Qatorda axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir




Download 21.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.04.2024
Hajmi21.68 Kb.
#187770
Bog'liq
davom-2



qatorda axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir
ko’rsatishning avj olishi kabi alohida xavfni ham yuzaga keltiradi.
Hozirgi kunda shaxs axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlanganlik darajasini
sotsiologik o’rganish, yangi konsepsiyalar bilan boyitish bugungi ijtimoiy
taraqqiyot bosqichi uchun o’ta muhim vazifa hisoblanadi. Demak, hozirda har bir
axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega ekan, ongi va dunyoqarashi
shakllanayotgan yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash ko’pchilikni
o’ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni ta’qiqlash
bilan muammo hal bo’lmaydi.
Ma’lumki, hozirgi zamon yoshlarining hayotiy tushuncha va tasavvurlarini,
asosan, internet shakllantirmoqda. Bu esa ta’lim-tarbiya muassasalarining ish
faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda. Axborotning katta oqimi sharoitida inson
o’zini erkin his eta olishi uchun axborot madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu
o’rinda axborot madaniyati deyilganda ta’lim, ilmiy bilish va faoliyatning boshqa
turlari davomida yuzaga keladigan axborotga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga qa-
ratilgan bilimlar, o’quv va ko’nikmalarning tizimlashtirilgan yig’indisi tushuniladi.
SHuning uchun ham mazkur muammo faqatgina ma’lum bir davlat chegaralaridan
chiqib, global xarakterga ega bo’ldi.
Axborotni tanlash va undan unumli, to’g’ri foydalanish esa insonning ong darajasi
bilan bog’liq. Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa, o’z navbatida,
borliqdagi voqea-hodisalar mazmun-mohiyati bilan mutanosib bo’lishi darkor.
SHuning
uchun,
birinchi
navbatda,
axborot
olayotgan
kishi
uni
mutlaqlashtirmasdan, o’z shuuri darajasida tahlil qilib, so’ng qabul qilishi lozim.
Zamonaviy jamiyatning farqli belgilaridan biri – bu o’sib kelayotgan yosh
avlodni tevarak atrofda bo’layotgan o’zgarishlarga doimiy moslashtirib borish
hisoblanadi. sivilizatsiyaning rivojlanishida uning asl mohiyatini oldin qanday
bo’lganligi bilan taqqoslaymiz. Uning o’ziga xoslik belgilari uzluksizlik,
shiddatlilik, global xarakterlilikdir. Axborotlashtirish asrida axborot xurujining avj
olishi, ayniqsa, yoshlarda axborot olish madaniyati, o’qish madaniyatini
shakllantirishni taqozo etadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha,1 bugun axborot shiddat bilan yangilanib, hajmi
oshib bormoqda. Natijada, bilimning o’sish sur’ati ilgarilab ketmoqda. Amerikalik
muhandis, matematik va birinchilardan bo’lib axborot nazariyasini yaratgan olim
Klod Shennon axborotni
«oydinlashtirilgan mavhumlik», – deya ta’riflagan. Buning ma’nosi shundan
iboratki, axborotni qabul qilib inson yangi bilimlar bilan tanishadi, ilgari mavhum
bo’lgan narsalarni anglaydi, savollariga javob topadi. Bu tugamas va doimiy
jarayondir.
Bugun kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ulkan hajmdagi axborot resurslaridan
oqilona foydalanishda jamiyat va inson uchun axborot madaniyati fenomenining
global ahamiyatini anglash talab etiladi. Axborot madaniyati fenomenining paydo
bo’lishining asosiy faktorlari bu axborotlashtirish asriga o’tishning universal
ijtimoiy muhim kategoriyalari, ya’ni axborot hajmining o’sishi, jamiyatni


axborotlashtirish, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, axborot jamiyatining
shakllanishi kabilar. Axborot olish madaniyatiga ega bo’lish – bu har bir inson
o’zligini anglashida o’z o’rni va vazifasini bilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan
fazilatlarini keng ko’lamda ochib berishdagi jarayondir.
Axborotlashgan
jamiyatda
kishilarning,
xususan,
yoshlarning
axborot
madaniyatiga, demakki, axborot almashinuvi madaniyatiga erishuvida axborot
savodxonligi bosqichi borligini ham nazardan qochirmaslik zarur. Axborot
savodxonligi «Axborotga bo’lgan ehtiyojni his qilish, uni topish, unga baho berish
va undan samarali tarzda foydalanish» uchun kerak bo’ladigan malakalar to’plami
sifatida ta’riflanadi. «Axborot savodxonligi» tushunchasini birinchi marta P.Zurkovskiy XX asrning
70-yillarida ish va kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda axborot
resurslaridan to’g’ri foydalana olgan insonga nisbatan ishlatgan. «Axborot
resurslarini o’z hayot faoliyatida to’g’ri tatbiq qila olgan odamlarni axboriy-
savodxon deb atash mumkin» deydi. Keyingi o’n yilliklar davomida axborot
savodxonligi AQSHning kundalik hayotida, maktabda, ish joylarida eng faol
tushunchaga aylandi. Ushbu tushuncha evolyutsiyasiga rasmiy asos AQSH
Prezidenti ma’muriyatining axborot savodxonligi to’g’risidagi hisoboti bo’ldi.
Unga ko’ra «axboriy-savodxon inson deb axborotga talabni his qilgan, axborotni
qidirish, baholash va to’g’ri qo’llay olishni bilgan shaxsni atash mumkin. Hozirgi
kunda optimal qaror qila oladigan va demokratik jamiyatda to’liq qatnasha
oladigan har qanday zamonaviy shaxs axboriy-savodxon inson bo’lishi kerak»5
deyilgan.
Axborot savodxonligi bo’yicha xorij mamlakatlariga nazar solinsa, AQSH
kutubxonalar uyushmasida axborot savodxonligi masalasiga 1989 yildan buyon
jiddiy etibor qaratib kelinadi. Bu yo’lda AQSH prezidenti huzurida maxsus ishchi
guruh tuzilgan bo’lib, «Axborot savodxonligi» atamasi aynan mana shu ishchi
guruh faoliyati natijasida paydo bo’lgan. Bundan tashqari, guruh axborot
savodxonligi bo’yicha milliy forumning yaratilishiga sabab bo’lib, u o’z ichiga
yigirma beshtadan ziyod turli tashkilot va muassasalarni birlashtirgan.
Oxirgi bir necha yillar mobaynida umumiy axborot savodxonligini rivojlantirish
lozimligi jamiyatimizda yoshlar bilan ishlashning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib
kelmoqda. Fikr yuritish va axborotni baholash yangi mazmundagi axborot
savodxonligining markazidan o’rin olgan.
Axborot savodxonligi bo’yicha xorijiy mamlakatlarda standartlar ishlab chiqilgan.
Ushbu standartlarni 1998 yili Amerika maktab kutubxonalari uyushmasi va
Ta’limiy kommunikatsiya vositalari va texnologiyalari uyushmasi joriy etilgan.
Bular
jumlasiga
«Talabalarning ta’lim olishdagi axborot savodxonligi
standartlari»ni kiritish mumkin. Unda 12 yillik ta’lim tizimida tahsil olayotgan
o’quvchilar uchun o’rnatilgan axborot savodxonligi standartlari belgilab berilgan.
Mazkur standartlar o’rniga «O’quvchilarni qo’llab-quvvatlash: maktab
kutubxonalari dasturlari uchun yo’riqnomalar» deb nomlangan hujjat amalga
kiritilgan bo’lib, unda kutubxonaning texnologiyalar, amaliy o’rganish va bilim
olish dargohi sifatidagi ahamiyatiga alohida urg’u berilgan. Amerika Qo’shma
SHtatlarida qabul qilingan «XXI asr talabasi uchun standartlar» deb nomlangan


yo’riqnomada esa, talabalar malaka, manba va bilim olish vositalarini quyidagi
maqsadlarga yo’naltirishi lozimligi belgilgan. Bular: ma’lumot izlash, tanqidiy
o’ylash, bilim olish, xulosalar yasash, tegishli ma’lumotga asoslangan holda qaror
qabul qilish, bilimni yangi vaziyatlarga yo’naltirish, yangi bilimlarni yaratish, bilim
almashish va shaxsiy kamolot hamda estetik jihatdan o’sishga intilishdir. Mazkur
standartlar oliy ta’lim sohasidagi axborot savodxonligi masalalariga bag’ishlangan
bahs-munozalarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

Download 21.68 Kb.




Download 21.68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qatorda axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir

Download 21.68 Kb.
Pdf ko'rish