liq bo’lib, bloklarni qazishga tayyorlashda blok chekkalari va o’rtasidan ko’tarmalar o’tiladi, ko’tarmalardan har bir qatlam uchun markaziy va chekka ortlar otiladi. Chekka ortlardan 4-12° nishablikda markaziy ortgacha qazish kirmalari o’tiladi. Kirmalarning uzunligi, odatda 20 m, balandligi 2-3 m, kengligi esa — 4-7 bо’lishi mumkin. Kirmalarni qazib olish navbati tez qotib mustaxkamlanadigan tо’ldirmaning qotish vaqti bo’yicha belgilanadi.
Kirma o’tishda rudani massivdan shpurlar orqali ajratib olinadi. Ajratib olingan ruda skreperlar yoki yengil o’ziyurar tashish vositalarida tashish gorizontigacha yetqazib beriladi. Tо’ldirma aralashmasi quvurlar orqali markaziy ortga tushiriladi va to’siq ustidan kirmaga yuboriladi. Kirma qiya bо’lganligi sababli tо’ldirma aralashmasi qazishdan bо’lgan bo’shliqqa oqib, uni sekin-asta tо’ldirib boradi.
Bu tizim qо’llanilganda blokning oylik unumdorligi 0,8 dan 1,5 ming tonnagacha (rudani skreper bilan tashish lahimga yetqazib berilganda) va 3 dan 5 tonnagacha (oziyurar uskunalar bilan yetqazib berilganda) bо’lishi mumkin. Kavjoy ishchisining mexnat unumdorligi 5-10 dan 20-30 tonna/kishi smenani tashkil qiladi.
Bu qazish tizimi orqali rudani qazib chiqarilgandaruda tannarxi boshqa tizimlardagiga nisbatan yuqori bо’ladi. Shu sababli blokni yuqoridan pastga yо’nalishda qiyaroq qatlamlarga ajratib, qazilgan bо’shliqni tо’ldirib qazib olish tizimi boshqa tizimlari qо’llanishi mumkin bо’lmagan konlarni qazib chiqarishda qо’llaniladi.
Kovuldi konida bо’shliqni qotuvchi tо’lg’azma bilan tо’ldirib gorizantal qatlamli qazib olish tizimi qо’llanilmoqda. Balans zaxirani qazib olish Irgiredmet loyiha instituti ishlab chiqqan «Texnologicheskoy instruksiyey po pri-meneniyu sistemi razrabotki gorizontalnimi sloyami s tverdeyushey zakladkoy i proizvodstvu zakladochnix rabot na Kauldinskom zolotodobivayushem rudnike» yоriqnomasiga asosan kameralarga, zaxodkalarga bо’linib qazib olinadi.
Mazkur tizimni qо’llashda kon quyidagi talablarga javob bersa, kon samarali о’zlashtiriladi:

  • Ruda tanasi yotish burchagi 10 — 300 dan oshmasligi kerak;

  • Ruda tanasining qalinligi eng kamida 1,5 m bо’lishi kerak, qalinlik 3, 6, 9, 12, 15, 18, 20, 22, 25, 28, 30m bо’lganda samarli qо’llaniladi;

  • Tog’ jinslarining hajmiy og’irligi 2.4t/m3 , M.M. Protodyakonov shkalasiga kо’ra mustahkamlik 13-14 dan kam bо’lmasligi kerak.

Mazkur qazib olish tizmida Kovuldi konida birinchi galda kon — tozalash ishlari boshlanishi bilan quyidagi tartibda ishlar tashkil etiladi:

  • Qatlam shtregi о’tiladi;

  • Qatlam shtregi yon tomonlaridan har 3 metrda birlamchi va ikkilamchi kameralar belgilab olinadi;

  • Belgilab olingan kameralarning birlamchisi qazib olinadi;

  • Qazib olingan birlamchi kameralar qotuvchi tо’lg’azma bilan tо’ldiriladi;

  • Birlamchi kameradagi tо’lg’azma qotganidan sоng ikkilamchi kamera qazib olinadi;

  • Qazib olingan ikkilamchi kameralar qotuvchi tо’lg’azma bilan tо’ldiriladi;

  • Xar ikkila turdagi kameralar qotuchi tо’lgazma bilan tо’ldirilgandan sоng qatlam shtregi tо’lg’azma bilan tо’ldiriladi;

  • Shu tartibda gorizantal qatlamda 3m tepadagi gorizontda kon qazish — tozalash ishlari tashkil etiladi.





Download 2.66 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Download 2.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish “Olmaliq kmk” ajda “Yoshlik ” konini оʼzlashtirish” investitsiya loyihasi bоʼyicha olib borilayotgan ishlar: Loyiha qiymati mlrd. 122 mln dollarni, kon hududi 11 ming gektarni tashkil etadi

Download 2.66 Mb.