Kirish Vijdon erkinligining kafolatlari. Vijdon erkinligining kanstitutsiyaviy asoslari. O’zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati Asosiy




Download 183,67 Kb.
bet3/3
Sana11.01.2024
Hajmi183,67 Kb.
#134810
1   2   3
Bog'liq
Dinshunoslik
INFORMACIYANÍ QORǴAWDÍ SHÓLKEMLESTIRIW HÁM PROGRAMMALÍQ QURALLARÍis (3), Elektronikadan slayd jumisi, 4-курс АХ Кундузги, 2-Лекция (1), BAXTIYAR Tarmoq xavfsizligi, Ismailov Asror 7.8.9, 7-MA\'RUZA, Tu\'rli xaliqlar kesteshiligi (2), 1. Ilmiy loyiha, УР ВИНСЕРВЕР ЛАБ 5, ta lim jarayonida infografika texnologiyasining o rni va uning ishlab, Astronomiya(2013), Xakimova Navruza 304-19 DI 5-lab, Sardorbek mustaqil ish, 3 томонлома шартнома битирувчи уз
Vijdon erkinligi – fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqi. Vijdon erkinligi huquqi BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1981-yil 25-noyabrda qabul qilingan 36–55-son Rezolyutsiyasida belgilangan insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 35-moddasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi”, deb qayd etilgan. Vijdon erkinligi demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismidir; u fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng huquqligi, barcha diniy konfessiyalarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyat yoʻqligi, diniy idora ishlariga davlatning aralashmasligi, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish mumkin emasligini ifoda etadi. Vijdon erkinligi dindorlarning diniy his-tuygʻularini haqoratlamagan holda diniy mutaassiblik, jaholatparastlik, da’vat va nizoga, ekstremizmga, qonuniy davlatga qarshi diniy partiya, jamoa, uyushma, harakat va jamgʻarmalar tuzilishiga qarshi tashviqot va targʻibot ishlarini olib borish erkinligini ham kafolatlaydi. Mazkur qonunning 1- va 4-moddalari fuqarolar oʻzlarining dinga boʻlgan munosabatini erkin belgilash, marosim va udumlarni bajarish hamda qonun oldida barchaning dinga boʻlgan munosabatlaridan qat’i nazar tengligiga kafolat beradi. Oʻzbekistonda din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, shuningdek, kuch ishlatishni targʻibot qilish, millatlar va diniy tashkilotlar orasiga nizo solish uchun dindan foydalanish va konstitutsiyaviy tuzum asoslariga qaratilgan harakatlar man etiladi. Rasmiy (qonuniy) maqomga ega diniy tashkilotlarning dinni targʻib etishda OAV va matbuotdan foydalanish erkinligi ham qonun doirasida kafolatlanadi. Masalan, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi oʻz gazeta va jurnallariga, nashriyot va kutubxonasiga ega boʻlib, ularni tarqatishda aloqa muassasalaridan bemalol foydalanmoqda. Hozirgi davrda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya – uyushma mavjud boʻlib, bularning eng yiriklari islom, pravoslav va yahudiylikdir. Ular ixtiyorida masjidlar, madrasalar, sinagogalar, cherkovlar, jurnal va gazetalar bor. Bugun Oʻzbekiston musulmonlaridan minglab fuqarolar haj ziyoratiga, umra safariga bemalol borib kelmoqdalar. Barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligi talablari va tamoyillarini amalga oshirish imkoni toʻla ta’minlanib, u jamiyatimiz ma’naviy hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala boʻlib, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar turadi. BMT Nizomidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning Konstitutsiyasi va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston davlatining din sohasidagi siyosati ana shu deklaratsiyaning asosiy tamoyillariga mos tushadi. Dunyoviy davlatimizning din sohasidagi siyosati turli dunyoqarash, e’tiqodda boʻlgan kishilar oʻrtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat oʻrtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini nazarda tutadi. Davlat qonunlarida diniy e’tiqod har kimning xususiy ishi deb belgilangan. Ayni vaqtda “Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi. Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi” (67-modda).
Download 183,67 Kb.
1   2   3




Download 183,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish Vijdon erkinligining kafolatlari. Vijdon erkinligining kanstitutsiyaviy asoslari. O’zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati Asosiy

Download 183,67 Kb.