|
Kirish Vijdon erkinligining kafolatlari. Vijdon erkinligining kanstitutsiyaviy asoslari. O’zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati Asosiy
|
bet | 1/3 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 183,67 Kb. | | #134810 |
Bog'liq Dinshunoslik
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
NUKUS FILIALI
<>
<> ta’lim yo’nalishi
108-23 guruh talabasi Nozarboev Xudayberganning
<> fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajargan: Nozarboev X.
Qabul qilgan: Abdiev J.
Mavzu: Vijdon va e’tiqod erkinligining ta’rifi
Reja:
Kirish
Vijdon erkinligining kafolatlari.
Vijdon erkinligining kanstitutsiyaviy asoslari.
O’zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati
Asosiy
Xulosa
Adabiyotlar
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e`tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e`tiqodiga o’zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi.
Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e`tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta`minlanishini ham nazarda tutadi. Odamlar doim turli dunyoqarash va e`tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z e`tiqodi bo’ladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma`lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob`ektiv va sub`ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak. Din va e’tiqod masalalari inson ma’naviyatining uzviy qismidir. Mazkur masalalarning mazmun-mohiyati haqida chuqur va asoslangan bilimlarga ega bo‘lish hayotiy-amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, vijdon erkinligi har bir shaxsning tabiiy huquq va erkinliklar sirasiga kiruvchi ajralmas huquqlaridan biridir. Vijdon erkinligi insonning eng muhim haqlaridan bo‘lsa-da, qonunda o‘z ifodasini topib, muhofaza ostiga olingandagina chin ma’noda huquq darajasiga ko‘tariladi. Aks holda shaxsning qalb kechinmalarini ifodalovchi bu huquq haqiqiy ma’nosini yo‘qotadi. Konstitutsiyamizdagi norma asosida vijdon erkinligi uch jihatni anglatadigan huquqiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi:
— muayyan shaxs xudoga ishonishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi mumkin;
— xudoga va dinga ishonmasligi, ularga nisbatan betaraf bo‘lishi mumkin;
— dahriy, ya’ni hech bir dinga e’tiqod qilmaygina qolmasdan, balki ularni inkor etishi mumkin.
Bu vijdon erkinligi huquqi aynan shu masalalar bilan cheklanadi, degani emas. Odatda konstitutsiya davlatning asosiy qonuni hisoblanib, yoritiladigan normaning umumiy jihatlarini o‘zida qamrab oladi. Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarda norma kengroq yoritiladi va sharhlanadi. Konstitutsiyadagi 31-modda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasi birinchi va ikkinchi bandlarida kengroq ochib berilgan. Unda aytilishicha, “Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Fuqaro dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta’lim olishga nisbatan o‘z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi”. Demak, vijdon erkinligi faqat xudoga ishonish yoki ishonmaslikdan tashqari, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etish yoki etmaslik erkini, shuningdek, diniy ta’ lim olish yoki olmaslikni o‘z ixtiyori asosida belgilash huquqlarini ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga sodiqligi ifodasi sifatda vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat deb belgilandi:
— fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
— konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash;
— vijdon erkinligini ta’minlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish;
— vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
— jamoat tartibiga, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish;
— O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vijdon erkinligini, shuningdek, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organidir.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi normalarning qonunchilikka kiritilishi natijasida diyorimizda rasmiy fao liyat yuritayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyatlar yaratildi. Hukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o‘z faoliyatini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, O’zbekiston musulmonlari idorasining markaziy televideniye orqali ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni berib borishi, mashhur diniy arboblarning tavalludiga bag‘ishlangan anjumanlarning keng ko‘lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib o‘tish o‘rinlidir. Afsuski, yaratilgan imkoniyatlarga qaramay, xalqimizning bag‘rikengligini suiiste’mol qilgan ayrim toifalar siyosiy va ekstremistik maqsadlarni ko‘zlab, xalqimiz uchun yot g‘oya va qarashlarni yoqlab chiqishlari barobarida ulamolarni haqoratlash, imomlar bilan masala talashish, ularni obro‘sizlantirish hamda boshqa mazhab vakillariga shaklan taqlid qilish kabi holatlar kuzatilmoqda. O’z navbatida, amaldagi qonunchilikda bunday huquqbuzarliklarga nisbatan muayyan jazo choralari ham nazarda tutilgan. Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida vijdon erkinligi borasidagi qonunchilikni buzganlik uchun jazo sanksiyalari belgilangan. Xulosa qilib aytganda, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni hayotga tatbiq etish va sohaga oid amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish hamda ularga rahbarlik qilish, noan’anaviy diniy oqimlar yoyilib ketishining oldini olish, diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, shuningdek, diniy adabiyotlarni chop etish va tarqatish kabi diniy hayot barqarorligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni bajarish uchun zamon talablariga mos huquqiy mexanizm yaratildi. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqiga ega. Dinniy qarashlarni majburan singdirish mumkin emas. Yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning maqsadi vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solishdan iborat bo’lib, unda fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlangan. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an`anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishnimustahkamlashni, uni so’zma-so’z sharhlashga qat`iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib kеtdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi. Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa, bu so’z islomga nisbatan qo’llanila boshlandi. Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yo’nalishdan biridir (qolgan ikkitasi - traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining asosiy g’oyasi - «sof islom» printsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» yo’lini joriy etishdir. XX asrning 80-90-yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq sovetlardan keyingi hududda ham o’z aksini topdi. Bu davr jamiyat taraqqiyotida, bir jihatdan, diniy e`tiqodning ijtimoiy-madaniy hayotdagi tabiiy mavqei tiklanayotgan, ikkinchi tomondan, mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tug’ilishi vaqti bo’ldi. Asosiy qonunimizda yana shu narsa qat`iy qilib belgilab qo’yilganki, konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, Respublikaningsuvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma`naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi (57-modda). O’rta Osiyodagi respublikalar o’z mustaqilligiga erishishi va uning mustahkamlanishi davrida «islom omili», «islom uyg’onishi», «qayta islomlashish», «islom fenomeni» kabi iboralar tobora ko’proq ishlatilib, bu hol ularning beqiyos faollashuvini o’zida aks ettirdi. Bunga sabab sobiq Sovet davlatining mafkuraviy tasavvurlari va qadriyatlarining emirilib, muayyan vaqt davomida hosil bo’lgan ma`naviy bo’shliqni to’ldirish zarur edi. Kommunistik mafkura ma`naviy jihatdan qashshoq bo’lib, o’ziga xos mutaassibligi va muayyan millatlar manfaatlariga qarshi qaratilganligi bilan sho’ro hokimiyatidan keyingi makonda diniy fundamentalizm uchun qulay sharoit tug’dirdi. Sobiq ittifoqdagi hukmron partiyaning namoyandalari diniy jamoalarni xalqlarning aql idrokini egallash uchun kurashda o’zlarining raqibi deb hisoblashi dinning pinhoniyatga chekinishi va hatto uning muayyan ma`nodagi muxolif kuchga aylanishiga olib keldi. O’sha davrda dinning ta`qib ostida bo’lib kelgani, islom dinining eng salohiyatli ulamolari qatag’on qilinishi, minglab masjid va madrasalarning buzib tashlanishi diniy taassubni yo’qotishga emas, balki uning ildizlarini oziqlantiruvchi xatarli omillarning kuchayishiga olib keldi. Millatlar orasida o’zlikni anglash tuyg’usi, etnik jihatdan nasl-nasabini izlashga intilishlari beqiyos kuchaydi. O’zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo’l bilan musulmonlarni islohotchi davlatga ishonchini yo’qotishga urinishda o’zini namoyon etmoqda. Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar. Dinning yuksak rolini e`tirof etish bilan birga diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o’zini o’rab turgan dunyoga o’zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo’lmaganligini ham ta`kidlash mumkin. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon, u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan holda rivojlanib kelgan». Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e`tiqod erkinligiga asoslangan ko’p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro’sizlantirishga yo’naltirilgan sa`y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Prezidentimiz ta`kidlaganidek, «Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma`naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. Binobarin din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayotsinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o’tishlarida kuch bag’ishlagan. Umuminsoniy va ma`naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga etkazishga yordamga kelgan. Keyingi yillarda yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta e`tibor berilib, bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatiga aylandi. Ko’plab diniy bayramlarga ommaviy tus berildi, televidenie va matbuot tomonidan diniy masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an`analarga qiziqish kuchaydi. Bundan foydalanib, ba`zi g’arazli shaxslar ma`lum manfaatlar evaziga chet eldan yurtimizga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik oqimlar «da`vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag’ va diniy adabiyotlar bilan ta`minlandilar. Bu harakatlar tezda o’z оqibаtini ko’rsаtdi. Farg’ona vodiysi va Toshkent shahrida uya qurib olgan «Vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga etib borishga ulgurgan «Hizbut tahrir» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-fasod harakatlari shundan darak beradi. Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yassaviylar ta`limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kirish Vijdon erkinligining kafolatlari. Vijdon erkinligining kanstitutsiyaviy asoslari. O’zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati Asosiy
|