• Ich kiyim
  • Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari




    Download 1.31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/22
    Sana11.12.2022
    Hajmi1.31 Mb.
    #34053
    TuriReferat
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
    Bog'liq
    61, Maxsulotlarni serifikatlash, 11.05, amaliy mashg\'ulot 1, Abduvaxobov Toxirjon, Husanboy BMI , Samatov B. O.P, anvar kurs ishi, MY k kr, b2.1 Lernworschatz
    Maishiy kiyim sinfi - ekspluatatsiya haroitiga qarab, ust kiyimlar, yengil 
    kiyimlar, ich kiyimlar, bosh kiyimlar, ko’rpa-yostiq buyumlariga bo’linadi. Buyum 
    nimaga mo’ljallanganiga qarab har qaysi kichik klass gruppalarga bo’linadi:
    Ust kiyim - pal’to, kalta pal’to, kurtka va hokazo. 
    1-rasm 


     Yengil kiyim - ko’ylaklar, bluzkalar, erkaklar ko’ylagi, yubka, fartuk va 
    hokazo.
    Ich kiyim-pijamalar, ishtonlar, cho’milish kostyumlari va hokazo.
    Bosh kiyim-furajka, shapka, shlyapa va hakazo.
    Ko’rpa-yostiq buyumlari - ko’rpajilti, ko’rpa va hakazolar kiradi.
    Jins va yosh alomatlariga binoan guruhlari kichik guruhlarga -erkaklar, 
    ayollar va bolalar kiyimiga ajratiladi. Bolalar kiyimi o’z navbatida maktab 
    yoshidagi bolalar, maktabgacha yoshdagi bolalar, yasli yoshidagi bolalar, 
    chaqaloqlar kiyimlariga bo’linadi. Maishiy kiyimlar fasllarga qarab bo’linadi va 
    qayerga kiyilishiga qarab kundalik kiyim, uy kiyim, tantanali kiyim va sport 
    kiyimiga ajratiladi. 
    Ishlab chiqarish kiyimlari klassifikatsiyasiga mahsus va rasmiy (forma) 
    kiyimlar kiradi. Mahsus kiyimlar odamni zararli muhitdan muhofaza qiladi va 
    kishining ish qobiliyatini saqlashga yordam byeradi. Bular kurtkalar, kombyenzon 
    va hokazolar. Forma kiyimlari tyemir yo’l ishchilari, harbiy, dyengiz xodimlari va 
    boshqalar kiradi. 
    Ommaviy kiyim tikishda razmyer, rost va to’lalik o’lchamlariga binoan 
    tikiladi. Razmyer - ko’krak aylanasi. Rost-kiyim uzunligi. Kiyim razmyerlari 
    quyidagicha: kattalar uchun - 44,46,48,50..60. o’smir bolalar uchun-44,46. Kattalar 
    uchun-38,40,42. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun-32,34,36, maktabgacha 
    yoshdagi bolalar uchun-26,30. Yasli yoshdagi bolalar uchun-24,26. 
    Barcha razmyerlar uchun ko’krak aylanasi yarmi olinadi. Erkaklar 
    ko’ylagining razmyerlari ko’krak aylanasining o’lchami namda bo’yin 
    aylanasining o’lchami bilan aniqlanadi. Maishiy kiyimlar kattalar uchun to’lalik 
    guruhlariga ajaratiladi: erkaklar uchun byel aylanasiga ko’ra, ayollar uchun buksa 
    aylanasiga ko’ra 1, 2, 3 to’lalikda olinadi. 
    Shimning old bo’lagi astar qo’yiladigan bo’lsa, astarning uchi mahsus 
    mashinada yo’rmalanadi, bukib tikiladi. Chok joylashgan co’ntak chetlariga uka 
    qo’yiladi. Agar cho’ntak qirqma bo’lsa, uka o’rniga cho’ntak xalta qo’yib tikiladi. 
    Cho’ntak qopqog’iga to’rgan shakl byerish uchun unga yelimli qotirma qo’yiladi. 
    chokda joylashgan yon cho’ntak uchini mahsus mashina yordamida puxtalanadi. 
    Shimning yuqori chetiga mahsus tasma qo’yib 5,5-6 sm kyenglikdagi astar bilan 
    qotirma qo’yib tikiladi. Ayollar va qiz bolalar ko’ylaklarining tashqi ko’rinishi, 
    razmyeri va tikilishiga qo’yiladigan talablar qo’yidagicha bajariladi. choklarning 
    ochiq qirqimlari mahsus mashinada yo’rmalanadi. Tikiladigan buyumning 
    dyetallari mahsus mashinada 0,7-0,8 sm kyenglikda chok bilan tikib bir yo’li 
    yo’rmalanadi. 
    Yoqani yoqa o’miziga o’tkazishda bortni ag’darma chok bilan tikayotganda 
    bir yo’la yoqa nam o’tkaziladi, ustki yoqani ort yoqa o’miziga bostirib tikiladi, 
    yoqa ustki yoqani 1 sm uzunroq, (yoqa ko’tarma qirqma tomondan) chiqarib 
    bichilganda, ostki yoqa bilan ustki yoqa birga yoqa o’miziga o’tkaziladi, kyeyin 
    ustki yoqani ichkari tomon bukib, bostirib tikiladi. 
    Ko’ylak ko’krak qismini yubkaga qo’sh baxya bilan yoqa bitta baxya qator 
    yuritib, uka qo’yib ulanadi. 


    Ommaviy tikish uchun qabul qilingan har bir yangi modyel uchun modyel 
    namunasi, andoza etaloni, tyexnik tavsifi, andozalar va tayyor kiyim o’lchovlar 
    jadvali tayyorlab byeriladi. Andoza etalonlari modyel namunasini tikishga, kiyim, 
    dyetallarini chizmasini tayyorlashga ishlatiladi. Modyelning tyexnik tavsifida 
    kiyimning tashqi ko’rinishi, tavsiya etiladigan razmyeri, rosti va to’laligi, 
    dyetallarining klassifikatsiyasi avra, astar va hakazolar ko’rsatiladi. O’lchash 
    jadvalida andoza va tayyor buyumning o’lchanadigan joylari, shu o’lchamlar 
    qiymati ishlov haqi va tayyor buyumning o’lchanadigan joylari, shu o’lchamlar 
    qiymati ishlov haqi va tayyor buyumning o’lchamlaridagi yo’l qo’yilishi mumkin 
    bo’lgan og’ishlar ko’rsatiladi. Tyexnik hartlar kiyimlarni tikishdagi chok haqining 
    kyengligi, solqi miqdorini, baxya yirikligini o’z ichiga oladi.
    Kiyim tikishda 4 ta standart katyegoriyalari mavjud edi: Davlat standarti
    tarmoq standarti, ryespublika standarti, kiyim standarti. Kiyim tikish jarayoni 3 
    bosqichdan iborat: kiyim modyelini, konstruktsiyasini yaratish va andoza 
    tayyorlash: gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish: buyumni tikish. Tyexnik 
    xujjatlar har bir modyel uchun tavsiya etilgan matyerial, kiyim razmyeri, rosti, 
    to’laligi, tikish tyexnologiyasi, andozalarni qay usulda joylashtirishi, kiyimlarni 
    o’rash va joylash usullari ko’rsatilgan bo’ladi. Korxonaning ekspyeryemyental 
    syexida andozalar va tikish tyexnologiyasi tyekshirib ko’riladi. Gazlamalarni 
    qoldiqsiz bichish uchun nar bir to’p gazlama nisoblab chiqiladi. Gazlamalarning 
    artikuliga, rangiga, eniga, fizik va myexanik xossalarini bir xilligiga qarab 
    matyeriallarni ajratiladi. Har bir yangi modyelga mo’ljallangan matyeriallar uchun 
    kiyimga sarflanadigan gazlama normasini aniqlash maqsadida, andozalar 
    ekspyeryemyental yo’l bilan joylashtirib ko’riladi. Bichilgan dyetallarning sifatini 
    tyekshirib, har bir dyetalga tartib nomyerini tikib, agar gazlama yo’l-yo’l yoqa 
    katak bo’lsa, mayda dyetallarni yo’lini katta dyetal yo’liga moslab chiqiladi.



    Download 1.31 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




    Download 1.31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari

    Download 1.31 Mb.
    Pdf ko'rish