Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
30.2.3. Raqamli Imzo 
 
Raqamli imzo, rivojlanayotgan texnika asrida hujjat bilan bog‘liq bo‘lgan 
amaliyotlarni ishonchli amalga oshirish usuli hisoblanadi. Tabiiy imzodan farqli 
o‘laroq, raqamli imzo tasdiq va tekshiruvni talab etadi. 
Endi raqamli imzo sxemasini tuzishini ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qiling, 
Bob xabarni imzolayotganda, Bob o‘ziga xos belgi qoldirishi kerak. Bob MACdan 
imzolash jarayonida foydalanishi mumkin, bu holatda MAC unga xos belgini 
kiritish orqali tuziladi, keyin XASh bilan biriktiriladi. Lekin Alisa imzoni aynan 
Bobga tegishli ekanligini aniqlashi uchun imzoning nusxasiga ega bo‘lishi kerak, 
bu esa imzo faqatgina yagona Bobga tegishli bo‘lmay qoladi. O‘z-o‘zidan MAC 
kerakli faoliyatni bera olmaydi. 
Tasavvur qiling, ochiq kalit kriptografiyasida Bobning faqat unga xos 
bo‘lgan belgisi tushirilgan ochiq va shaxsiy kalitga ega. Bu ochiq kalit 
kriptografiyasi raqamli imzoni amalga oshirishda eng ma’qul usul xisoblanadi. 
Endi bu jarayonni yaqindan o‘rganamiz. 
Bob m xabarni raqamli imzolamoqchi. 30.10-rasm, imzolash uchun ochiq 
kalit K dan foydalanadi K
BJ
(m). Bu xolatda, Bob hujjatni imzolash uchun shaxsiy 
kalitidan foydalanayotgandek tuyuladi. 


419 
 
30.10-rasm. Hujjat uchun raqamli imzo yaratish 
Shifrlash va shifrdan chiqarish faqatgina matematik amallardir.Bobning 
maqsadi esa ma’lumotni berkitish emas, balki ishonchli ekanligini ta’minlashdir. 
Bobning hujjati uchun maxfiy kalit K
B
(m). 
Raqamli imzo K-(m) tasdiq va tekshiruv talablariga javob beradimi? 
Tasavvur qiling, Alisada m va K-(m) mavjud. U hujjat aynan Bob tomonidan 
imzolanganligini oydinlashtirishi kerak. Alisa Bobning ochiq kalitini oladi K+ va 
m ma’lumotli raqamli imzoga murojaat qiladi, K-(m). U quyidagicha amaliyot 
ketma-ketligini bajaradi K-(K-(m)), bosqichma-bosqich m ma’lumoti kelib chiqdi, 
hujjat asliga to‘g‘ri! Alisa xabar aynan Bobga tegishli ekanini quyidagicha 
isbotlashi mumkin: 
- Xabarni imzolayotgan kimsa shaxsiy kalitga ega bo‘lishi kerak, K
-
, imzoni 
xisoblashda K-(m), ochiq va shaxsiy kalitlar talab etiladi K-(K-(m)=m
- Shaxsiy kalit faqatgina bir shaxsga tegishli K-ochiq kalitni o‘rganayotgan 
kimsa K
+
, shaxsiy kalitni ham ko‘rishi mumkin K
-
. K

ni faqatgina ikkita 
kalitga ega shaxs bilishi mumkin (K
+
K
-
) 


420 
Shuni e’tiborga olish joizki agarda m xabarning, boshqa yana bir nusxasi m' 
mavjud bo‘lsa, m uchun yaratilgan imzo m' uchun amal qilmaydi K+iK+im 
jamlanmasi m' ga teng emas. Oydinlashadiki, raqamli imzolar ma’lumot 
butunligini ta’minlaydi, xabar qabul qiluvchiga to‘siqlarga va qisqarishlarga 
uchramay yetkaziladi. Xabarni imzolash jarayonida shifrlash va shifrdan chiqarish 
jarayoni uzun hisoblash masalasini talab etadi. Shu bois eng qulay usul XASh 
funksiyasidan foydalangan holda xabarni imzolashdir. Bu orqali faqatgina 
ma’lumot emas, balki undagi XASh belgilari imzolanadi K+iHim. 
30.11-rasmda raqamli imzolash jarayonini ketma-ketligi yoritilgan. Bob 
uzun xabarni XASh funksiyasi orqali saralaydi. Keyingi navbatda paydo bo‘lgan 
XAShni shaxsiy kaliti bilan imzolaydi. 
30.11-rasm. Raqamli imzolangan xabarni jo‘natish jarayoni 


421 
 
30.12-rasm. Imzolangan xabarning tasdiqlanishi 
Asl xabar raqamli imzolanib Alisaga jo‘natildi. 30.12-rasm imzoning 
operatsion tadbiqini yoritadi. Alisa jo‘natuvchining ochiq kalitini kiritib XASh 
natijani chiqaradi. Alisa XASh funksiyasini xabarga kiritib, ikkinchi XASh natijani 
qabul qiladi. Ikkala XASh bir xil ko‘rinishga ega bo‘lgan holatdagina Alisa xabar 
butun ekanligiga ishonch hosil qiladi. 
Endi esa MAC bilan raqamli imzoni solishtiramiz. Ular o‘xshashligi bilan 
birga farqli jixatlarga ham ega. MAC yaratish uchun biz autentifikasiya kalitni 
ma’lumotga qo‘shamiz, natijada XASh yuzaga keladi. Simmetrik kalit shifri yoki 
ochiq kalit talab etilmaydi. Raqamli imzo yaratish uchun esa biz birinchi navbatda 
xabardagi XAShni olamiz va shaxsiy kalit orqali uni shifrlaymiz. 


422 

Download 11,41 Mb.
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish