Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari




Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana11.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#34053
TuriReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
61, Maxsulotlarni serifikatlash, 11.05, amaliy mashg\'ulot 1, Abduvaxobov Toxirjon, Husanboy BMI , Samatov B. O.P, anvar kurs ishi, MY k kr, b2.1 Lernworschatz
Pidjak tipidagi yoqa. 
 
Bunday tipdagi yoqalar erkaklar komtyumiga o’xshash ayollar kostyumida 
ham, shuningdek ko’ylaklarda va bluzkalarda ham keng tarqalgan. 
Pidjak tipidagi yoqalarning konstruktiv jihatdan tuzilishi biroz murakkabroq 
bo’ladi. 
Yoqa chizmasi old bo’lak konstruksiyasi asosida tuziladi. Oldin bortning 
qaytariladigan chizig’i belgilab olinadi. Buning uchun bort kengligi va yuqori 
petlya o’rni aniqlanadi. Bortning qaytarma chizig’ining boshlanishi L nuqta yuqori 
petlyadan 1,5-2 sm balanda bo’ladi. 
Yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A

dan yelka qirqimining davomida yoqa 
qaytarmasining kengligi A

V o’lchanadi: A

V = 2÷3 sm. VV
1
= AA
4
bo’lak 
o’lchab qo’yiladi, bunda AA

ort bo’lak yoqa o’mizi bo’lib, u L va V nuqtalarni 
to’g’ri chiziq bilan birlashtirib, davomiga ni ort bo’lak chizmasiga santimetrli 
lentani qirrasi bilan qo’yib AA
4
chiziq bo’ylab o’lchanadi. 
LV chizig’ining old bo’lak yoqa o’miz chizig’i bilan kesishgan joyi F harfi 
qo’yib belgilanadi. 
F nuqtadagn FV
1
radiusli yoy o’tkaziladi. Bu yoyda yoqa qaytarmasining 
kengligiga ta’sir etuvchi V
1
V

bo’lagining katta-kichikligi gavdaning qomat-
rasoliga bog’liq bo’ladi. Masalan, to’pa –to’g’ri kekkaygan gavda uchun u 5 sm, 
normal tipovoy gavda uchun 6 sm, bukchaygan gavda uchun 7 sm bo’ladi. 
V va V

nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V

nuqtadan shu to’g’ri 
chiziqka perpendikulyar o’tkazib, unda yoqaning ko’tarma kengligi V
!
2
V

= 2÷3 
sm va qaytarma kengligi V
!
2
V

o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining kengligi 
fasonga binoan belgilanadi. Keyin yoqa qaytarmasining chizig’i V
4
V

yoqa uchlari 
burchagining chizig’i 
V
4
V

A
1
7
va adip qaytarmasining chizig’i A
!

V
!
5
L modelga 
binoan chizib olinadi. A
!
7
nuqtaning holati ham ixtiyoriy belgilanadi. Yoqa 
o’mizining o’yilishi A
7
A
»

fasonga bog’liq bo’ladi. 
Yassi yoqalar va fantazii yoqalar. 
Yassi (ko’tarmasi yo’q) yoqalar bo’yinga emas, yelkaga yopishib turadi. Bu 
yoqalarning yoqa o’miziga o’tkaziladigan chizig’i yoqa o’miz o’yig’ining 
chizig’iga mos keladi. Va uch xil tipdagi yassi yoqalar ko’rsatilgan : a) motroska 
tipidagi yoqa, b) o’zbekcha ko’ylakdagi shol yoqa, v) bo’yinga salgina yopishib 
turadigan uzun yassi yoqa. 
Har qanday shakldagi yassi yoqa konstruksiyasini hosil qilish uchun ort 
bo’lak bilan oldindan ko’krak vitachkasi ko’chirilgan old bo’lak andazalarini yelka 
qirqimlar bo’ylab birlashtiriladi. 
Yoqa fasoniga binoan yoqa o’miz o’yig’ining chizig’i belgilanadi. 
Motroscha yoqa qaytarmasining chizig’i uzluksiz chiziq bilan ko’rsatilgan. 
Yoqaning ort tomonidagi kengligi, yelka qirqimlar bo’ylab kengligi istalgancha 
ixtiyoriy belgilanadi. 
Shol yoqalarda va uzaytirilgan yoqalarda kichkinagina ko’tarma qilish 
mumkin. Bunda yoqaning tashqi ko’rinishi yaxshiroq bo’ladi. 


Masalan, o’zbekcha ko’ylakka shol yoqa qilish uchun old va ort bo’lak 
koketkalarining detallarini bir-biriga to’g’rilab, old va ort bo’laklar yoqa 
o’mizlarining yuqori nuqtasini ustma-ust keltirishigina kifoya bo’ladi. Ort bo’lak 
yelka qirqimi old bo’lak yelka qirqimidan yeng o’miz qirqimi bo’ylab 2÷4 sm o’tib 
turishi kerak. 
Yoqa o’miz o’yig’idan boshlab, ort bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab yoqaning 
istalgan kengligiga kichkina ko’tarma balandligi uchun ya’na 1,5 sm qo’shib 
o’lchab qo’yiladi. Agar yoqani bo’yniga ko’proq yopishib turadigan qilmoqchi 
bo’lsa, bunda yoqaning ko’tarma qirqimi bir oz to’g’riroq qilinadi. Buning uchun 
yoqani bo’laklarga kesib, ularni soat millariga qarshi yo’nalishda burib, yoqaning 
asosiy bo’lagi ustiga 2-bo’lagi 1-bo’lagi ustiga, 3-bo’lagi 2-bo’lak ustiga va hakozo 
o’tadigan qilib suriladi. Yoqa bo’laklarning qanchaga surilishi yoqa yaxshi 
turadigan bo’lguncha ixtiyoriy davom etadi..Yoqa konstruksiyasi bunday hal 
etilganda yoqa ko’tarmasi kengayadi, shuning uchun yoqa qaytarma chizig’i 
aniqlanishikerak bo’ladi.Hosil qilingan yoqa shaklini maketlik xom surp gazlama 
parchasida tekshirib ko’rilsa yomon bo’lmaydi. 
Shunday yo’l bilan olinishi mumkin bo’lgan o’zbekcha ko’ylak yoqa 
shaklining variantlari turli chiziqlar bilan berilgan. 
Uchli yoqa ham shunday yo’l bilan hosil qilingan.
Fantazii yoqa yassi yoqa chizmasining asosida hosil qilinadi. Buning uchun 
fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i o’zgartiriladi-da yoqani yoqa o’miziga o’tkazish 
chizig’i hosil qilinadi. Yoqa qaytarmasi chizg’ning shakli modelga binoan chiziladi. 
Yoqani o’mizga har xil usulda tikish mumkin. Quyidagi usul eng ko’p 
qo’llashadi, yoqa o’mizidan pastga,oldingi o’rta chiziq bo’yicha gazlama 0,5g’1 sm 
chuqurlikda kertiladi; bort osti (ilgak haqini ko’rsatib turgan chiziq bo’yicha) 
kiyimning o’ng tomonga qayirib qo’yiladi, so’ngra bort ostining bukilgan joyi 
(taxi)dan oldingi o’rta chiziqqacha mashinada tikib chiqiladi, bort osti teskarisiga 
qayirib qo’yiladi. Bortning cheti sirma qaviq solib tikiladi, so’ngra yoqaning bir 
kavati o’mizga ko’klab chiqiladi, keyin bir tomondagi kertikkacha mashinada 
tikiladi; yoqa osti qatlamining qirqilgan cheti ostiga 0,5-1 sm qayriladi (bukiladi) 
va o’mizdagi baxya iplaridan ilib olib, ko’rinmaydigan qaviq soldirib tikiladi. 
Yoqani qiya adip solib tikish usuli quyidagicha; yoqaning o’rta chizig’i 
o’mizning o’rta chizig’iga to’g’ri keltirilgan, yoqa o’miziga ko’k solib tikiladi; 
bunda yoqaning uchlari tikish chizig’i bo’yicha kiyimning oldingi o’rta chizig’iga 
to’g’ri kelib turishi, bort osti ilgak chizig’i bo’yicha teskarisiga qayrilishi 
(buqilishi) lozim. Shundan keyin tayyor qiya adip o’mizga tepchib qo’yiladi, uning 
uzunligi aylanasi uzunligiga teng bo’lishi lozim. So’ngra yoqa o’mizi va adip 
juftlashtirilib, ustidan mashinada baxyalab tikiladi, tepchib qo’yilgan ip sugurib 
tashlanadi, adip va bort osti kiyimning teskarisiga qayirib bukiladi va baxya 
chizig’i bo’yicha hamda adip chetidan sirmalab tikiladi. Adip ko’rinmaydigan 
qaviq solib tiqilishi lozim.

Download 1.31 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari

Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish