Sug’urta munosabatlarining turlichaligining tartibga solish va o’zaro bog’liq yagona tizimini shakllantirish uchun sug’urtani turkumlash zarurdir




Download 369,03 Kb.
bet8/13
Sana14.12.2023
Hajmi369,03 Kb.
#118266
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

Sug’urta munosabatlarining turlichaligining tartibga solish va o’zaro bog’liq yagona tizimini shakllantirish uchun sug’urtani turkumlash zarurdir.
Sug’urtani soxalarga bo’lish asosida ularning ob`ektlari bo’yicha farqlanishi yotadi. Bu omilga mos ravishda barcha sug’urta munosabatlari yig’indisini to’rtta tarmoqga bo’lish mumkin.

  • Mulkiy sug’urta

  • SHaxsiy sug’urta

  • Javobgarlik sug’urta

  • Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi.

Mulkiy sug’urta ob`ekti bo’lib moddiy qiymatliklar xisoblanadi. SHaxsiy sug’urtada- fuqarolarning xayoti, sog’ligi, mexnat qobiliyati. Javobgarlik sug’urtasida - ob`ekt bo’lib sug’urtalanuvchilarning turli javobgarliklari, ma`suliyatlari xisoblanadi. Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasida esa, ob`ekt vazifasini tadbirkorlik ishlari bo’yicha turli tavakkalchiliklar bajaradi.
Sug’urtalanuvchilarni sug’urtalovchilar bilan sug’urta munosabatlariga kirishi va sug’urtalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida sug’urta tarmoqlarini konkret sug’urta turlariga bo’lish zarurati paydo bo’ladi. SHaxsiy sug’urta bo’yicha sug’urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: xayotni aralash sug’urtasi, o’lim xolati va mexnatga layoqatsizlikni sug’urtalash, bolalar sug’urtasi, qo’shimcha pensiya sug’urtasi, baxtsiz xodisalar sug’urtalash va boshqalar. Javobgarlik sug’urtasi bo’yicha kreditni yoki boshqa qarzlarni qaytara olmaslikdan sug’urtalash, yuqori xavf-xatar manbalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug’urtasi va boshqalar. Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi dastgoxlarni to’xtab qolishi, savdodagi to’xtalishlar natijasida zarar ko’rish yoki foyda olmaslik sug’urtasi, ya`ni texnika texnalogiyalarni qo’llash tavakkalchiliklari sug’urtasi kabi turlarga bo’linadi. Majburiy sug’urta turlari, shartlari va uni amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi. Tomonlarning xoxish-irodasiga muvofiq amalga oshiriladigan sug’urta ixtiyoriy sug’urta xisoblanadi. Ixtiyoriy sug’urtaning shartlari tomonlarning kelushiviga asosan belgilanadi. Sug’urtalanuvchi va sug’urtalovchining xuquqlari xamda burchlari, shuningdek xar bir sug’urta turlarining shartlari tegishli sug’urta shartnomalari bilan belgilab ko’yiladi.
1.4. Boshqaruv ilmida tavakkalchilik tushunchasi va uning nazariy jihatlari


Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to„g„risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas‟uliyat va o„zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo„naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati deb ta‟rif beriladi.
Ko„p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas‟uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jo„shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi.
Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo„lib, to„liq asosli holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat yutuqlarini ta‟minlash uchun o„z hatti-harakatlarini takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o„zgartirishga, narx, iste‟molchilar doirasi va boshqa ko„plab omillarga bog‟liq bo„ladi.
Muammolar yechimining turli yo„llarini topish, tanlash va o„zgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo„ladi. Shu sabab tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy faoliyatning usullarini
tanlash erkinligida namoyon bo„ladi. Biznesni tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas.
Tavakkalchilikning kuchayishi - bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining aksi bo„lib, buning uchun o„ziga xos to„lov hamdir. Bozor munosabatlari sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo„shqin harakatga tayaniladi, bu esa o„z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi. Demak, bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi.
Ishlab chiqarishning barcha sohalarida, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda tavakkalchilik holatini o„rganish foydani oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Sobiq ittifoqda boshqarish va iqtisodiyot nazariyasida tavakkalchilik voqeligiga mutlaqo e‟tibor berilmagan. Shu sababli iqtisodiyot katta yo„qotishlarga uchragan.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga o„tishi iqtisodiyotga oid fanlar turkumiga “risk” – tavakkalchilik tushunchasining kirib kelishiga sabab bo„ldi.
Hozirgi kunda, respublikamiz universitet va institutlarida umumiy “risk menejmenti” bilan bir qatorda tarmoq va soha tavakkalchiliklari ham alohida fan sifatida o„qitilmoqda.
Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va elementlari obyektiv va subyektiv jihatlari, o„zaro munosabatlari va mazmunini anglash turlicha tavsiflangan.Tavakkalchilikning mohiyati to„g„risidagi xilma-xil fikrlar ko„p hollarda bu hodisaning serqirraligi, amalda mavjud xo„jalik faoliyati qonuniyatlarida uning to„liq tan olinmasligi, shuningdek real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida yetarlicha qo„llanilmasligi bilan sharhlanadi.
Bundan tashqari tavakkalchilik - bu bir-biriga mos kelmaydigan, ba‟zida hatto qarama-qarshi real holatlar yig‟indisidan iborat murakkab jarayondir.
Tavakkalchilik tushinchasi rus tilidagi “risk” so’ziga ekvivalent sifatida olinadi.
Endi “risk” toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba‟zi-bir yondashuvlarni qarab chiqamiz.
Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug„atlarda (falsafa, harbiy, iqtisodiy va h.k.z.) “risk” tushunchasi umuman uchramaydi. U hatto katta sovet ensiklopediyasi va Sovet ensiklopedik lug„atining oxirgi nashrlarida, besh tomli falsafiy ensiklopediya va falsafiy ensiklopedik lug„atda hamda “Ilmiy-texnik taraqqiyot lug„ati” va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar adabiyotlarda “risk” to„risidagi tushunchaga omadsizlik yoki xavf-xatarga (xavf-xatar holati) imkoniyat degan ta‟rif keng tarqalganligini ko„rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ham shunday hol ko„zatiladi.Jumladan, “Moliyaviy menejment” kitobida unga quyidagicha ta‟rif beriladi: “Risk - tavakkalchilik - bu bashorat qilinayotgan variantlarga nisbatan daromad ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lish ehtimoliyatidir. “Zamonaviy biznesda tavakkalchilik” kitobida: tavakkalchilikka ma‟lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida qo„shimcha xarajatlarning paydo bo„lishi yoki daromadning olinmasligi hamda tashkilot tomonidan o„z resurslarini yo„qotish ehtimolligini anglash deb ta‟rif beriladi.Yuqorida keltirilgan barcha ta‟riflardan: “tavakkalchilikni xavf-xatar, zarar ko„rish holati” - degan xususiy xislatini ajratib ko„rsatish mumkin bo„ladi. Lekin keltirilgan ta‟riflar tavakkalchilikning barcha mazmuni va mohiyatini to„liq ifodalay olmaydi.
Tavakkalchilik” ta‟rifini to„liq belgilash uchun, oldin “tavakkalchilik vaziyati” tushunchasiga ta‟rif berishimiz kerak, chunki bu bevosita “tavakkalchilik” atamasi mazmuni bilan uzviy bog‟liqdir.
Biz rus lug„atida qabul qilingan “risk” so„zini “tavakkalchilik” deb tarjima qildik. Bu atamaga yana ekvivalent o„zbek tilida «qaltislik» va «risk»ni o„zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so„zi «Risk»ni to„la mazmunini o„zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o„zbek tilida qaysi so„zni tanlashni ko„rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb ta‟rif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to„sqinlik qilishi mumkin.
Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida o„rin tutadi.Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik ya‟ni mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bo„lmagan vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo„ladi.
Agar u yoki bu vaziyatni ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo„lsa u tavakkalchilik vaziyati bo„ladi.
Tavakkalchilik vaziyatlardan «chiqish uchun», subyekt tanlov o„tkazadi va uni amalga oshirishga harakat kiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o„z ifodasini topadi. Subyektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o„z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo„lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo„ladi.Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik konkret ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan subyekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Bunday sharoitda «Bozor va tavakkalchilik» kitobida keltirilgan «tavakkalchilik» tushunchasining ta‟rifi ancha to„liq ifodalanadi. Tavakkalchilik- bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo„lgan holdan ham yomon vaziyatda bo„lish imkoniyati mavjud bo„lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (xatti-harakat)dir. Bu ta‟rifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.
Bizning fikrimizcha tavakkalchilikning ancha to„liq ta‟rifi «Tavakkalchilik va uning jamiyat hayotidagi roli» kitobida berilgan.
Tavakkalchilik- bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog„liq jarayonda ko„zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir.
«Tavakkalchilik»- hodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o’zaro bog’liq bo„lgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko„rsatish mumkin:
-tanlangan muqobillikni (alternativni) amalga oshirish maqsadida ko’zlagan maqsaddan chekinish mumkinligi;
-ko„zlagan natijaga erishishning ehtimolligi.
-ko„zlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo‟qligi)-muqobillikni noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog„liq moddiy, ma‟naviy va boshqa yo„qotishlarning mavjudligi.
Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy xislatda bo„lishi mumkin.
Ko’rsatib o’tilgan elementlar, ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta‟sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namayon bo„ladi.
Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikga uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir.
Tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi xislatlar:
1.Qarama-qarshilik (zidlik)
2.Alternativlik (muqobillik)
3.Noaniqlik (mavxumlilik)
Qarama-qarshililik- tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo„lib u turli qarashlarda namoyon bo„ladi.
Tavakkalchilik- faoliyatining xilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yo„naltirilgan bo„ladi. Shu bilan bir qatorda u konservatizm, do„g„matizm, qoloqlik kabi jamiyat tarakkiyotga ruhiy to„siqlarni bartaraf etadi. Tugamoq bo„luvchi ruhiy to„siqlarni bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga qarshilik jamiyat taraqqiyotiga tormoz qiluvchilarga qarshi muvoffaqiyatni ta‟minlashga yo„naltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga tashabbuskor ijtimoiy eksprimentlarni yangi g„oyalarni amalga oshirishni ta‟minlaydi.
Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma‟naviy ruhiy oqibatga sabab bo„ladi chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta‟minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta‟sir etadi. Ikkinchi
tomondan, tavakkalchilik avaityurizm, valyuntarizm, subyektivizimga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi.
Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to`qnashuvida namoyon bo„ladi. Masalan u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo„lni tanlagan kishi o„zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa,
boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin.
Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar yo„nalishlar harakatlar orasidan o„ziga mos - keluvchi variantni
tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo„lmasligi, tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo„lmasa u yerda tavakkal harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo„lmaydi.
Tavakkal vaziyatning aniq mazmuniga bog„liq xolda alternativlik turli darajada murakkablikga ega bo„ladi va u turli usullarda hal etiladi. Agar oddiy vaziyatlarda tanlov amalga to‟plangan tajriba va ichki xis-tuyg„uga asoslansa, murakkab vaziyatlarda qo‟shimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish zarur. Tavakkalchilikni mavjudligi bevosita o„z mazmun shaklining xilma-xiligi bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog„liq.
Tavakkalchilikning bu xislatiga tavakkalchilik manbaalarini o„rganayotganimizda batafsil to‟xtalamiz. Bu erda biz faqat «tavakkalchilik»ni ishonchsiz va bir xillikni inkor etuvchi noaniqlikni «bartaraf etish»usullari sifatida qarab chiqamiz.
Tavakkalchilikni bu xislatiga e‟tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, qolaversa gap qandaydir
noaniqliklarni to„liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo„lmagan), balki ratsional alternativni tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.
Tavakkalchilik- bu mumkin bo„lgan noaniqliklarda ma‟lum hajmdagi faoliyatni bajarish, ya‟ni bajariladigan ishlar natijasiga zarar yetkazuvchi har xil ziyonlar yoki katta hajmda daromad olish imkoniyatidir.
Ko„p hollarda tadbirkor ma‟lum bir tavakkal asosida ishlab chiqarishga majbur. Majburiy tavakkalchilikda tavakkalchilikni boshqarish uchun mumkin bo„lgan noaniqliklarni bartaraf etishga intilinadi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o„tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma‟lum bir tavakkalchilikga tayaniladi.


Download 369,03 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 369,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug’urta munosabatlarining turlichaligining tartibga solish va o’zaro bog’liq yagona tizimini shakllantirish uchun sug’urtani turkumlash zarurdir

Download 369,03 Kb.