Kirish Vijdon erkinligining kafolatlari. Vijdon erkinligining kanstitutsiyaviy asoslari. O’zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati Asosiy




Download 183,67 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2024
Hajmi183,67 Kb.
#134810
1   2   3
Bog'liq
Dinshunoslik

Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1991-yil 14-iyunda qabul qilingan, 1998- yil 1- mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega" (35-modda). Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi boʻyicha, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra, dinga munosabatidan qatʼi nazar fuqarolarning tengligi taʼminlanadi (4-modda). Ushbu qonunda taʼkidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning oʻz diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targʻibot olib borishda, millatlararo adovat uygʻotishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi oʻrtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa gʻarazli maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. DINIY E’TIQOD – insonning dinga bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zR Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirish yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek, 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998 yil 1 mayda o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda ushbu konstitutsiyaviy qoida rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi: «O’zbekistonRespublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek Qonunning 3-moddasida «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekistonRespublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar» deyilgan. Vijdon — axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, oʻz xattiharakatlari uchun axloqiy masʼuliyatni anglash. Vijdon shaxsning axloqiy jihatdan oʻz-oʻzini nazorat qila olish, oʻzida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda oʻzidan uni ado etishni talab qilish va oʻz xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. V. dastlabki axloqiy mayl boʻlib, tashqi taʼsir tufayli rivojlanishi yoki soʻnishi mumkin. U ehtiros, hissiyot shaklida shaxsning oʻz xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon boʻlish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon boʻladi. Vijdon yaxshilik, burch, baxt, halomik kabi boshqa axloqiy tushunchalar bilan bogʻliq. Jamiyatning rivojlanishi, maʼnaviy, axloqiy yuksalishi bilan Vijdon tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon erkinligi tushunchasi Vijdon tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi. Vijdon erkinligi tabiiy huquq va erkinliklar sirasiga kiruvchi, har bir shaxsning ajralmas huquqlaridan biridir. Vijdon erkinligi insonning asosiy erkinliklaridan bo‘lsa-da, qonunda o‘z ifodasini topib, muhofaza ostiga olingandagina chin ma’noda huquq darajasiga ko‘tariladi. Aks holda shaxsning qalb kechinmalarini ifodolovchi bu huquq haqiqiy ma’nosini yo‘qotadi.Bu erkinlik deyarli barcha davlatlarning konstitutsiya va qonunlarida, Vijdon – insonga xos yuksak ma’naviy fazilat, kishining oʻz xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat hissini anglatuvchi tushuncha. Vijdonli inson har bir qilgan ishi, odamlar bilan boʻlgan muloqoti, faoliyati va fikrlarini sarhisob qiladi. Nohaqlikka, adolatsizlikka murosasizlik bilan qarshilik koʻrsatadi. Vijdonning shakllanishida ijtimoiy muhit, oila va jamiyatdagi ta’lim-tarbiya, atrofdagi kishilarning madaniyati, axloq-odobi, dunyoqarashi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat shaxsni ezgu maqsad va amallarga undab, oʻz faoliyatiga xolisona, toʻgʻri baho berishiga xizmat qiladi. Tajribada aslida vijdonsiz kimsaning voyaga yetib, oʻqimishli, katta odam boʻlib yetishganidan keyin vijdonli boʻlib qolganini uchratish qiyin. Vijdon insonning bilim darajasi, moddiy ahvoli, ijtimoiy mavqyei bilan belgilanmaydi, u yuksak ma’naviylik, komillik va tarbiya mahsulidir. Vijdon ma’naviyatdagi ta’sir doirasi gʻoyat keng tushunchalardan biri. Agar uyat hissi insonning tashqi muhit, jamiyatga bogʻliqligini ifodalasa, vijdon uning botiniy olamini, qalb tugʻyoni, ichki ruhiy iztirobini namoyon etadi. Ba’zan jamiyat talablari bilan vijdon oʻrtasida ixtiloflar paydo boʻlishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat talablarining oʻtkinchilik xususiyati, ma’lum ma’noda eskirgani yaqqol namoyon boʻladi. Zero, vijdon koʻzga koʻrinmas, lekin ta’siri va ahamiyati jihatidan ulkan ma’naviy-axloqiy hodisadir. Ba’zi hollarda, vijdon tushunchasi oʻrnida iymon iborasi qoʻllanadi. Iymon aslida diniy tushuncha boʻlsa-da, hayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida qoʻllanadi. Masalan, "iymonli odam" deganda, uning nafaqat diniy e’tiqodi, balki, avvalo, vijdonli, halol, rostgoʻy inson ekani nazarda tutiladi. Shu ma’noda, vijdon va iymonni bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlgan egizak tushunchalar deyish mumkin. Diniy e’tiqodga munosabat "Vijdon erkinligi" deb yuritilishi ham bu ikki tushunchaning oʻzaro mushtarakligidan dalolat beradi. Ba’zi adabiyotlarda vijdon tushunchasining "subyektiv" hodisa sifatida talqin etilishi hamda adolat, burch, nomus singari tushunchalarning unga nisbatan ustunligini asoslashga urinishlarni uchratish mumkin. Vaholanki, vijdonsiz odamning adolatparvar, sadoqatli, or-nomusli inson boʻlishi amrimahol. Vijdon eng avvalo, oʻzgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni teran his etishni taqozo etadi.
Download 183,67 Kb.
1   2   3




Download 183,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish Vijdon erkinligining kafolatlari. Vijdon erkinligining kanstitutsiyaviy asoslari. O’zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati Asosiy

Download 183,67 Kb.