Kislotalarning ishlatilishi




Download 141,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.11.2023
Hajmi141,73 Kb.
#102551
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kislotalarning ishlatilishi1.docx1

Xlorid kislota. . Xlorid kislota xloridlar olishda, yelim ishlab chiqarishda, karbonat 
angidrid olishda, bo‘yoqlar tayyorlashda, laboratoriyada xlor olishda, tibbiyotda, 
kimyo laboratoriyalarida, ko'nchilik sanoatida (xom teriga ishlov berishda), 
metallarning sirtini oksid pardadan tozalashda, oziq-ovqat sanoatida glukoza 
olishda ishlatiladi. 
Xlorid kislota gummirlangan, ya’ni ichki yuzasiga kislotabardosh rezina qoplangan 
sisterna va bochkalarda, shuningdek, shisha va polietilen idishlarda saqlanadi 
hamda tashiladi. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi.Xloridlarning ko'pchiligi 
suvda eriydi, kumush xlorid AgCl, mis (I) xlorid CuCl, simob (I) xlorid Hg2Cl2 suvda 
erimaydi. Qo‘rg‘oshin 
xlorid PbCl2 juda oz eriydi. Lekin issiq suvda yaxshi 
eriydi.Xloridlar orasida eng yomon eriydigani kumush xloriddir. Shuning uchun 
xlorid kislotani va xloridlarni (ya’ni Cl ionini) topishda AgNO3 reaktiv sifatida 
ishlatiladi: 
HCl + AgNO3 = AgCl↓ + HNO3 
FeCl3 + 3AgNO3 = Fe(NO3)3 + 3AgCl↓ 
Xloridlarning eng muhimlari quyidagilardir: 
Natriy xlorid ( (boshqa nomlari: osh tuzi, toshtuz, oshtuz, galit) NaCl tabiatda eng 
ko‘p tarqalgan tuzlardan biri, qaynash temperaturasi 1413 °C, suyuqlanish 
temperaturasi = 800,4 °C, solishtirma massasi 2,16 ga teng. 100 g suvda 0 °C da 35,6 
g NaCl eriydi. 
Osh tuzi xlor olishda, natriy ishqori, natriy metali, vodorod xlorid, soda ishlab 
chiqarishda asosiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi, bo'yoqchilikda. sovun pishirishda 
va boshqa sohalarda ham ishlatiladi. Kaliy xlorid KCl – qimmatli kaliyli o‘g‘it, va 


potash ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqadaryo 
viloyatining Tubokat va Surxondaryoviloyatining Xo‘jaikon konlarida qazib olinadi. 
Rux xlorid ZnCl2 dan yog‘ochni chirishdan saqlash maqsadida unga shimdirish 
uchun foydalaniladi; kavsharlashda metall sirtini ho‘llash uchun ishlatiladi (bunda 
metall sirtidagi oksid parda yo‘qoladi va kavshar metallga yaxshi yopishadi); 
ZnCl2∙nH2O tarkibli kristallgidratlari ma’lum. 
Bariy xlorid BaCl2 − zaharli modda, qishloq xo‘jaligi zararku- nandalariga qarshi 
kurashda ishlatiladi. 
Kalsiy xlorid CaCl2 − nihoyatda o‘ch bo'lganligi uchun laboratoriyalarda gazlarni, har 
xil organik moddalami quritish uchun ishlatiladi. Bu vaqtda kristallgidrat 
CaCl2∙6H2O hosil bo'ladi. Tibbiyotda keng ko‘lamda ishlatiladi. 
Aluminiy xlorid AlCl3 (suvsiz) ko‘pincha organik sintezlarda katalizator sifatida 
foydalaniladi. 
Simob (II) xlorid, boshqacha aytganda, sulema HgCl2 − kuchli zahar; bu tuzning 
juda suyultirilgan eritmalari kuchli ta’sir etuvchi dezinfeksiyalovchi vosita sifatida 
ishlatiladi; urug‘larni dorilashda, terini oshlashda va organik sintezda ham 
foydalaniladi. 

Download 141,73 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 141,73 Kb.
Pdf ko'rish