• I BOB. KASALXONA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISHNING PREDMET SOHASI TAHLILI 1.1. Kasalxona ma’lumotlar bazasi tahlili
  • Kiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/28
    Sana23.12.2023
    Hajmi2,11 Mb.
    #127300
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
    Bog'liq
    MBB Loyiha ishi uslubiy ko`rsatma (2)

    Loyiha ishining maqsadi. Ushbu loyiha ishini tayyorlashda asosiy masala 
    kasalxona ma’lumotlar bazasini yaratish boʻlib xizmat qiladi. Ya’ni kasalxona 
    xodimlarining 
    ishini 
    yengillashtirish 
    va 
    ularning 
    tizimiga 
    kamchilik 
    yetkazmasdan elektron kasalxona axborot tizimi yaratishdir. Loyiha ishi davomida 
    ma’lumotlar bazasi sifatida MongoDB, hamda HTML, JavaScript, eJS, Node JS 
    dasturiy vositalaridan foydalanish koʻnikmalarini hosil qilish. 


    36 
    I BOB. KASALXONA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISHNING 
    PREDMET SOHASI TAHLILI 
    1.1. Kasalxona ma’lumotlar bazasi tahlili 
    Ushbu loyiha ishini predmet sohasi sifatida kasalxona ma’lumotlar bazasi 
    tanlab olingan. Kasalxona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishda kasalxonada 
    yangi va tajribali mutaxassis shifokorlarni ishga olish, mavjudlarini ishdan 
    bo‘shatish, yangi bemorlarni qayd etish va davolanganlirini arxivda saqlash, ularga 
    biriktirilgan doktorlar, beriladigan dorilarni qayd etib borish, kasalxonaga olib 
    kelinayotgan dori-darmonlar hisob-kitobini yuritish tizimini uchun online 
    tizimlarning tartibi, uslubi, tuzilishi, ish faoliyatini o‘rganib chiqiladi. O‘rganib 
    chiqilgan ma’lumotlarga asosan ma’lumotlar bazasi loyihalashtiriladi. Loyiha ishi 
    predmet sohasining vazifasi kasalxona ma’lumotlar bazasini yuritish, ma’lumotlar 
    bazasini saqlab borish, joiz bo‘lsa ma’lumotlarni o‘zgartirish va o‘chirish uchun 
    ma’lumotlar bazasini shakllantirish va tizim ish faoliyatini avtomatlashtirish, 
    bemorlar talabini qisqa vaqtda amalga oshirish, xodimlar ishini osonlashtirish, 
    hisob-kitob jarayonlarini tezlashtirish va oshiqcha qog‘ozbozlikka barham berish 
    va boshqalardan iborat bo‘ladi. 
    1. Aniq malumotlarni hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan 
    cheklanadi. Bunday hollarda faqat bazibir obektlarni o‘rganishgina qiziqish 
    uyg‘otadi. Bunday obektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi. 
    2. Hech bir inson inkor qilolmaydiki, hozirgi kunda axborot texnologiyalari 
    asrida yashayapmiz. Vaholanki, o‘zimizga tegishli yoki ish faoliyatimizga tegishli 
    ko‘pgina axborotlarni elektron tarzda olib yuramiz. Qolaversa, dunyo aholisining 
    kattagina qismi kundalik hayotda ulkan hajmdagi axborotlar majmui bo‘lgan 
    internet tarmogidan foydalanadi. Biz foydalanadigan axborot hajmi kattalashib 
    borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi. Savol kelib chiqishi 
    tabiiyki, qanday qilib internet tarmogidagi qidiruv saytlari biz qidirgan axborotni 
    sekundlar ichida minglab muqobillari bilan birga topib beradi? Qanday qilib 
    normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamidan iborat elektron axborot tizimlari bizning 


    37 
    so‘rovga mos hujjatlarni bir lahzada topib beradi? Javob oddiy, bularning hammasi 
    berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (keyingi o‘rinlarda BBBT) orqali amalga 
    oshiriladi. BBBT uchun ko‘p dasturiy taminotlar ishlab chiqilgan, misol uchun 
    relyatsion: SQL Server, Oracle, MySQL, MS Access va norelyatsion: MongoDB, 
    MariaDB va hokazolar. 
    Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishda 4 ta jadvaldan foydalanilgan: 
    − Hodimlar 
    − Bemorlar 
    − Dori-darmonlar 
    − Yetkazib beruvchilar 
    Ushbu jadvallar quyidagi jadvaldagi ko‘rinishdagi ustunlarga ega: 
    1.1 – jadval. Kasalxona ma’lumotlar bazasining predmet sohasi. 
    Xodim 
    - F.I.Sh 
    - Telefoni 
    - Lavozimi 
    - Rasmi 
    - Maoshi 
    - Manzili 
    - Bemorlari 
    - Ish_vaqti 
    Bemor 
    - F.I.Sh 
    - Telefoni 
    - Rasmi 
    - Yoshi 
    - Doktori 


    38 
    - Dorilari 
    - Manzili 
    - Kelgan_vaqti 
    Dori-darmon 
    - Nomi 
    - Yetkazib_beruvchisi 
    - Tarifi (turi) 
    - Narxi 
    - Miqdori 
    - Rasmi 
    Yetkazib beruvchi 
    - Nomi 
    - Rasmi (logo) 
    - Dori_turi 
    Kasalxona tizimlarini chuqur tahlil etish natijasida kasalxona ma’lumotlar 
    bazasining predmet sohasini yuqoridagicha shakllantirishga qaror qildim va 
    kasalxona uchun online tizim yaratish mobaynida ma’lumotlar bazasi dasturiy 
    ta’minoti sifatida zamonaviy norelyatsion ma’lumotlar bazalaridan biri bo‘lgan 
    MongoDB va dasturiy ta’minot sifatida HTML, ejs va JavaScriptlardan 
    foydalandim. Ma’lumotlar bazasi va dastur o‘rtasida bog‘lanish Node JS 
    yordamida amalga oshirilgan. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish