Yangi materiallardan tikiladigan kiyimlarni konstruksiyalash




Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana11.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#34053
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
61, Maxsulotlarni serifikatlash, 11.05, amaliy mashg\'ulot 1, Abduvaxobov Toxirjon, Husanboy BMI , Samatov B. O.P, anvar kurs ishi, MY k kr, b2.1 Lernworschatz
Yangi materiallardan tikiladigan kiyimlarni konstruksiyalash. 
Tikilgan kiyimlar assortimentini ko’paytirish va yangilash kiyim tikiladigan 
materiallarga bog’liq. Erkaklar kiyimi tabiiy va sun’iy iplardan tukilgan 
materiallardan tikiladi; tabiiy ipga sun’iy ip aralashtirilib tukilgan gazlamalar 
hammadan ko’p ishlatiladi. Xossasi va strukto’rasi dinamik ravishda 
takomillashtirilayotgan materiallar jumlasiga kiradigan sun’iy charm, zamsha, 
mo’yna, trikotaj va notukima materiallar gazlamalardan fizik-mexaniq xossalari 
jihatidangina emas, balki koliplanuvchanlik xossasi jihatidan ham farq qiladi. 
Fizik-mexaniq xossalar materialning vazifasini belgilab bersa, qoliplanuvchanlik 
xossasi forma hosil qilish usulini belgilab beradi. 
Yangi materiallarni qoliplanuvchanlik xossasi jihatidan ikki gruppaga ajratish 
mumkin.
1. Sun’iy charmlar, mo’ynalar, zamsha, oshlangan teri, parda qoplangan va 
shunga o’xshash boshqa materiallar kiritiladi.
2. Trikotaj polotno va notukima materialar. 
Birinchi gruppaga mansub materiallardan kiyimlar tikishni loyihalashda 
gavdaga yopishib to’radigan va murakkab bichimlardan foydalanmaslik kerak. 
Havo almashinuvini yaxshilash maqsadida bunday kiyimlar bloqli, xilpirama 
koketkali qilinadi va yo’g’on igna bilan qavib tikiladi. Nam o’tkazmasligi uchun 
kiyimning yelka qismiga pat, pagon tikiladi. 
Kiyimga shakl berish uchun vitachkalar, bo’rtma baxyalar, qirqma koketka, 
yirmoch va shu kabilardan foydalaniladi. Kiyimni oldi va orqasi to’kis bo’lishi 
uchun yelka choki orqa va old yoqa o’mizlari vitachkali qilinadi. 
Yengning old va tirsak choklari perekat chizig’i tomon siljitiladi, yeng 
boshiga vitachka qilinadi. Bunday kiyimlarning yenglari, ko’pincha, ikki yoki uch 
chokli qilib bichiladi. Yoqalarni kesik stoykali qilish tavsiya etiladi. 
Oshlangan teridan iborat materialdan sun’iy mo’yna va charmdan tikiladigan 
kiyimlarda choklar sonini iloji boricha kamroq qilish kerak, yon tomonda esa 
umuman, chok bo’lmagani ma’qul bortlar yaxlit bichilishi, yenglar bir chokli 
bo’lishi kerak. 
Yoqa, cho’ntaklar, manjet, koketka va boshqa mayda detallarni loyihalashda 
burchaklarni ravon egri chiziq bo’yicha dumoloqlash tavsiya etiladi. Shuning 
uchun 50% sun’iy tola qo’shib tukilgan materialdan tikiladigan plashning tipavoy 
formasida belgilangan. Bu plash to’g’ri bichimli bo’lib, bari to’g’ridan 
tugmalanadi, orqasida yirmochi bor, cho’ntakning og’ziga tor tasma ko’rinishidagi 
jiyak tutiladi, yoqasi kesik stoykali, yengi uch chokli. Plashning old va orqa 
yarmining chizmalarini chizishda to’g’ri bichimli paltoni konstruksiyalash tipovoy 
metodikasidan, yenglar uchun uch chokli yengni konstruksiyalash tipovoy 
metodikasidan va yoki uchun kesik stoykali yoqani konstruksiyalash tipovoy 
metodikasidan foydalaniladi. Muynadan tikiladigan kiyimlarni loyihalashda 
mo’yna tukining uzun-qisqaligi, teri qatlamining qalinligi hamda plastikli 
xossalarini, teri gajaklarining joylanishi terining katta-kichikligiga va hakozolarni 
nazarda to’tish kerak. Kiyimning to’kisligi uchun tashlab ketiladigan chok haqi 


teridagi jun qatlamining qalinligiga bog’liq, mo’ynaning tuklari qancha uzun, jun 
qatlami shuncha qalin bo’lsa, shuncha kam haq tashlash lozim.
Trikotaj kiyimlarda uning to’rli qismlarini salgina burib choklash ko’zda 
tutiladi. Juda chuziluvchan trikotajdan tikiladigan kiyimning detallariga shakl 
berish uchun yelka choklari, yon choklari va yeng o’mizi sohasini bir oz burish 
kerak bo’ladi.



Download 1.31 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi materiallardan tikiladigan kiyimlarni konstruksiyalash

Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish