|
Kombinatorikaning asosiy qoidalari
|
bet | 7/7 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 340,5 Kb. | | #118021 |
Bog'liq kombinatorika elementlarida o\'rin almashish va guruhlashlarKombinatorikaning asosiy qoidalari. Amaliyotda berilgan to'plamning elementlaridan ma’lum bir xossaga ega bo'lgan uning qism to'plamlarini tuzish mumkin. Masalan, har xil ko'rinishdagi ishlarni, muhandisning ishchilar orasida taqsimlashi, agronomning qishloq xo'jalik ekinlarini dalalarga joylashtirishi, zobitning askarlarni bo'limlarga taqsimlashi va h.k. Bunday masalalarda narsalarning (elementlarning) kombinatsiyasi haqida gap boradi. Bunday masalalarni kombinatorika
masalalari deyiladi. 1 Matematikaning kombinatorik masalalarni o'rganadigan sohasiga kombinatorika deyiladi. Kombinatorikada tartiblashgan chekli to'plamlar bilan ish ko'riladi. Istalgan kombinatorik masalani chekli to'plamlar va ularni akslantirish haqidagi masalaga keltirish mumkin. “Kombinatorikani” ko'pincha “birlashmalar” nomi bilan ham yuritiladi. Har qanday narsalardan tuzilgan va bir-birlaridan yo shu narsalarning tartibi bilan, yoki shu narsalarning o'zlari bilan farq qiluvchi turli guruhlar umuman birlashmalar deb ataladi. Masalan, 10 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 dan har birida bir necha raqamlar bo'lgan sonlar tuzish mumkin: 123, 312, 9576, 5460, 72 va h.k. Ulardan ba’zilari, masalan, 123 va 312 faqat narsalarning tartibi bilan farq qilsa, boshqalari esa, masalan, 5460 va 72 o'zlaridagi narsalar bilan farq qiladi.
Kombinatorika elementlarida o’rin almashtirishlar va guruhlashlar
Navoiy-2023
|
| |