-BOB. Tarmoq sathida xavfsizlik: IPsec va virtual shaxsiy tarmoqlar




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

31-BOB. Tarmoq sathida xavfsizlik: IPsec va virtual shaxsiy tarmoqlar 
31.1. IPsec va virtual shaxsiy tarmoqlar (VPN) 
 
Ko‘pincha IPsec qisqartmasi bilan belgilanadigan IP xavfsizlik protokoli 
tarmoq satxida xavfsizlikni ta’minlaydi. IPses istalgan ikkita tarmoq qurilmalari 
orasida, xususan, xostlar va marshrutizatorlar orasida uzatiladigan IP-
deytagrammalarni himoya qiladi. Ko‘plab tashkilotlar (korporatsiyalar, hukumat 
muassasalari, notijorat tashkilotlar va boshqalar) umumiy foydalanishdagi 
internetda ishlaydigan virtual xususiy tarmoqlarni (Virtual Private Networks, 
VPN) yaratish uchun foydalanadi. 


423 
IPsec ning nozik tafsilotlarini o‘rganishga o‘tishdan oldin, keling bir qadam 
orqaga chekinamiz va “tarmoq satxida maxfiylikni ta’minlash” nimani bildirishi 
haqida gaplashamiz. Bunday holda gap ikkita tarmoq qurilmalari orasida (masalan, 
ikkita marshrutizatorlar, ikkita xostlar orasida yoki xost va marshrutizator orasida) 
aloqaning maxfiyligi haqida bormoqda. Jo‘natuvchi qurilma qabul qiluvchi 
qurilmaga jo‘natiladigan barcha deytagrammalarning foydali yuklamasini 
shifrlaydi. Bunday shifrlangan foydali yuklama TCP-segment, UDP-segment, 
ICMP-xabar va boshqalar hisoblanishi mumkin. Agar tarmoq satxida bunday 
xizmat mavjud bo‘lganida edi, u holda bitta qurilmadan boshqasiga uzatiladigan 
istalgan ma’lumotlar, xususan, elektron xatlar, web-sahifalar, TCP bo‘yicha qo‘l 
berish haqida xabarlar, shuningdek boshqarish xabarlari (masalan, ICMP yoki 
SNMP) - tarmoq trafigini tahlil qila oladigan, istalgan tashqi kuzatuvchidan 
yashiringan bo‘lar edi. Shuning uchun, tarmoq satxida xavfsizlikni “yaxlit qamrab 
olish”ni ta’minlaydi deyish mumkin. 
Maxfiylik bilan bir qatorda, tarmoq satxidagi xavfsizlik protokoli boshqa 
xizmatlarni ham potensial berishi mumkin. Masalan, u qabul qiluvchi qurilma 
himoyalangan deytagrammani qaerdan kelganligini tekshirishi uchun, manbani 
autentifikasiyalashni bajara olar edi. Tarmoq satxi xavfsizligi protokoli 
ma’lumotlarning butunligini ta’minlay oladi, bu qabul qiluvchi tugunga kelish 
yo‘li bo‘yicha deytagrammaga kiritilishi mumkin bo‘lgan istalgan o‘zgarishlarni 
borligini tekshirishga imkon beradi. Nihoyat, bunday protokol takroran qayta 
ishlash, hujumlarning oldini olish uchun xizmat qilishi mumkin, ya’ni Bob 
jinoyatchi ma’lumotlar oqimiga qo‘yadigan istalgan nusxa ko‘chiriladigan 
deytagrammalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Tez orada amin bo‘lamizki, IPsec 
protokoli 
aslida barcha bunday xavfsizlik xizmatlarini ta’minlaydigan 
mexanizmlarni beradi, ya’ni maxfiylikka rioya qilinishiga, manbani 
autentifikasiyalashga, ma’lumotlarning butunligini ta’minlaydi va takroran qayta 
hujumlarning oldini oladi.


424 
Agar tashkilot taqsimlangan hisoblansa va birdaniga bir necha hududlarda 
mavjud bo‘lsa, u holda unga ko‘pincha xostlar va serverlar orasida xavfsiz va 
maxfiy ma’lumotlarni almashishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladigan o‘z IR-
tarmog‘i talab qilinadi. Buning uchun tashkilot umumiy foydalanishdagi 
internetdan to‘liq ajratilishi mumkin bo‘ladigan marshrutizatorlar, kanallar va 
DNS-infratuzilmali avtonom fizik tarmoqni qurishi mumkin. Bunday tarmoqlar 
xususiy tarmoqlar (private network) deyiladi.
Tabiiyki, bunday xususiy tarmoq qimmat xisoblanadi, chunki uni qurish 
uchun tashkilot butun o‘z fizik tarmoq infratuzilmasini sotib olishi, o‘rnatishi va 
xizmat ko‘rsatishi kerak.
Hozirgi vaqtda ko‘plab tashkilotlar bunday tarmoqlarni qurmaydi va 
qo‘llamaydi, balki to‘g‘ri umumiy foydalanishdagi internet asosidagi mavjud 
bo‘ladigan virtual xususiy tarmoqlarni yaratadi. VPNni ishlatishda aniq bir 
tashkilotning butun ichki trafigi avtonom fizik tarmoq bo‘yicha emas balki internet 
tarmog’i bo‘yicha uzatiladi. Lekin maxfiylikni ta’minlash uchun u dastlab 
shifrlanadi va keyin Internetga beriladi. Virtual xususiy tarmoqning oddiy modeli 
31.1-rasmda tasvirlangan. Bunday holda tashkilot bosh ofis va filialdan tashkil 
topadi, 
shuningdek 
unga 
odatda 
mehmonxona 
raqamlaridan 
shaxsiy 
kompyuterlaridan Internetga chiqadigan sotuvchi vakillar kiradi. Agar bu virtual 
xususiy tarmoqda bosh ofisdan ikkita xost bir-birlariga IP-deytagrammalarni 
jo‘natsa yoki filialdan ikkita xostlarning ulanishi talab qilinsa, bunday seansda eski
IPv4 (har qanday IPsec-xizmatlarsiz) qo‘llaniladi. Lekin, agar bu tashkilotning 
ikkita xosti umumiy foydalanishdagi Internetga o’tadigan yo‘l bo‘yicha bog‘lansa, 
u holda trafik internetga tushish oldidan shifrlanadi. 
VPN qanday ishlashi haqida ta’surot hosil qilish uchun, keling 31.1-rasm 
tarkibida oddiy misolni ko‘rib chiqamiz. Bosh ofisdan xost IP-deytagrammani 
mehmonxonada bo‘lgan sotuvchi vakilning shaxsiy kompyuterlariga jo‘natganida, 
bosh ofisning shlyuz marshrutizatori oddiy IPv4 daytagrammani IPsec 
deytagrammaga o‘zgartiradi va endi bu ko‘rinishdagi deytagrammani internet 


425 
bo‘yicha 
jo‘natadi. 
Aytganday, 
bunday 
IPsec 
deytagramma 
IPv4 
deytagrammalaridagi kabi oddiy sarlavhaga ega bo‘ladi, shuning uchun umumiy 
foydalanish internetidagi marshrutizatorlar hech qanday farqni sezmasdan uni 
oddiy IPv4 deytagramma kabi qayta ishlaydi. Lekin, 31.1-ramda ko‘rsatilganidek, 
IPsec deytagrammaning ma’lumotlar maydoni IPsecni qayta ishlashda 
qo‘llaniladigan IPsec-sarlavha bo‘ladi. Bundan tashqari, IPsec-deytagramma 
shifrlanadi. U sotuvchi vakilning kompyuteriga kelganida, kompyuterning 
operatsion tizimi ma’lumotlar maydonini qayta shifrlaydi (shuningdek, boshqa 
xavfsizlik funksiyalarini beradi, xususan, ma’lumotlarning butunligini tekshiradi), 
bundan keyin qayta shifrlangan ma’lumotlarni yuqori satx protokoli (masalan, TCP 
yoki UDP) ga uzatadi. 
 
31.1-rasm. Virtual xususiy tarmoq (VPN) 
Demak, biz hozir umumiy ko‘rinishda, virtual xususiy tarmoqlarni yaratish 
uchun IPsec qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqdik.

Download 11,41 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. Tarmoq sathida xavfsizlik: IPsec va virtual shaxsiy tarmoqlar

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish